O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Ziyorat
 
 
 
 
 
Tayanch iborolar va tushunchalar: 
Din (arab. — eʼtiqod, ishonch, itoat) — xudo yoki xudolar, gʻayritabiiy 
kuchlar mavjudligiga ishonish. D. muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar 
va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot 
yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. 
D.ning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, D. — 
Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur 
boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, 
haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda 
etadigan taʼlimotdir. 
Ziyorat — muqaddas joylargl, mozor va qabristonlarga borib muayyan 
rasmrusumlarni bajarib kelish.
 
Nazorat uchun savollar: 
 
 
 
 
 


83 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8 - BOB. MINTAQALARDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH 
RESURSLARI 
 
8.1. Qishloq turizmi tushunchasi 
Jahon amaliyotida qishloq joylarida qishloq xo'jaligini rivojlantirish bilan bir 
qatorda, aholining noagrar sohada bandligi, xususan qishloq turizmi qo'shimcha 
daromad manbai bo'lib qolmoqda. 
Agroturizm zamonaviy jahon sayyohlik bozori tizimida alohida o'rin tutadi. 
Bugungi kunda uni sayyohlik bozorining yetakchi va faol rivojlanayotgan 
tarmoqlaridan biri deb hisoblash mumkin. Ko'pgina tadqiqotchilar buni 
jamoatchilikning ekologik muammolar haqida xabardorligining oshishi, jamiyatga 
texnogen bosimning oshishi, o’sib borayotgan urbanizatsiya va boshqa omillar bilan 
bog'laydilar. 
Agroturizm – jahon turizm bozorida nisbatan yangi hodisa. Yosh bo'lishiga 
qaramay, agroturizm juda mashhur va bu mashhurlikning asosi nafaqat tabiiy 
narsalarning urf bo’lishi, balki ko'plab iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va ekologik 
omillar hisoblanadi. Tabiat bilan uyg'unlikda yashash istagi, tabiiy ne’matlarni 
iste’mol qilish, tabiatni va madaniy o'ziga xoslikni saqlash haqida qayg'urish, 
shuningdek, qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo'llab-quvvatlash, qishloq va 
shahar aholisining turmush darajasidagi o'sib boruvchi tabaqalanishni yumshatishga 
intilish - bu va boshqa ko'plab omillar agroturizmning butun dunyo bo'ylab 
ommalashuvini keskin o'sishiga olib keldi. 


84 
Dunyo bo'ylab sayyohlik sohasi faol rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. 
An'anaviy (faol va ommaviy) dam olish turlari bilan bir qatorda yangi, turli xil 
"yashil" sayohatlar rivojlanmoqda: "3 S" (Sun, Sea, Sand) – quyosh - dengiz - qum 
formulasi bo'yicha dam olish o'rniga, "3 L" (Landshaft, Lore, Leisure) – landshaft - 
an'analar - bo’sh vaqt formulasi taklif etiladi. Turizm sohasiga hayotni 
ekologiyalashtirish g’oyasining tarqalishi tobora kata ta'sir ko'rsatmoqda
41

"Yashil sayohatlar" dunyodagi eng mashhur turizm turlaridan biri - yashil 
qishloq turizmi (green rural tourism) yoki agroturizmda (agroturizm, agrotourism, 
farm tourism) o’z timsolini topadi.
42
Respublikamizning 
"O`zbekistonda 
ekoturizmni 
rivojlantirish 
kontseptsiyasi"da qishloq turizmiga qishloq xalqini turmushi, urf-odatlari, an`analari 
bilan yaqindan tanishish" deb ta`rif berilgan
43
. Amerikalik olim C.Ollenburg qishloq 
turizmi fermer xo`jaligida tashkil qilinadigan ishlarda bevosita qatnashish, xo`jalik 
ish faoliyatini kuzatish hamda o`quv kurslarida ishtirok qilish bilan bog’liq 
xizmatlarni mijozlarga taklif qilish deb hisloblaydi
44
.
Qishloq turizmi – bu turistik hududlarning tabiiy va milliy o'ziga xosligini aks 
ettiruvchi va saqlaydigan hamda iqtisodiy foyda beradigan turistlar uchun keng 
qamrovli turistik mahsulotni (turar joy, ovqatlanish, diqqatga sazovor joylar, hordiq 
chiqarish) shakllantirish va ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan qishloq joylariga 
maqsadli sayohatlarni tashkil etish bilan bog'liq faoliyat turi. Mahalliy aholi uchun 
yangi ish o'rinlari va daromadlar yaratish orqali mezbon jamoalarni jalb qilish”. 
Xorijiy amaliyotda agroturizm tushunchasi turli xil, keng, ba'zan qarama-qarshi 
bo'lgan turli xil ta'riflarning sintezidir (8.1-jadval) 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin