O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix12.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79021
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Obrazes-kurs ishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


XULOSA 
Hozirgi jadal rivojlanish davrida butun jahon hamjamiyati bilan 
hamnafas bo‘lish, dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, iqtisodiy, 
siyosiy 
o‘zgarishlar, geopolitik harakatlarni doimiy ravishda nafaqat 
kuzatib borish, balki o‘z ongiga ham singdira olishi, to‘g‘ri xulosa chiqarish 
qobiliyatini yuksaltirishi va hayotga o‘z o‘rnida tatbiq qilishi zamonaviy etuk 
shaxs 
uchun 
juda 
muhimdir. 
Bunda 
albatta 
tarbiyalanayotgan 
yosh 
kadrlarning 
puxta 
egallagan 
bilimlari, 
axborot 
almashish 
qobiliyati, 
zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalana olishi jahon mamlakatlari bilan 
yuz 
berayotgan 
voqea-hodisalarni 
tahlil 
qilish 
imkoniyatini 
beradi. Bunda albatta yoshlarning zamonaviy texnologiyalar yordamida 
Vatanining rivojlanishiga xizmat qila oladigan eng zarur va unumli 
axborotlarni ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun esa 
ta’lim davrining ilk yillaridanoq yosh avlodga vatanparvarlik ruhini singdira olish, 
o‘z tug‘ilib o‘sgan yurtining ravnaqini ko‘zlay bilishga o‘rgatish, kerak bo‘lsa 
mahalladan, yashab turgan joyidan boshlash maqsadga muvofiq deb hisoblasak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu sababdan yurtimizda mahallalarga katta e’tibor berilib 
kelinmoqda. Ajdodlarimizning Vatan ravnaqi, tinchligi yo‘lida amalga oshirgan 
yurishlari, 
kindik 
qoni 
to‘kilgan tuprog‘ining har bir qarich erini 
saqlab qolish uchun olib borgan kurash va yo‘qotishlari, mustaqillikka 
erishguncha davr mobaynida bosib o‘tgan «eng mashaqqatli yo‘l»ining asl 
mohiyatini anglash va shu tariqa o‘tmish tarixni o‘rganish yosh avlod uchun 
vatanparvarlik tushunchasini chuqur anglab etishlarida asosiy omillardan 
hisoblanadi. Zero Shavkat Mirziyoyevning “Inson imon-e’tiqodli bo‘lsa, yurtiga 
sodiq bo‘lib xizmat qilsa, u haqiqiy vatanparvar bo‘ladi”
33
- degan oqilona gaplari 
ajdodlarimizning o‘z ona Vatani ravnaqi uchun mardonavor harakatlari barcha 
yosh avlodga o‘rnak vazifasini o‘tab, ular ongida vatanparvarlik tuyg‘usini ildiz 
33
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ijtimoiy barqarorlikni 
ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda 
so‘zlagan nutqi. //Xalq so’zi, 15 iyun, 2017 yil.


otishiga xizmat qilib kelmoqda. Ma’lumki, vatanparvarlik dunyodagi eng oliy 
tuyg‘ulardan biridir. Vatanparvar insongina Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt 
tinchligiga xizmat qilishga o‘zining hayotini bag‘ishlaydi, o‘zining ma’naviy 
kamoloti uchun yuksak mas’uliyatni his etishga, o‘z manfaatlarini shu yurt, 
shu xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib yashashga da’vat etadi. Darhaqiqat, 
bularning barchasi vatanparvarlik tuyg‘usida namoyon bo‘ladi. 
O‘z kindik qoni to‘kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni 
dunyoga tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan barkamol avlodning 
maqsad-muddaolari aniq, g‘urur va iftixori yuksak bo‘ladi. SHuning uchun 
ham har qaysi fuqaro o‘z mamlakatining xalqaro hamjamiyat va badavlat 
davlatlar 
qatoriga 
ko‘tarilishidan manfaatdor ekanligini his qilmog‘i, 
tushunib etmog‘i lozim. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng 
ko‘lamli 
islohotlarning 
pirovard 
maqsadi, 
xalqimizning 
ana 
shunday orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, unga har tomonlama munosib 
turmush sharoitini yaratib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishga barcha 
imkoniyatlar 
etarli: 
tabiiy 
boyliklar, 
unumdor 
erlar, 
katta 
iqtisodiy, 
huquqiy, 
ilmiy-texnikaviy 
va 
ma’naviy salohiyat. Eng asosiysi, bu 
zaminda ana shu farovon hayotni o‘z kuchi va aql-zakovati bilan barpo 
etishga 
qodir 
bo‘lgan 
mehnatsevar 
va 
iste’dodli 
xalq 
yashaydi. 
Oldimizda turgan muhim vazifa – ana shu yuksak tushunchalar bilan 
birga milliy g‘oyamizning uzviy, tarkibiy qismlarini tashkil etadigan, 
komil 
inson, 
ijtimoiy 
hamkorlik, 
millatlararo 
totuvlik, 
dinlararo 
bag‘rikenglik kabi tamoyillarning mazmun-mohiyatini bugungi kunda 
mamlakatimizda 
olib 
borilayotgan 
ma’naviy-ma’rifiy, 
ta’lim-tarbiya 
ishlarini markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodni 
har 
tomonlama 
mustaqil 
fikrlaydigan etuk 
dunyoqarash egalari qilib 
tarbiyalash.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi xalqimiz 
ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, milliy 


qadriyatlarimizning saqlanishi, madaniyat, san’at rivoji jamiyat tafakkurining 
o‘zgarishi hamda yuksalishi bilan bog‘liq. O‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuch 
va imkoniyatlariga tayanadigan har bir masalaga mustaqil yondasha oladigan, ayni 
zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda 
ko‘radigan, har jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash vazifasi mustaqillik 
yillarida xalqimiz uchun hal qiluvchi masalaga aylangan Vatan, xalq manfaatlari 
uchun fidokorona kurashuvchi kishigina haqiqiy vatanparvardir. 
Haqiqiy 
vatanparvar 
inson 
takabburlikka, 
faqat 
o‘z manfaatini 
o‘ylovchi shaxs bo‘lishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi va xalqidan o‘z manfaatini 
ustun qo‘ymaydi, hamma vaqt xalq bilan bir jon, bir tan bo‘ladi. Agar 
yoshlar o‘z ona-Vatanini sevmasa, unga sadoqat bilan qaramasa, haqiqiy 
barkamol inson bo‘la olmaydi. Insoniylikning eng muhim fazilati ham 
vatanparvarlikdir. 
Ajdodlarimizning 
yuksak 
ma’naviyati, vatanparvarligi bizga har 
jihatdan yuksak ibrat va namunadir. Ularning tarixda ko‘rsatgan mislsiz 
qahramonliklari, 
hattoki 
bir 
hovuch 
Vatan 
tuprog‘i 
uchun 
shirin 
jonlarini 
qurbon 
qilishdek 
jasoratlari, 
kelajak 
avlodlarga 
meros 
qilib qoldirgan bebaho ma’naviy-madaniy meroslari, yodgorliklari yosh 
avloddan ular kabi vatanparvar, yuksak ma’naviyatli bo‘lib kamol topishni talab 
etadi. 
Xulosa qilib aytganda, yoshlar Vatan taraqqiyotida muhim ahamiyatga 
ega dolzarb 
masalalarni 
hal qilishda 
faollik ko‘rsatishlari 
muhimdir. 
Hozirda 
uning 
iqtisodiy 
mustahkam 
asosini 
barpo 
etishda 
dolzarb 
masalalar etilib chiqdiki, bularni hal etishda yoshlarning o‘rni nihoyatda 
kattadir. Bular yangi ish joylarini barpo etish, yangi va yanada yangi 
mehnat 
qurollarini 
yaratish, 
jamiyat 
ehtiyoji 
bilan 
bog‘liq ko‘plab 
mahsulotlarni ishlab chiqish va shu kabi ko‘plab dolzarb masalalar bilan 
bog‘liqdir. Yoshlar bu jamiyatning kelajagi, Vatanni taraqqiyoti uchun 
mehnat qiluvchi juda katta qatlami hisoblanadi. Ularning faol mehnatlari tufayli 


jamiyatimiz, 
davlatimiz 
rivojlanadi 
va 
bundan-da 
ham 
katta marralarni qo‘lga kiritadi. 



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin