O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


II Bob. YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH KELAJAK TARAQQIYOTINING MUHIM OMILIDIR



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə7/17
tarix12.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#79022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Obrazes-kurs ishi

II Bob. YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH KELAJAK TARAQQIYOTINING MUHIM OMILIDIR

2.1. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash omillari


Shaxsda vatanparvarlik (lotincha «patriots» – vatandosh, «patris» –Vatan, yurt) tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Zero, fuqaro davlatning a’zosi sifatida uning sha’ni, obro‘-e’tiborini ta’minlashi, uning manfaatlari uchun kurasha olishi zarur. Vatanparvarlik shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan millat, tug‘ilib o‘sgan vatani tarixidan g‘ururlanishi, buguni to‘g‘risida qayg‘urishi hamda uning porloq istiqboliga bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu haqida quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Biz barchamiz – fuqarolar ham, jamiyat ham, davlat ham Vatanimiz ravnaqi uchun, mamlakatimizda tinchlik-barqarorlikni mustahkamlash uchun, tarixiy, ma’naviy va madaniy merosimizni saqlash, boyitish va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish uchun birdek mas’ulmiz”19.
Vatanparvarlik – bu insonning o‘z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo‘lgan ishtiyog‘ini anglatuvchi axloqiy tushunchadir. Uni ko‘pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar. Aslida esa, vatanparvarlikning qamrovi ancha keng – u insonparvarlikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o‘z Vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo‘lidagi xatti-harakatlardir.
Vatan himoyasi, bu – inson himoyasi, millat himoyasi. Lekin bu himoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydonida emas, balki barcha sohalarda namoyon bo‘ladi. Har bir sohada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch, muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘u hissini tuyush, Vatan bilan g‘ururlanish, uning har bir qarich eri, binosining har bir g‘ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm-fan va san’atdagi yutuqlariga mehr bilan qarash, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash – bular hammasi vatanparvarlikdir.
Yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, ularni
Vatan ma’nosini teran anglab etishga o‘rgatish, vatanparvarlik – yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.



Vatanparvarlik mavzusining falsafiy-tarixiy tahlili zaminimizda yaratilgan qadimgi rivoyatlar, afsonalar, hikoyatlar va dostonlarga, ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Xalq og‘zaki ijodida ko‘proq umuminsoniy qadriyatlar va vatanparvarlik xislatlarga e’tibor berilgan, ularning mohiyati, mazmuni turlicha talqin qilingan. Vatanparvarlik – Vatanga nisbatan sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo‘lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy axloqiy fazilat20.
Uning mazmuni – Vatanga mehrmuhabbatli va sodiq bo‘lishdan, yurtning o‘tmishi va hoziri uchun faxrlanishdan, mamlakat manfaatlarini himoya qilishga intilishdan iborat.
Vatanparvar (Vatan – g‘amxo‘rlik qiluvchi) o‘z Vatanini, ona yurtini, xalqini cheksiz sevuvchi, Vatan manfaatlari uchun jonbozlik ko‘rsatuvchi21.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin