O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə8/17
tarix12.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#79022
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Obrazes-kurs ishi

Vatanparvarlik ota-bobolardan meros qolgan zaminni sevish, xalqning urf-
odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, o‘z ona Vatanini dushmanlardan, yot va begona g‘oyalardan himoya qilish, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslikni nazarda tutadi.
Vatanparvarlik insonni qadri, amali va unvoni bilan emas,
Vataniga, xalqiga qilgan xizmati bilan o‘lchanadi.
Bugun Vatanimiz mustaqil bo‘lgan davrda yashamoqdamiz va uni asrash, avaylash O‘zbekiston xalqining vatanparvarlik burchidir. Vatanparvarlik millatchilik emas, balki umuminsoniy tuyg‘udir. Fransuz adibi Volter shunday degan edi: «Vatanga bo‘lgan muhabbat meni ajnabiylar yutug‘idan ko‘z yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, Vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo‘lsa, Vatanimni jahondagi boshqa xalqlarning yutuqlari bilan shunchalik ko‘p boyitgim keladi»22. Hozirgi kunda demokratik fuqarolik jamiyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotgani, mamlakatimizning iqtisodiy qudrati, xalqimizning ma’naviyati, ilm-ziyo salohiyati yuksalayotgani, yurt tinchligi hamda Vatan kelajagining asosini tashkil qiladi.
Hayotda quyidagi hodisaga ko‘p marta duch kelganmiz: kuzda olis o‘lkalarga uchib ketgan qushlar ilk bahorda hech adashmay avval yashagan makonlarini topib keladilar. Bu haqiqat buyuk bobomiz Alisher Navoiyning: «Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, bulbulga tikondek oshiyon bo‘lmas emish», degan misralarida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan. Hatto qushlarning o‘z hududiga intilishi yuqoridagi satrlarda aks etgan «oshiyon» tushunchasida, ayniqsa, yaqqol ifoda etiladi.
YUrtimiz dovrug‘ini dunyoga taratgan buyuk ajdodimiz, islom olamida keng tarqalgan kubraviya ta’limotining asoschisi Najmiddin Kubroning jasorati Vatanga fidoyilikning yorqin misoli bo‘la oladi. Zamonasining buyuk allomasi, minglab izdoshlarga ega bo‘lgan bu ulug‘ yurtdoshimiz Xorazmga mo‘g‘ullar kirib kelayotganidan xabar topib, birinchilardan Vatan himoyasiga otlandi. Najmiddin Kubroning xalq orasidagi obro‘- e’tiborini nazarda tutib, mo‘g‘ullar hukmdori unga shaharni tashlab, o‘zi ixtiyor qilgan tarafga ketishni taklif etadi. O‘z jonini saqlab qolish yo‘lida Vatanini yovga topshirishni or deb bilgan alloma bosqinchilarga qarshi: «Yo Vatan, yo sharafli o‘lim»1degan g‘oyani shior qilib jangga kiradi va mardlarcha tug‘ ko‘tarib, lashkarni olg‘a chorlab borayotgan holatda halok bo‘ladi. U tug‘ni shunchalar jon-jahdi bilan ushlagan ediki, bayroqni allomaning qo‘lini kesibgina ajratib oladilar. Vatan ravnaqi uchun ulug‘ allomalarimizning an’anasini davom ettirishga mas’ulligimizni his qilgan holda faoliyat olib borishimiz shart. Vatan ming kishisiz ham yashaydi, kelajagi poydevorini quraveradi. Ammo biz – birortamiz O‘zbekistonsiz yashay olmaymiz. “Kim Vatansiz yashash mumkinligiga ishonsa – u diyonatsizdir. U xori zordir. O‘z yurtidan yuz o‘girganlar eng avvalo o‘z vijdonlaridan yuz o‘girgan bo‘ladilar. O‘z yurtini sevmagan, seva olmagan odam hatto o‘zini ham seva olmaydi, oqibatda esa o‘z-o‘zidan nafratlanadi23.
“Vatanni sevmoq iymondandir”, degan hikmat bejiz aytilmagan. Demak, insonning o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti, yor-do‘stlari va yaqinlari bilan bog‘lovchi Vatanni sevishi, ardoqlashi iymon ifodasidir. SHunday ekan, Vatanga muhabbat qo‘yish, uning ravnaqi yo‘lida kuch-g‘ayrat sarflash barchaning farzandlik burchi. Demak, Vatan inson uchun muqaddas, uni hech bir narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi, u o‘z-o‘zidan sevilishga, ardoqlanishga va qadrlanishga loyiqdir. Sodda qilib aytganda, ma’naviyatli inson: “Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?”, deb emas, balki “Men o‘zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?” deb o‘ylashi va har dam shu aqida bilan yashashi kerak24.
Spetamen, Alpomish, To‘maris va Shiroq to‘g‘risidagi dostonlarda vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik ruhi badiiy tasvirlangan2. SHarq mutafakkirlarining asarlarida ham vatanparvarlik intilishiga alohida ahamiyat berilgan. Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan SHarq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik va intizomlilik sifatlari ham namoyon bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.
Vatanparvar shaxs qiyofasida tahliliy materiallarga ko‘ra quyidagi sifatlar namoyon bo‘ladi:

  • Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat; o‘zi

mansub bo‘lgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik;

  • Vatan va millat tarixidan g‘ururlanish; yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarni asrash, ularni ko‘paytirish borasida g‘amxo‘rlik qilish;

  • Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish;

  • Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga

qarshi kurashish;

  • Vatan va millat obro‘yi, sha’ni, or-nomusini himoya qilish; Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga ishonishdan iborat25.

Demak, vatanparvar shaxs o‘z Vatanini uning boyliklari yoki Vatanining qulay geografik hududda joylashganligi uchun emas, balki, o‘zi Vatanning bir bo‘lagi ekanligi, o‘zi mansub bo‘lgan millatning shu Vatanda, shu makonda yashashi uchun qadrlay olishi, unga nisbatan chuqur hurmat ko‘rsatishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, vatanparvar va mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, vatanparvarlik tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Vatanparvarlik tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin