8.3. Agroturizm turlari
Hozirgi kunda jahon tajribasida turizmning agroturizm shakli keng
rivojlanmoqda. Agroturizmni mamlakatimizda rivojlanishi istiqbollari porloq
hisoblanadi. Chunki, mamlakatimiz agrar-industrial xo’jalikka ega bo’lib, asosiy
mehnat resurslarimiz qishloq xo’jaligida band. Undan tashqari, mamlakatimiz
rekreasiya resurslariga boy hisoblanib, rekreatsiya faoliyati tarmoqlarini
rivojlantirish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o’tuvchi mamlakatlar uchun moliyaviy
96
resurs manbalari o’ta zarur hisoblanadi. Shu jihatdan oladigan bo’lsak, agroturizm
yuqori daromat keltiruvchi xizmat ko’rsatish sohasi hisoblanadi. Mutaxasislar
agroturizmni besh turini ajratishadi:
- Sport;
- Madaniy – tanishuv;
- Fermerchilik;
- Ish yuzasidan faoliyat;
- Ekologik.
Bunda, birinchi ikkitasi ijtimoiy ahamiyatga, keyingi ikkitasi ishlab chiqarish
ahamiyatiga ega. Fermerchilik asosida agroturizmni tashkil etish asosida qishloq
xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati yotsa, ish yuzasidan agroturizm
ilmiy – texnik hamkorlik, qo’shma korxonalar tashkil etish va boshqa faoliyatlarda
shakllanadi.
Agroturizmning ob`yektiga ko`ra agroturlarni quyidagi sinflarga ajratish
mumkin
64
:
1. Agromajmualarga tashkil etiladigan agroturlar. Qishloq xo`jaligi ekin
maydonlari (paxta, g’alla, sholi maydonlari), shuningdek, cho`l va tog'
mintaqalarida joylashgan bog’ va uzumzor, o`rmonlar, chorvachilik xo`jaliklariga
(qoramolchilik, qorako`lchilik, yilqichilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik,
parrandachilik va h.k.) qilinadigan sayohatlar. Bu agroturlar orqali turistlar qishloq
xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilishga doir
jarayonlar va ularning hududiy-zonal farqlari bilan tanishadilar.
2. Tabiatning mavsumiy bayramlariga uyushtiriladigan agroturlar. Bunday
agroturlar turistlarni mahalliy aholining an`analari asosida o`tkaziladigan mavsumiy
bayram tantanalari bilan tanishtirish mаqsadlarida uyushtiriladi. Masalan, tabiatning
uyg’onishi, ekin-tikin agrotexnikasi tadbirlarining boshlanishi yoki tugashi bilan
bog’liq bo`lgan bahor mavsumidagi ("Navro`z", "Sumalak sayli"), bahor-yoz ("Suv
sayli", "Tut sayli"), yig’im-terimga bag’ishlangan kuz ("Mehrjon", "Hosil")
bayramlar, "Qovun sayli", "Uzum sayli", "Anjir sayli", "Anor sayli" va h.k.) sayllar
va tadbirlar.
3. Qishloq urf-odatlari va marosimlarida o`tkaziladigan agroturlar. Masalan,
atmosfera yog’inlariga bag’ishlangan Xorazm viloyati, Boysun, Forish, Zomin kabi
tumanlarda - "Sust xotin", buloq-soy suvlari bilan bog’liq - Shohimardonda "Ko`li
Qubbon", Namanganda "Peshqiron", Boysunda "Bibi seshanba", Urgutda "Suv
chashmalari" kabi marosimlar agroturning mazkur sinfiga mansubdir.
64
Якубжонова Ш.Т. Агротуризмнинг назарий жиҳатлари // Агро Илм. –Тошкент, 2007. -№3. –Б. 53-54.
|