O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə9/17
tarix12.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#79022
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Obrazes-kurs ishi

Jumladan:

  1. vatanparvarlik ongi;

  2. vatanparvarlik qadriyatlari;

  3. vatanparvarlik his-tuyg‘ulari;

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy qismlariga ekskursiyalar uyushtirish hamda yoshlarni davlat hokimiyati (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud) organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan turkum uchrashuvlar tashkil etish shular jumlasidandir. O‘quvchilar o‘rtasida vatanparvarlik tarbiyasi ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferensiyasi, viktorina, uchrashuv, ko‘rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, vatanparvarlik mavzularida yaratilgan asarlarni birgalikda o‘rganish, kinofilmlar tomosha qilish ham o‘zining ijobiy natijasini beradi.
Vatanparvarlik ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda vatanparvarlik madaniyat turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilmfan, madaniyat, ishlab chiqarish, sport sohalarida yutuqlarni qo‘lga kirish bilan O‘zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro‘-e’tiborining oshishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi26.
Vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni samarali tashkil etishda ong, histuyg‘u hamda xulq-atvor birligiga erishish maqsadga muvofiqdir. Badiiy va ilmiy adabiyotlar, matbuot yangiliklari, kinofilm, spektakl g‘oyalari, turli suhbatlar mazmunini tushuntirish, targ‘ib etib borish orqali o‘quvchilar ongiga vatanparvarlik tuyg‘ulari singdiriladi. Vatanparvarlik tuyg‘usini bolalarda maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab hosil qilish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchiga fuqaro sifatida o‘z xulq-atvori mazmunini tahlil etish imkonini berish lozim. Vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi. Bular:

    • o‘quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak





    • darajada uyushtirilishi kerak; vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining saviyasiga bog‘liq;

    • tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo‘lishiga erishish;

    • oila, maktab va mahalla o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yuzaga kelishi vatanparvarlik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi;

    • o‘quvchilarning axloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy rioya etishga o‘rgatish, zimmasidagi burchni to‘laqonli ado etishlariga e’tiborni qaratishlardir.

Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish,
To‘maris, SHiroq kabi xalq qahramonlari, Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur singari davlat arboblari va sarkardalarimiz, Ibn Sino, Beruniy kabi olimu fuzalolarimiz qarashlariga tez-tez murojaat qilishimiz, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning asosini tashkil qiladi. SHu bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon standartlariga ham e’tiborni qaratmoq lozim27.
Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda harbiy vatanparvarlik tarbiyasining ham ahamiyati beqiyosdir. Respublika
«Yoshlar ittifoqi» rahbarligida harbiy vatanparvarlik g‘oyasini targ‘ib etuvchi «Vatanparvar» o‘yinlari, musobaqalarining o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarni ijtimoiy-g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy, psixologik-irodaviy, jismoniy hamda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish ular tomonidan Vatanni himoya qilishdek muqaddas burchni anglashlariga yordam beradi.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni Vatan himoyasi va harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulodda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma, malakasini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotdagi holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, mazkur jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘rtasida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni namoyish etish imkonini beruvchi musobaqaning tashkil etilishi bu borada ijobiy natija bera oladi. O‘qituvchi rahbarligida «Shon-shuhrat» muzeylariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar ham o‘quvchilarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini akllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Demak, ijtimoiy qoidalar doirasi behad darajada kengdirki, ular mehnat intizomi va vatanparvarlik talablariga javob beradigan xulq-atvor namunalaridan tortib to odoblilik qoidalariga qadar hammasini o‘z ichiga oladi.


Shunday qilib, vatanparvarlik tarbiyasi ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga vatanparvarlik, hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o‘zligini anglash, o‘zi mansub bo‘lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlash hislarini tarbiyalamoqda. Bu esa, o‘sha yuksak o‘z-o‘zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmdir.




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin