O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix12.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79021
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Obrazes-kurs ishi

Jumladan: 
1) vatanparvarlik ongi; 
2) vatanparvarlik qadriyatlari; 
3) vatanparvarlik his-tuyg‘ulari; 
Yoshlarni 
vatanparvarlik 
ruhida 
tarbiyalash, 
ularda 
milliy 
g‘urur 
va 
iftixor 
tuyg‘usini 
shakllantirish 
maqsadida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qurolli 
Kuchlarining 
harbiy 
qismlariga 
ekskursiyalar 
uyushtirish hamda yoshlarni davlat hokimiyati (qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud) organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan 
turkum uchrashuvlar tashkil etish shular jumlasidandir. O‘quvchilar o‘rtasida 
vatanparvarlik tarbiyasi ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot 
konferensiyasi, viktorina, uchrashuv, ko‘rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish 
kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, 
vatanparvarlik mavzularida yaratilgan asarlarni birgalikda o‘rganish, kinofilmlar 
tomosha qilish ham o‘zining ijobiy natijasini beradi. 
Vatanparvarlik ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda vatanparvarlik 
madaniyat turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilmfan, madaniyat, ishlab 
chiqarish, sport sohalarida yutuqlarni qo‘lga kirish bilan O‘zbekiston Respublikasi 
nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro‘-e’tiborining oshishiga o‘zining 
munosib hissasini qo‘shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to‘g‘risidagi 
ma’lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatgan, 
xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi
26

26
Usmonova Z.B. Zamonaviy sharoitda vatanparvarlik tarbiyasini yanada yuksaltirishning 
dolzarb masalalari: Respublika ilmiyamaliy konferentsiyasi materiallari (2016 yil 20 avgust). – 
T.: “O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2016. –B.126. 


Vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarda dunyoqarashni shakllantirishda ham 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni samarali tashkil etishda ong, histuyg‘u hamda 
xulq-atvor 
birligiga 
erishish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Badiiy 
va ilmiy adabiyotlar, matbuot yangiliklari, kinofilm, spektakl g‘oyalari, 
turli 
suhbatlar 
mazmunini 
tushuntirish, 
targ‘ib 
etib 
borish 
orqali 
o‘quvchilar ongiga vatanparvarlik tuyg‘ulari singdiriladi. Vatanparvarlik tuyg‘usini 
bolalarda 
maktabgacha 
ta’lim 
yoshidan 
boshlab 
hosil 
qilish 
maqsadga muvofiqdir. O‘quvchiga fuqaro sifatida o‘z xulq-atvori mazmunini tahlil 
etish 
imkonini 
berish 
lozim. 
Vatanparvarlik 
tarbiyasini 
tashkil 
etish 
uchun 
ma’lum 
shart-sharoitlarning 
mavjudligi 
taqozo 
etiladi. Bular: 
 
o‘quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak 
darajada uyushtirilishi kerak; 
 
vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati 
o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining saviyasiga bog‘liq; 
 
tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo‘lishiga erishish; 
 
oila, maktab va mahalla o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yuzaga kelishi 
vatanparvarlik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi; 
 
o‘quvchilarning axloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga 
qat’iy rioya etishga o‘rgatish, zimmasidagi burchni to‘laqonli ado etishlariga 
e’tiborni qaratishlardir. 
Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish, 
To‘maris, SHiroq kabi xalq qahramonlari, Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur 
singari davlat arboblari va sarkardalarimiz, Ibn Sino, Beruniy kabi 
olimu fuzalolarimiz qarashlariga tez-tez murojaat qilishimiz, yoshlarni 
Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning asosini tashkil qiladi. SHu 


bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon standartlariga ham e’tiborni qaratmoq 
lozim
27
.
Yoshlarda 
vatanparvarlik 
tuyg‘usini 
shakllantirishda 
harbiy vatanparvarlik tarbiyasining ham ahamiyati beqiyosdir. Respublika 
«Yoshlar ittifoqi» rahbarligida harbiy vatanparvarlik g‘oyasini targ‘ib etuvchi 
«Vatanparvar» o‘yinlari, musobaqalarining o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. 
O‘quvchilarni ijtimoiy-g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy, psixologik-irodaviy, jismoniy 
hamda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish ular tomonidan Vatanni 
himoya qilishdek muqaddas burchni anglashlariga yordam beradi. 
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni Vatan himoyasi va harbiy 
mudofaaga tayyorlash, ularda favqulodda holatlarda harbiy mudofaani 
tashkil etish ko‘nikma, malakasini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik 
jarayondir. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi 
hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotdagi holatlarda harbiy 
mudofaani tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, 
mazkur jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: harbiy-vatanparvarlik 
tarbiyasini tashkil etishda ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan 
boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari muhim ahamiyatga ega. 
O‘quvchilar o‘rtasida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha 
o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni namoyish etish imkonini beruvchi 
musobaqaning tashkil etilishi bu borada ijobiy natija bera oladi. O‘qituvchi 
rahbarligida «Shon-shuhrat» muzeylariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar ham 
o‘quvchilarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini akllantirishda muhim rol o‘ynaydi. 
Demak, ijtimoiy qoidalar doirasi behad darajada kengdirki, ular mehnat intizomi 
va vatanparvarlik talablariga javob beradigan xulq-atvor namunalaridan tortib to 
odoblilik qoidalariga qadar hammasini o‘z ichiga oladi. 
Shunday 
qilib, 
vatanparvarlik 
tarbiyasi 
ijtimoiy 
hodisa 
bo‘lib, 
uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat normalariga, shu 
27
Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. –T.: “Universitet”, 1998. –B.156. 


jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. 
Mustaqillik 
sharoitida 
mamlakatimiz 
yoshlari 
ongiga 
vatanparvarlik, 
hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o‘zligini anglash, 
o‘zi mansub bo‘lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlash hislarini 
tarbiyalamoqda. Bu esa, o‘sha yuksak o‘z-o‘zini anglashning poydevori va 
muhim shakllantiruvchi mexanizmdir. 



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin