O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə12/17
tarix12.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#79022
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Obrazes-kurs ishi

Bog‘chadagi tarbiya. Tibbiy va psixolog olimlarimizni aytishlariga qaraganda, bola 5-6 yoshigacha eshitgan, ko‘rgan narsalarini tushunsa-tushunmasa tez ilg‘ab olar, uni yodda saqlash qobiliyati o‘ta kuchli bo‘lar ekan. YA’ni bolaga nimani o‘rgatilsa, nimani ko‘rsatilsa shu narsani aytadi va ko‘rsatadi. Masalan, xohlagan bog‘chaga kirib, tarbiyalanuvchilardan «qani bolalar hammamiz birgalikda O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaymiz», deb so‘rasangiz, bolalarni 80-90% sizga tushunmasdan qarab turadi, agar siz «qani bolalar hammamiz «Serquyoshni» kuylaymiz deb so‘rang, ular baravariga O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaydi. CHunki bolalarga ko‘pchilik hollarda shunday o‘rgatilib kelmoqda. Gar shunday ekan, kelajagimiz poydevorini mustahkam qurishimiz har birimizning o‘z qo‘limizda ekanligini unutmasligimiz, farzandlarimizga bog‘cha yoshidan har bir narsani to‘g‘ri o‘rgatishimiz, tushuntirishimiz lozim bo‘ladi31.

  • Maktabdagi tarbiya. Maktab ziyo maskani, bilim o‘chog‘i, insonning kelajak hayotida kim va qanday bo‘lishini ta’minlab beruvchi dargoh hisoblanadi. Insonni vatanparvarlik ruhida ongli tarbiyalash, asosan maktabda amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishning asoschisi o‘qituvchi hisoblanadi. Agar, o‘qituvchi astoydil vatanparvar bo‘lsa, o‘quvchi ham u ko‘rsatgan yo‘ldan boradi.

  • Kasb-hunar kollej va litseylardagi tarbiya. Insonni yoshlikdagi kasb tanlashi asosan ushbu o‘quv dargohlarida amalga oshiriladi. Bu erda tarbiyaning o‘ziga yarasha turli xususiyatlari mavjud, ulardan, o‘spirin bolani hayotga qiziqish muammolarini echishga, unga ajratilgan bir kunlik vaqt ham etmaydi va u hamma narsaga ulgurishga harakat qilib, ba’zi asosiy yo‘nalishlarga yuzaki qarab nomaqbul ishlarga qo‘l urib qo‘yishi ham mumkin. Bu yoshda bolalar o‘zlaricha juda «aqlli» bo‘lib ko‘p hollarda «ko‘cha» tarbiyasini oladi. Ba’zida ularga Vatan va vatanparvarlik to‘g‘risida so‘z boshlasangiz, ularga bu so‘zlaringiz qiziq bo‘lmasligi mumkin, bunaqa so‘zlar «eskilik sarqiti» deb hisoblaydiganlari ham yo‘q emas. Bugungi kunda «Kamolot» degan nom bilan yoshlar harakati mavjud bo‘lib, bu harakatni yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni olib borish bo‘yicha ularga bir qancha vazifalar belgilangan. Qaysi bir dargohda ushbu ishlar ko‘ngildagidek bo‘lsa o‘sha joyda tartib-intizom bo‘ladi va yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyasi yuqori bo‘ladi.

  • Harbiy xizmatdagi tarbiya. Harbiy xizmatda vatanparvarlik ruhidagi tarbiya bir oz o‘zgacha bo‘lib o‘z xususiyatlariga egadir. Agar, ikki, biri harbiy, biri esa fuqaro insonlarni yonma-yon qo‘ysangiz va ularga ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning Vatan oldidagi qahramonliklari to‘g‘risida bir xil misol keltirsangiz, fuqaro inson uni o‘zgacha tarzda, harbiy inson esa boshqacha tushunadi. Sabab, fuqaro inson urush harakatlari to‘g‘risida yuzaki fikr va tushunchaga ega bo‘lishi mumkin, harbiy inson esa to‘la-to‘kis ma’lumotlarga ega bo‘lib barchasini yuragi bilan his qiladi. Harbiylikni ko‘rgan insonning tarbiyasi, dunyoqarashi, madaniyati, insonlarga bo‘lgan mehr-oqibat va muomalasi o‘zgachadir. Harbiy insonning elkasida na faqat harbiy unvoni, balki atrofidagi yurtdoshlarimizning nazar ko‘zlarining yuki ham mavjud. Bu undan katta mas’uliyat talab qiladi. Harbiy inson, agar u vatanparvar bo‘lmasa, uning harbiyligi qolmaydi32.


  • Yüklə 0,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin