O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


 Qishloq joylarida turizmni rivojlantirish imkoniyatlari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

8.4. Qishloq joylarida turizmni rivojlantirish imkoniyatlari 
O`zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida juda katta turistik 
imkoniyatlarga ega mamlakat hisoblanadi. Mamlakatimizdagi mavjud tarixiy - 
arxeologik yodgorliklar, tabiiy iqlim sharoiti, ya`ni biologik xilma-xil, go`zal va 
betakror tabiati, hayvonot va o`simlik dunyosi, hamda millatimizning o`ziga xos 
madaniyati, urf-odatlari, an’analari o`z navbatida tarixiy-madaniy, arxeologik, 
ekologik, qishloq turizmi kabi xizmat turlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. 
2013 yil 17 aprelda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "2013-2016 
yillarda qishloq joylarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish 
yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida"gi qarori qabul qilingan edi. 
Mazkur qarorga ko`ra, mamlakatimizda ekologik, tibbiy-sog’lomlashtirish, sport 
turizmi, shuningdek, yakka tartibdagi qishloq mehmonxona uylari negizida 
agroturizmni o`z ichiga olgan zamonaviy turistik xizmatlar turlarini ustuvor 
rivojlantirish zonalari alohida belgilab olingan
65
. So`nggi yillarda mamlakatimizning 
ko`pchilik mintaqalarida turizm sohasini rivojlantirish uchun mаqsadli dasturlar 
qabul qilinmoqda. Ushbu dasturlarda har bir mintaqaning o`ziga xos bo`lgan tabiiy 
sharoiti, iqlimiy xususiyatlari, boy milliy-madaniy merosi hamda qishloq ahlining 
urf-odatlari va an`analarini hisobga olgan holda, qishloq turizmini rivojlantirishga 
alohida e`tibor qaratilgan. 
Mamlakatimizda qishloq turizmi ekologik turizm bilan birgalikda faol 
rivojlanmoqda. Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumani, Jizzax viloyatining Zomin 
tumani, Namangan viloyatining Pop tumani, Samarqand viloyatining Urgut 
tumanining dam olish zonalari agroturizmni rivojlantirish uchun juda katta 
imkoniyatlarga ega
66

Viloyatlarimizda qishloq xo`jaligi sohasining ancha taraqqiy qilganligi, 
aksariyat aholining qishloq joylarida istiqmot qilishi, qishloq hududlarida yangi 
infratuzilmalarning paydo bo`layotganligi, qishloq hayotining o`ziga xos urf-
odatlari va an`analari bevosita qishloq turizmini rivojlantirish imkoniyatlarini kattа 
ekanligidan dalolat beradi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03/1-220-son bilan 
tasdiqlangan "Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda namunali fermer 
xo`jaliklarini sayyohlarga xizmat ko`rsatishga moslashtirish, ularga sayyohlarni jalb 
qilish hamda ularning mamlakatimizda bo`lish muddatlarini uzaytirish mаqsadida 
65
“Ўзбекистонда экологик туризмни ривожлантириш концепцияси”. Экология ахборотномаси. №6, 2007 й., 9-
бет. 
66
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2013-2016 йилларда қишлоқ жойларида хизмат кўрсатиш ва 
сервис соҳасини жадал ривожлантириш юзасидан қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 1957-қарори. Халқ 
сўзи, 2013 йил 17 апрель 


98 
agroturizmni rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi" hamda mazkur 
faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 
O`zbekistonda 
ichki 
turizmni 
rivojlantirishda 
qishloq 
turizmini 
rivojlantirishning naqadar foydaliligini yuqoridagi tahlillar asosida tushunib olish 
mumkin.
Birinchidan, mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirish asosida 
qishloqlarimizda jiddiy bo`lib turgan ishsizlikni yechish, qishloq xo`jaligi 
maxsulotlarining sifatini oshirish, qishloqlarining iqtisodiyotini ko`tarish, savdо-
sotiqni tashkil qilish, mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish, xalqaro 
hamdo`stlikni oshirish kabi muhim masalarni hal qilishimiz mumkin. 
Ikkinchidan, shaharlarimizda yashayotgan aholining dam olishini tashkil 
qilish, shaharliklarni qishloqlar bilan bog’lash, ularning qishki mavsumga qishloq 
xo`jalik mahsulotlarini g’amlab olishda yo`l-yo`riqlar ko`rsatish, ayniqsa shaharlik 
bolalarni qishloqlarda hordiq chiqarishini, tabiat bag’rida bo`lib tabiatni anglashni 
shakllantirishimiz lozim bo`ldi. 
Uchinchidan, qishloq turizmini rivojlantirishda soliq tushumlarining 
ko`payishini ta`minlash va ushbu mablag’lar asosida qishloq joylarni 
obodonlashtirishni kuchaytirish: 
To`rtinchidan, qishloq turizmini rivojlantirish asosida qishloqlardagi tarixiy 
obidalarni muhofaza qilish, ta`mirlash, muqaddas qadamjolarni obod qilish va 
ko`kalamzorlashtirish, ulardan xalqimizni erkin foydalanishini ta`minlash ishlarini 
amalgam oshirish ishlarini hal qilishimiz lozim bo`ldi. 
Bugungi kunga kelib mamlakatimizning qishloq joylarida oilaviy tadbirkorlik 
va kichik biznesni samarali rivojlantirishda agroturizm muhim o`rin egallaydi. 
hozirda mamlakatimizda agrar sohani rivojlantirishda fermer xo`jaliklarining ulushi 
tobora ortib, kengayib bormoqda. Ular tomonidan yirik tabiiy hududlar, jumladan: 
o`rmon hududlari, baliqchilik, chorvachilik xo`jaliklari, meva va uzumchilik 
bog’lari, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiradigan hududlar tashkil etilib
ushbu hududlarda fermerlar tomonidan dala shiyponlari, xizmat ko`rsatish 
komplekslari barpo etilmoqda. Bu esa qishloq joylarda agroturizm sohasini yo`lga 
qo`yish va rivojlantirishda muhim omil bo`lib hisoblanadi. 
Mintaqada turizmni jadal rivojlantirishda, sayyohlar oqimini o`stirishda 
hududning nafaqat rekreatsion salohiyati, balki, turistik infratuzilma salohiyati, 
ya`ni zamonaviy mehmonxonalar, ovqatlanish maskanlari, transport xizmatlarining 
xalqaro talablar asosida yo`lga qo`yilganligi, bu sohada yuqori malakali kadrlar 
etishtirish va ta`minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bular esa o`z navbatida 
qishloq joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmaviy salohiyatini 
mustahkamlash, yangi ish o`rinlari yaratish va alal oqibat aholi turmush darajasini 
yuksaltirishga xizmat qiladi. 


99 
Jahon tajribasidan kelib chiqib, O`zbekistonning barcha mintaqalaridagi 
mavjud imkoniyatlarni va o`ziga xos shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, yaqin 
istiqbolda qishloq turizmini (agroturizm) ?uyidagi yo`nalishlarda tashkil qilish 
maqsadga muvofiqdir: 
1. Mamlakatimizda qishloq turizmini tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tartibga 
soluvchi qonunchilik bazasini shakllantirish. 
2. qishloqlardagi mavjud turistik resurslar asosida, oilaviy biznesni rivojlantirish 
orqali kichik mehmonxonalar va agroturizmni samarali faoliyatini 
ta`minlaydigan turli xil infratuzilma ob`yektlar, asosan xususiy agroturistik 
xo`jaliklarni tashkil qilish. 
3. qishloq joylarida turizmni samarali rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-madaniy 
muhitni shakllantirish ("tarixiy qishloq", "milliy qishloq" va h.k). 
4. Turistlarni qabul qilishga mo`ljallangan, ularni mazmunli dam olishini to`liq 
ta`minlaydigan kichik madaniy-tarixiy, turli xil etnografik markazlarni tashkil 
qilish. 
5. qishloq joylaridagi joylashtirish vositalari va infratuzilmalarga xos bo`lgan, 
ko`p tarmoqli, ya`ni turistik, ko`rgazmali, reklama namoyishli, madaniy-
targ’ibotli, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishga xos bo`lgan, davlat hamda 
xususiy qishloq xo`jaligi parklarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. 
6. Turizm sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan oliy ta`lim 
muassasalarning namunaviy o`quv rejalariga "Agroturizm", "Barqaror 
turizm" kabi fanlarni kiritish
67

Yuqorida qayd qilib o`tilgan yo`nalishlarning har birini amalga oshirish uchun 
mamlakatimizda barchа imkoniyatlar mavjud. Yurtimizning yirik sarmoyadorlarini 
agroturizmning boshqa shakllariga, eng avvalo yirik xususiy agroturistik 
ob`yektlarga mablag’ qo`yishga jalb qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday 
ob`yektlar sirasiga madaniy-tarixiy parklar, etnomadaniy majmualar, ilmiy-tadqiqot 
markazlari va boshqalar kiradi. Ushbu loyihalarni amalga oshirilishi, nafaqat 
iqtisodiy jihatdan samarali, balki, ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi, 
xususan, bugungi yoshlarni o`z vatanini, tarixini, madaniyatini yaxshi bilishda, 
milliy qadriyatlarni anglashda, umuman, bir so`z bilan aytganda o`z vatanini sevish 
hamda 
vatanparvarlik 
tuyg’usini 
shakllantirishda 
muhim 
rol 
o`ynaydi. 
Mamlakatimizda qishloq turizmining rivojlanishi iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan muhim 
ahamiyat kasb etadi va ijobiy samara beradi. 
67
Матякубов У. Қишлоқ туризми унинг ижтимоий-иқтисодий аҳамияти ва ривожлантириш истиқболлари// 
"BIZNES - ЭКСПЕРТ". – № 8(116)-2017. - 


100 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin