O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/17
tarix12.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#79022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Obrazes-kurs ishi

Xulosa Foydalangan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Yosh avlodning ma’naviyatini shakllantirishda vatanparvarlik tarbiyasi barcha davrlarda ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etib kelgan. Mustaqil mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli sohalarida bugungi kunda chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi, ayniqsa, ma’naviy sohada juda katta imkoniyatlar yaratilganligi quvonarli holdir. Zero, bu sohada bajariladigan ishlar, tadqiq qilishga muhtoj muammolar juda ko‘p. Bu dolzarb muammolardan biri, milliy va vatanparvarlik tarbiya masalasidir. Albatta, xalqimizning tarbiya borasidagi etuk milliy ma’naviyati hamma vaqt umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismi bo‘lib kelgan.
Shuning uchun ham, mavzuning dolzarbligi o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida keksa avlod dono tajribasini singdirish, insoniy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, Vatan va millat oldidagi burch va mas’uliyatni his qilishga o‘rgatish, qonunlarga rioya etish fazilatlarini qaror toptirish deb belgilandi. CHunki Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik o‘zining qudratli ildizlari bilan oila, avlod-ajdodlarning ornomusiga chuqur ehtirom bilan qarashga, insonning o‘z vijdoni va burchiga sodiqligiga borib taqaladi. O‘zbek xalqining yuksak milliy qadriyatlari vatanparvarlik, milliy g‘ururni ma’naviy yuksaltirish, jamiyat ravnaqi yo‘lidagi qiyinchiliklarni engib o‘tishda yordam beradi. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag‘ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz faxrlanamiz”1.
Biz ana shunday vatanparvar, komil insonlarni tayyorlashga mas’ulmiz. Bugun mamlakatda «cog‘lom avlod», «barkamol avlod» va «komil inson» tarbiyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturlarida ham mustaqillikni mustahkamlash, Vatan himoyasi vazifalari o‘z ifodasini topgan Vatanimizda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirish taraqqiyotimizning bosh kaliti hisoblanadi. Ana shunday ulkan vazifa va mas’uliyat xalqimizdan bir tomondan, ma’naviy yangilanish jarayonini to‘liq idrok etishni, ikkinchi tomonidan esa, demokratik jamiyat qurish va unga tayanishda barkamol avlod masalasi ushbu mavzuning muhim ahamiyat kasb etishini ko’rsatib turibdi.

Hozirgi murakkab va globallashuv zamonda mamlakatimizni turli ichki va tashqi xavflardan asrash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish bilan bog‘liq maqsadlarimizga uyg‘un va hamohang ravishda hayotning o‘zi oldimizga yangidan yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Bu haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev quyidagilarni fikrlari diqqatga sazovor: “Ayni vaqtda halol va samarali mehnati, ilmiy-ijodiy yutuqlari, Vatanga sadoqatli xizmati bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan mard o‘g‘lonlarimizni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markazida bo‘lishi zarur”2.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin