O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə14/17
tarix12.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#79022
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Obrazes-kurs ishi

XULOSA


Hozirgi jadal rivojlanish davrida butun jahon hamjamiyati bilan hamnafas bo‘lish, dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar, geopolitik harakatlarni doimiy ravishda nafaqat kuzatib borish, balki o‘z ongiga ham singdira olishi, to‘g‘ri xulosa chiqarish qobiliyatini yuksaltirishi va hayotga o‘z o‘rnida tatbiq qilishi zamonaviy etuk shaxs uchun juda muhimdir. Bunda albatta tarbiyalanayotgan yosh kadrlarning puxta egallagan bilimlari, axborot almashish qobiliyati, zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalana olishi jahon mamlakatlari bilan yuz berayotgan voqea-hodisalarni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Bunda albatta yoshlarning zamonaviy texnologiyalar yordamida Vatanining rivojlanishiga xizmat qila oladigan eng zarur va unumli axborotlarni ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun esa ta’lim davrining ilk yillaridanoq yosh avlodga vatanparvarlik ruhini singdira olish, o‘z tug‘ilib o‘sgan yurtining ravnaqini ko‘zlay bilishga o‘rgatish, kerak bo‘lsa mahalladan, yashab turgan joyidan boshlash maqsadga muvofiq deb hisoblasak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu sababdan yurtimizda mahallalarga katta e’tibor berilib kelinmoqda. Ajdodlarimizning Vatan ravnaqi, tinchligi yo‘lida amalga oshirgan yurishlari, kindik qoni to‘kilgan tuprog‘ining har bir qarich erini saqlab qolish uchun olib borgan kurash va yo‘qotishlari, mustaqillikka erishguncha davr mobaynida bosib o‘tgan «eng mashaqqatli yo‘l»ining asl mohiyatini anglash va shu tariqa o‘tmish tarixni o‘rganish yosh avlod uchun vatanparvarlik tushunchasini chuqur anglab etishlarida asosiy omillardan hisoblanadi. Zero Shavkat Mirziyoyevning “Inson imon-e’tiqodli bo‘lsa, yurtiga sodiq bo‘lib xizmat qilsa, u haqiqiy vatanparvar bo‘ladi”33- degan oqilona gaplari ajdodlarimizning o‘z ona Vatani ravnaqi uchun mardonavor harakatlari barcha yosh avlodga o‘rnak vazifasini o‘tab, ular ongida vatanparvarlik tuyg‘usini ildiz otishiga xizmat qilib kelmoqda. Ma’lumki, vatanparvarlik dunyodagi eng oliy tuyg‘ulardan biridir. Vatanparvar insongina Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt tinchligiga xizmat qilishga o‘zining hayotini bag‘ishlaydi, o‘zining ma’naviy kamoloti uchun yuksak mas’uliyatni his etishga, o‘z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib yashashga da’vat etadi. Darhaqiqat, bularning barchasi vatanparvarlik tuyg‘usida namoyon bo‘ladi.

O‘z kindik qoni to‘kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoga tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan barkamol avlodning maqsad-muddaolari aniq, g‘urur va iftixori yuksak bo‘ladi. SHuning uchun ham har qaysi fuqaro o‘z mamlakatining xalqaro hamjamiyat va badavlat davlatlar qatoriga ko‘tarilishidan manfaatdor ekanligini his qilmog‘i, tushunib etmog‘i lozim. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning pirovard maqsadi, xalqimizning ana shunday orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, unga har tomonlama munosib turmush sharoitini yaratib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishga barcha imkoniyatlar etarli: tabiiy boyliklar, unumdor erlar, katta iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy va ma’naviy salohiyat. Eng asosiysi, bu zaminda ana shu farovon hayotni o‘z kuchi va aql-zakovati bilan barpo etishga qodir bo‘lgan mehnatsevar va iste’dodli xalq yashaydi. Oldimizda turgan muhim vazifa – ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g‘oyamizning uzviy, tarkibiy qismlarini tashkil etadigan, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi tamoyillarning mazmun-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarini markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan etuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalash. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi xalqimiz ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, milliy qadriyatlarimizning saqlanishi, madaniyat, san’at rivoji jamiyat tafakkurining o‘zgarishi hamda yuksalishi bilan bog‘liq. O‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanadigan har bir masalaga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, har jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash vazifasi mustaqillik yillarida xalqimiz uchun hal qiluvchi masalaga aylangan Vatan, xalq manfaatlari uchun fidokorona kurashuvchi kishigina haqiqiy vatanparvardir.


Haqiqiy vatanparvar inson takabburlikka, faqat o‘z manfaatini o‘ylovchi shaxs bo‘lishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi va xalqidan o‘z manfaatini ustun qo‘ymaydi, hamma vaqt xalq bilan bir jon, bir tan bo‘ladi. Agar yoshlar o‘z ona-Vatanini sevmasa, unga sadoqat bilan qaramasa, haqiqiy barkamol inson bo‘la olmaydi. Insoniylikning eng muhim fazilati ham vatanparvarlikdir.

Ajdodlarimizning yuksak ma’naviyati, vatanparvarligi bizga har jihatdan yuksak ibrat va namunadir. Ularning tarixda ko‘rsatgan mislsiz qahramonliklari, hattoki bir hovuch Vatan tuprog‘i uchun shirin jonlarini qurbon qilishdek jasoratlari, kelajak avlodlarga meros qilib qoldirgan bebaho ma’naviy-madaniy meroslari, yodgorliklari yosh avloddan ular kabi vatanparvar, yuksak ma’naviyatli bo‘lib kamol topishni talab etadi. Xulosa qilib aytganda, yoshlar Vatan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega dolzarb masalalarni hal qilishda faollik ko‘rsatishlari muhimdir. Hozirda uning iqtisodiy mustahkam asosini barpo etishda dolzarb masalalar etilib chiqdiki, bularni hal etishda yoshlarning o‘rni nihoyatda kattadir. Bular yangi ish joylarini barpo etish, yangi va yanada yangi mehnat qurollarini yaratish, jamiyat ehtiyoji bilan bog‘liq ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqish va shu kabi ko‘plab dolzarb masalalar bilan bog‘liqdir. Yoshlar bu jamiyatning kelajagi, Vatanni taraqqiyoti uchun mehnat qiluvchi juda katta qatlami hisoblanadi. Ularning faol mehnatlari tufayli








jamiyatimiz, davlatimiz katta marralarni qo‘lga kiritadi.

rivojlanadi

va

bundan-da

ham
















Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin