O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

Tayanch iborolar va tushunchalar: 
Ekologiya (yun. — uy, turar joy va ...logiya) — organizmdan har xil darajada 
yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar 
(ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni 
oʻrganadigan biol. fanlari majmui. E.ni organizmlar va ular bilan atrof muhit 
oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. E. 
oʻrganadigan obʼyektlariga koʻra, umumiy va xususiy E.ga ajratiladi. 
Resurs – bu frantsuzcha so`z bo`lib, imkoniyat degan ma`noni anglatadi. 
Tabiiy resurslar – bu inson o`zining hayot faoliyati uchun tabiatdan oladigan va 
kelajakda olishi mumkin bo`lgan barcha noz-ne`matlardir. 
Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy 
ehtiyojlarini 
qondirish 
maqsadlarida 
xoʻjalikda foydalaniladigan hamda 
insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning 
barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Ekologik turizm mohiyati nimadan iborat? 
2. Mintaqaviy turizmda resurslarining ahamiyati va ulardan foydalanish? 
3. Ekologik sayohatning o’ziga xos xususiyatlari? 


112 
10 - BOB. TURIZM INDUSTRIYASIDA RAQOBATBARDOSH OMILLAR 
ASOSIDA BUYUK IPAK YO‘LI DAVLATLARINING GURUHLANISHI 
10.1.Turizm industriyasida moyillik tushunchasi. Buyuk ipak yo‘li davlatlari 
va loyiha. Metodologiya va natijalar. Guruh tahlili natijalari 
 
Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham iqtisodiyotining 
noishlab chiqarish sohalaridan biri xususan turizm sohasiga katta e’tibor kuchayib 
bormoqda. Insonlar borgan sari o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga, 
dam olishga, sog‘ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf odatlarini, qadriyatlarini 
bilishga intilmoqda. Bundan tashqari, insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini 
o‘zgartirib, yangi еrlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kеlib bunday intilishlar 
kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. O‘tgan 2005 - 
yilda dunyo aholisining har to‘rtinchisi sayohat qilgan. Ayrim mamlakatlarda turizm 
sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o‘sish sur’ati 8-
10 % gacha boradi. Bu davlatlarga Ispaniya, Italiya, Fransiya, AQSh va boshqa 
mamlakatlarni kiritish mumkin. Shunisi qiziqki turizm rivojlanishi bilan bir qatorda 
transport, bozor infratuzilmasi, savdo sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, 
hunarmandchilik hamda boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanib kеtadi. 
Rеspublikamiz xalqaro turizmni rivojlantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. 
Bularga «Buyuk Ipak Yo‘li»ning shoh tomiri rеspublikamizdan o‘tganligi, butun 
dunyoga mashhur tarixiy va madaniy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva, 


113 
Shaxrisabz, Qo‘qon, Toshkеnt va boshqa shaharlar, tabiiy va sog‘lomlashtirish 
rеsurslariga boy mintaqalarimiz Chimyon, Shohimardon, Zomin, Boysun, Shеrobod 
va boshqa shaharlar kiradi.
Hozirgi kunga kеlib O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun asos solindi 
dеb hisoblasa bo‘ladi. Bunga dalil sifatida 1995 yil 2 iyundagi «Buyuk Ipak yo‘li»ni 
qayta tiklashda O‘zbekiston Rеspublikasi ishtirokini avj oldirish va rеspublikada 
xalqaro turizmni rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmonining Prеzidеntimiz tomonidan 
qabul qilinishidir. Bu farmonga binoan turistik korxonalar bir qator soliq 
imtiyozlarga ega bo‘lishdi. Bu farmon «Buyuk Ipak yo‘li»da joylashgan tarixiy va 
madaniy shaharlarda turistik yo‘nalishlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Ming 
yillar davomida «Buyuk Ipak Yo‘li» Osiyo va Ovropa xalqlarini birlashtirishning 
ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kеlgan. Xuddi shu yo‘l bo‘ylab tovarlar, 
bilimlar, tеxnologiyalar, madaniyatlar almashuvi amalga oshirilgan, natijada 
shaharlarning, davlatlarning rivojlanishiga ko‘maklashib kеlgan. Hattoki, hozirgi 
vaqtda bu yo‘l insoniyat uchun global ahamiyatga ega bo‘lganligini baholash qiyin. 
Ammo, o‘zining faoliyatini tugatgandan kеyin ham unga qiziqish yo‘qolib kеtmadi. 
Ayniqsa, transport va axborot aloqalarining, sanoat ishlab chiqarishning, tovar va 
xizmatlarning savdosini hamda, Osiyo va Ovropa mintaqalarining intеgratsiya 
jarayonlariga faol qatnashuvi «Buyuk Ipak yo‘li»ning «ikkinchi nafasi»ni olganini 
ko‘rish mumkin. 
G’arb bilan Sharqni bir necha ming yillar davomida bir-biriga bog’lab kelgan 
«Buyuk ipak yo’li» edi. Bu yo’l orqali Sharqdan (Xitoydan) G’arbga (Vizantiyaga) 
oqib borgan savdo mollari, asosan, Xitoy ipagi bo’lsa-da, bu yo’l fanga atigi XIX 
asrning 
70 
yillarida 
«Ipak 
yo’li» 
nomi 
bilan 
kiritildi. 
Ilk marotaba bu terminni 1877-yilda nemis olimi, geograf Ferdinand fon 
Rixtgofen o’zining «Xitoy» deb nomlangan ilmiy asarida ishlatgan.Unga qadar 
«Ipak yo’li» «G’arbiy meridional yo’l» deb atab kelinardi. 
«Buyuk Ipak yo’li» haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi 138 
yilga to’g’ri keladi: Xitoy imperatori Vu Di topshirig’i bilan Markaziy Osiyoga 
yuborilgan elchi va sayyoh Chjan Syan «Buyuk ipak yo’li»ni o’rganadi va bu 
to’g’rida o’z tasnifini beradi. «Buyuk Ipak yo’li» tushunchasi o’sha paytda 
juda
qimmatli
hisoblangan
mol
-
ikkita turli dunyo: G’arb va Sharqni bir-
biriga tanishtirgan ipak bilan bog’liq.
Markaziy Osiyo hududida joylashgan 
O’zbekiston, 
Qozog’iston, 
Turkmaniston, 
Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari ham hozirgi 
kunda jahon xo’jalik tarkibiga asta-sekinlik 
bilan kirib bormoqda. Jahon xo’jalik tarkibiga 


114 
kirib borishda Markaziy Osiyo davlatlari uchun «Buyuk ipak yo’li»ning roli 
benihoyat kattadir. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin