95
bo'lgani kabi, bu erda ham agroturizm gastronomik va sharob turizmiga yaqin,
dengiz qirg'og'ida plyaj turizmi bilan, tog'li hududlarda esa tog'-chang'i sayyohligi
bilan birlashadi.
Italiyada agroturizm sayyohlari asosan agrikola (agricola) va masseriya
(masseri) nomli joylashtirish vositalarida joylashtiriladilar. Agricola - bu sayyohga
berilgan xona yoki fermer xo’jaligining alohida binosi. Joylashtirishning ushbu
usulini afzal ko'rgan sayyohlar, odatda, ochiq havoda dam olishga e'tiborni
qaratadilar, o’z xohishiga ko’ra qishloq xo'jaligining ishlab chiqarish jarayonlariga
ekskursiant sifatida jalb qilinishi mumkin. Masseriyalar tarixiy qo’rgonlar, villalar
bo’lib, bu yerda sayyohlarga nafaqat qulay yashash sharoitlari, balki turli xil
xizmatlar ham taqdim etiladi. Odatda, har bir masseriyada sayyohlarga to'g'ridan-
to'g'ri namoyish etish uchun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining, masalan
pishloq, sharob yoki zaytun moyi ishlab chiqarilishining to’liq tsikli mavjud.
Masseriyalarda turli xil animatsion dasturlardan foydalaniladi, shuningdek, tarixiy
rekonstruksiyalar ham amalga oshirilishi mumkin.
Bugungi kunda Italiyada agro-ekosayyohlarni qabul qilish uchun jihozlangan
dehqon uylarining soni 9 mingta bo`lib, ular bir paytning o`zida 125 ming
sayyohni qabul qila oladi. Provintsiyalar orasida Toskana (34%), Umbriya (14%),
Sitsiliya (7%) yetakchilik qilmoqda.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, qonunga binoan, sayyohlarni hatto eng
byudjetbop turar joy bilan ta'minlaydigan fermer xo'jaliklari ham faqat maxsus
tayyorgarlikdan o'tgan taqdirdagina ularni qabul qilish huquqiga ega. Shuningdek,
Italiyada agroturizmning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri i bu turistlarni qabul
qiluvchi fermer xo'jaligining qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini to'xtatmaslik
majburiyatidir.
Rivojlangan Yevropa davlatlari qishloq turizmida ko`rsatiladigan xizmatlarni,
joylashtirish vositalarini standartlashtirish va tasniflashga mo`ljallangan maxsus
tavsiyalar, xalqaro darajada tan olingan me`yorlar nafaqat davlat yoki milliy
institutlar kesimida, balki Yevropa Ittifoqining xalqaro dasturlar doirasida, ya`ni
agroturistik faoliyat sub`yektlari assotsiatsiyasini faol ishtiroki bilan amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: