6
KIRISH
Turizm jahon iqtisodiyotning barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan
biri hisoblanib,
nafaqat rivojlangan, balki, rivojlanayotgan mamlakatlar va
mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining qudratli katalizatoriga aylandi.
Turizm, ayniqsa, XXI asrga kelib keng taraqqiy etmoqda. Turizm – zamonaviy
iqtisodiyotning muhim faoliyat sohalaridan biri bo’lib, insonlarning ehtiyojlarini
qondirishga va aholi turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan.
O’z tabiatiga ko’ra turizm ma’lum bir resurslar, jo’g’rofiy
omillar va
mintaqaviy o’ziga xosliklar bilan bog’liqdir. Mamlakatning jahon turistik bozoridagi
raqobatbardoshligini va turistik jozibadorligini oshirish maqsadida turizmning
shakllanishi va rivojlanishini mintaqaviy yondashuv asosida tahlil qilish maqsadga
muvofiqdir. Shu munosabat bilan O’zbekistonda mintaqaviy turizm rivojlanishiga
qaratilgan yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishga bo’lgan ehtiyoj nazariy
qarashlarni o’rganib chiqishni talab etmoqda. Ushbu muammoga oid ilmiy ishlarda
mintaqaviy turizm tushunchasiga turli xil nazariy qarashlar mavjud.
Bu borada
to’plangan nazariy va amaliy tajribalaraning tahlilidan kelib chiqib mintaqalarda
turizm rivojlanishining iqtisodiy siyosati, reja va dasturlarini ishlab chiqish talab
etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi
to’g’risida” gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar
Strategiyasida iqtisodiyotni yanada modernizastiyalash va liberallashtirishga alohida
etibor qaratilgan.
1
Ushbu ustuvor yo’nalishda turizm industriyasini jadal
rivojlantirish mamlakatimizni barqaror yuqori suratlar bilan rivojlantirishda asosiy
omil va turtki bo’lishi nazarda tutilgan.
Bu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev farmonidagi
qo’yidagilarni takidlab o’tish zarur: “Turizmga iqtisodiyotning strategik sektori
maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va o’zaro bog’liq
tarmoqlarni
kompleks ravishda jadal rivojlantirishni etakchi kuchga aylanishi lozim”
2
Turizmni mintaqalar iqtisodiyotiga ta’sirini o’rganish va aniq ilmiy xulosalar
qilish, hududlarni kompleks va mutanosib rivojlantirish, uzoq va o’rta muddatda
mavjud turistik salohiyatdan samarali foydalanish, eng asosiysi aholi turmush
darajasi va sifatini oshirish uchun nazariy asos bo’lib hizmat qiladi.
Shu sababli
birlamchi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalardan biri bo’lib har bir mintaqada turizmni
1
Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида. Ўзбекистон
республикаси Президентининг фармони. Тошкент шаҳар, 2017 йил 7 февраль.
2
Ўзбекистон Республикасининг туризм соҳасини жадал ривожлантиришни таьминлаш чора-тадбирлари
тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони. Тошкент шаҳри. 2016 йил, 7 декабрь.
7
rivojlantirish hisoblanadi, chunki bu ko’p jihatdan milliy turizm imidjining
shakllanishi
va rivojlanishini, hamda xalqaro turizm rivojlanishining imkoniyatlari
va tendenstiyalarini belgilab beradi.
Mazkur o’quv qo’llanma 10 bobdan iborat bo’lib, da ushbu dolzarb
masalalarning nazariy jihatlari yoritilgan. Unda mintaqani rivojlantirishda turizm
sohasining o’rni va ahamiyati, mintaqaviy turizm rivojlanishiga ta’sir
etuvchi
omillar ilmiy tadqiq qilinib, mintaqaviy turizm tushunchasi nazariy jihatdan
asoslangan. Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan turli
yondashuvlarning tahlili amalga oshirilgan.
Dostları ilə paylaş: