109
2.
Yozyovon (1991)
Farg’ona va Namangan
viloyati
31,8
Jami
34,8
Zakazniklar alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning 3-tipi
hisoblanadi. Ularning qo`riqxonalardan farqi tabiat ob`ektlaridan va ularning
resurslaridan xo`jalik maqsadlarida ma`lum mavsumlarda tabiatga zarar
etkazmasdan foydalanishga ruxsat beriladi. Bir vaqtning o`zida tabiat ob`ektlarni va
ularning bo`limlari, ayrim hayvon va o`simlik turalari muhofaza qilinadi.
9.5-jadval
Davlat zakazniklari
Rasmiy nomi, tashkil etilgan yili
Joylashgan manzili
Maydoni km
2
1.
Arnasoy (1983)
Jizzax viloyati.
663,0
2.
Qorako`l (1980)
Buxoro viloyati.
100,0
3.
Sayg’oq (1991)
Qoraqalpog’iston resp.
10000,0
4.
Sudochi (1991)
Qoraqalpog’iston resp.
5000,0
5.
Sarmish (1991)
Navoiy viloyati
25,2
6.
Qoraqir
Buxoro vilryati.
300,0
7.
Qarnob cho`l
Samarqand viloyati.
400,0
8.
Qo`shrabot
Samarqand viloyati
165,0
9.
Dengiz ko`l
Buxoro viloyati.
86,0
9.3. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng xo`jalikning barcha
tarmoqlarida tub islohotlar olib borilayotgan bir davrda turizmni rivojlantirishga
ham davlat tomonidan katta ahamiyat berila boshlandi. Bu borada O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 aprelda "O`zbekiston Respublikasida 2006-
2010 yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish
chora-tadbirlari to`g’risida"gi 325-sonli qarori imzolandi. Mazkur qarorni amalga
tadbiq qilish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi "O`zbekiston
Respublikasida ekologik turizmni rivojlantirish Kontseptsiyasi
va uning yaqin
kelajakdagi istiqbollari"ni ishlab chiqdi.
Ekologik turizmni rivojlantirish uchun respublikamizda juda katta
imkoniyatlar mavjud. O`zbekiston 38 mln. gektardan ortiq bo`lgan ovchilik -
baliqchilik er maydonlariga ega, ulardan 1,0 mln. gektarini suv fondi ko`llar,
daryolar, suv omborlari tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o`txo`r
hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 baliq turlariga
110
ega. Ulardan O`zbekiston Respublikasi qizil kitobiga o`txo`r hayvonlarning 24 turi,
qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78
turdagi umurtqasizlar kiritilgan .
O`zbekiston
Respublikasi
Fanlar
Akademiyasi
Botanika
instituti
ma`lumotlariga
qaraganda, O`zbekistonda hozirgi kunda 4100 dan ortiq o`simlik
turlari mavjud. Ulardan 3000 dan ortiq turlari oliy yovvoyi o`suvchi o`simliklar,
ulardan 9 % endemiklardir.
O`zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar
tarkibida 2164 km2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qo`riqxonasi, 6061 km
maydonni tashkil etgan 2 ta milliy bog’ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni
ko`paytirish Respublika markazi (Jayron "Ekomarkazi"), 12186 km2 maydonni
tashkil etgan 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud .
Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarning umumiy maydoni 20520 kv.km, yoki O`zbekiston hududining 5,2 %
tashkil etadi .
Mavsumiylik - turistik o?imlarning unchalik katta bo`lmagan vaqt oralig’ida
ma`lum joylarda to`planish xususiyati.
Iqtisodiy nuqtai nazardan mavsumiylik bir xildagi iqlimiy va ijtimoiy omillar
ta`siri ostida turistik xizmatlar va tovarlarga turistik bozordagi talab va taklifning
har yili tebranib turishidir. Mavsum - turistlar oqiminig eng ko`paygan vaqtidir.
Ikki mavsum mavjud bo`lganda (yozgi va qishki) ular orasida mavsumlararo
vaqt bo`ladi. Turistlar oqimining eng ko`paygan vaqti "qizg’in mavsum", ular
deyarli bo`lmagan vaqt "o`lik mavsum" deyiladi.
O`zbekiston turizmi katta imkoniyatlarga ega bo`lishiga qaramay,
murakkab
o`tish jarayonida bir qator muammolarga duch kelmoqda. 2008 yilda boshlangan
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xalqaro turizm bozoriga ham o`z ta`sirini
ko`rsatmoqda. Jahon turizmi katta yo`qotishlar qilishi mutaxassislar tomonidan
bashorat qilinmoqda. Respublikamiz rahbariyati qo`llayotgan tezkor choralar
natijasida
bu
jarayonning
iqtisodiyotimizga
ta`siri
sezilarli
darajada
himoyalanmoqda. Natijada mamlakatimiz turizm industriyasi
sezilarli darajada
o`sishga erishmoqda. Respublikamizda turistlarni qabul qilish va ularga
ko`rsatilayotgan xizmatlarni tahlil qiladigan bo`lsak, Toshkent shahri (2006 y. 249,1
ming, 2007 y. 266,3 ming, 2008 y 282,3 ming), Samarqand (2006 y. 78 ming, 2007
y. 82,7 ming, 2008 y 87,7 ming), Buxoro (2006 y. 62 ming, 2007 y. 65,7 ming,
2008 y. 70 ming) va Xorazmni (2006 y. 42 ming, 2007 y. 44,5 ming, 2008 y. 47,2
ming) alohida ta`kidlash kerak.
Turizm sohasini rivojlantirish ko`plab omillarga bog’liq. Masalan,
makroiqtisodiy muhit (soliqlar, rag’batlar, kreditlash, investitsiyalar, moliyalash);
siyosiy muhit (qonunlar va me`yoriy
hujjatlar, nazorat organlari va tekshiruvlar,
hududlar va tarmoqlarni rejalashtirish, turli shaxslar va hududlarning manfaatlari);
111
ijtimoiy-madaniy muhit (mamlakat va hududda qabul qilingan an`analar, turmush
tarzi,
madaniyat, din, dunyoqarash, mentalitet, tarix, san`at); texnologik muhit
(texnologiyalar,
texnika,
jihozlar,
transport,
joylashtirish,
energetika,
kommunikatsiya); ekologik muhit (insonning biologik muhitga ta`sirini,
suv va er
resurslarining muhofazasiga, atmosferaning ifloslanishiga ta`sirini hisobga olish).
Ekologik omil boshqa omillar bilan bir qatorda turizm sohasining muhim omillari
jumlasiga kiradi (1-shartli chizmaga qarang).
Dostları ilə paylaş: