91
turizmiga kirish to'siqlari kam, umumiy qishloq va turistik infratuzilmani yaratishga,
shuningdek mahalliy aholining hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Mutaxassislar jahon agroturizmining rivojlanishidagi bir nechta "to'lqinlarni"
ajratib ko’rsatadilar.
Agroturizm rivojlanishining "birinchi to'lqini" G'arbiy Yevropada, masalan,
Frantsiya, Italiya, Angliya,
Germaniya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda paydo
bo'lganligi tan olinadi. Agar ushbu hodisaning paydo bo'lishiga turlicha
sabablar
mavjud bo'lsa, u holda qishloq xo’jaligi sohasidagi iqtisodiy inqiroz asosiy omil
sifatida qaralishi kerak. Ushbu iqtisodiy inqiroz Yevropa ittifoqi doirasida qabul
qilingan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini kvotalash
choralari, AQSh qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining raqobati va milliy
qishloq
xo'jaligi
ishlab
chiqaruvchilarining
manfaatlarini himoya
qilish
imkoniyatining yo’qligi bilan bog’liq.
Agroturizm rivojlanishining "ikkinchi to'lqini"ga mutaxassislar, iqtisodiy
(qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlash istagi) va ijtimoiy-psixologik sabablar
(qishloq joylarida dam olish jozibadorligini sayyohlar ongida oshirish) bilan bir
qatorda, ekologik omillar (an'anaviy ravishda katta sayyohlar oqimini jalb qiladigan
tabiiy muhit va madaniy-tarixiy markazlarga yuklarni kamaytirish zarurati bilan
bog’liq) oldinga chiqqan mamlakatlarni, Kipr, Gretsiya, AQSh va b. kiritadilar
.
Bu
mamlakatlarda agroturizm rivojlanishining asosiy xususiyati shundan iboratki,
ushbu sohadagi yetakchi mamlakatlar tajribasiga asoslanib, ushbu muammoni davlat
tuzilmalari darajasida hal etishda yuqori markazlashtirish mavjud edi.
Agroturizm rivojlanishining "uchinchi to'lqini" keyinchalik Evropa Ittifoqiga
qo'shilib, ushbu sohadagi tajribasining davomchilari bo'lgan Sharqiy Yevropa
mamlakatlarini o'z ichiga oladi. Ushbu davlatlarda agroturizmning rivojlanishiga
davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashdan tashqari Yevropa Ittifoqining katta
moliyaviy yordami sabab bo’ldi. Turizm sanoatining ushbu sektorini nisbatan kech
faol o’zlashtirilishiga qaramay, ushbu mamlakatlarning bir qismi bu sohada katta
yutuqlarga erishdilar. Bunday rivojlanishning
misoli Polshadir, u agroturizmning
ba'zi ko'rsatkichlariga ko'ra tan olingan Yevropa agroturizm ilg’orlaridan orqada
qolmaydi.
Sobiq ittifoq mamlakatlari dunyoda agroturizm rivojlanishining "to'rtinchi
to'lqini" deb nomlanadi. Bu mamlakatlarda agroturizm turizm sanoatining mustaqil
tarmog'i sifatida faqatgina 2000-yillarda rivojlana boshladi.
Ijtimoiy-falsafiy,
iqtisodiy
va
ijtimoiy
adabiyotlarda
agroturizm
modellarining tarkibiga har xil baho berilgan. Tahlilchilar ta'kidlashlaricha,
birinchidan, ushbu modellar doirasida taqdim etilayotgan agroturizm mahsuloti
maqsadli, keng qamrovli va moslashuvchan hisoblanadi. Ikkinchidan, ushbu
modellar qishloq aholisini agrar ishlab chiqarish sektoridan xizmat ko'rsatish
92
sektoriga o'tkazishga qaratilgan. Uchinchidan, ular iqtisodiy jihatidan tashqari
muhim mafkuraviy yukni - milliy urf-odatlarni, etnik-madaniy merosni va tarixiy-
madaniy yashash joylarini asrab-avaylashni o'z zimmalariga oladilar.
D.N. Panova xorijiy mamlakatlarda agroturizmning rivojlanishini tahlil qilib,
shartli ravishda G'arbiy Evropa, Sharqiy Evropa, Angliya-Amerika va Osiyo deb
ataydigan agroturizmning to'rtta asosiy modeli mavjudligiga
ishora qiladi
58
.
Yevropa agroturizmining evolyutsiyasi "Britaniya", " frantsuz ", "nemis" va
"Italyan" modellari kabi etalon modellar paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu
modellarning mazmunida jiddiy farqlar mavjudligi bilan birga Yevropa
agroturizmining umumiy mafkurasi o'zgarishsiz qolmoqda. G'arbiy Yevropada
agroturizm sohasida taklif etiladigan turistik mahsulotlar umumiy o'xshashliklarga
ega bo'lishiga qaramay, qishloq xo'jaligi faoliyatining o'ziga xos sharoitlari,
qishloq joylarining tabiiy, etnografik, tarixiy-madaniy va boshqa resurslarining
xususiyatlari bilan belgilanadigan mintaqaviy farqlarga ega.
Yevropa agroturizm modellari doirasida taqdim etiladigan turistik mahsulot
tarkibiy qismlarining tavsifini umumlashtirib, quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni
sanab o’tish mumkin:
Tunash va nonushta. Mehmonlar xizmatlar majmuiga
kiritilgan ferma uyida
joylashtiriladi va nonushta bilan ta'minlanadi
to'liq pansion yoki yarim pansion. Mehmonga fermer tomonidan
tayyorlanadigan kechki ovqat (yarim pansion) yoki tushlik va kechki ovqatni
(to'liq pansion) o’z ichiga oluvchi bir qator xizmatlar taklif etiladi;
mustaqil ovqatlanish sharti bilan joylashtirish. Mehmonlar yozgi uylarda yoki
kottejlarda joylashadilar, unda turistlar o'zlari uchun ovqat tayyorlashlari
mumkin;
faol dam olish. Mehmonlarga faol dam olish bilan bog’liq qator xizmatlar
majmui taklif etiladi:
ot minish, baliq ovlash, ovchilik, suv sporti turlari, o'quv
safarlari, "o'z
ovqatingga mahsulotlarni yig'" tarzidagi tadbirlar
59
.
Britaniya agroturizm modeli quyidagi tarkibiy elementlarni taklif qiladi:
qishloq uyida nonushta ko’rinishidagi ovqatlanish, mezbon oila bilan
to'g'ridan-to'g'ri aloqa (farm В&В);
ferma hududida joylashgan alohida uyda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish sharti
bilan joylashish (self catering unit);
58
Организация сельского туризма. Практические рекомендации по организации альтернативной занятости
сельского населения. Выпуск 5. – М.: ФГНУ «Росинформагротех», 2009. – 170 с.
59
Развитие устойчивого сельского туризма \пер.с англ. Ю.Полякова, сост. Л.Калитеня. – Минск: Юнипак,
2007. – 140 с.
93
Ushbu model doirasida ko'rsatiladigan asosiy xizmatlarga ekoturizm uchun xos
bo'lgan ot minish va piyoda yurish kiradi.
Birinchi 2 ta joylashtirish shakli kam byudjetli sayohatchilar uchun
maqbuldir. Biroq, Angliyada qishloq ta'tillari qimmat ham bo’lishi mumkin. Katta
daromad va talablarga ega bo'lgan mijozlar, odatda, maxsus qayta qurilgan eski
qasr va hashamatli mehmonxonalarda joylashadilar.
Angliyada agroturizm sohasida 25 mingdan ortiq kichik korxonalar 400
ming kishini ish bilan ta'minlagan holda ishlaydi
60
.
Bu yerda ham, Germaniyada
bo'lgani kabi, sayyohlar va agroturizm fermalari egalarining yonma-yon
yashashiga qaratilgan ustuvor yo'nalish mavjud. Angliyada ekologik ta'limga
jiddiy e'tibor beriladi, shuning uchun agroturizm fermalari ko'pincha yosh uy
hayvonlari uchun maxsus joylarni jihozlashadi va ularga bolalar g'amxo'rlik
qilishiga imkon beradilar.
Dostları ilə paylaş: