O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


 Mintaqaviy turizm fanining predmeti va ob’yekti



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

 
1.2. Mintaqaviy turizm fanining predmeti va ob’yekti 
Ma’lumki, jahon turizmi bugungi kunda iqtisodiyot sohalari ichida daromad 
keltirishi bo’yicha eng yuqori o’rinlardan birini egallaydi, mehnatga layoqatli 
aholini ish bilan bandligini ta’minlab, ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini 
yuqori bo’lishini taqazo etadi va shu jihatdan ham u har doim barqaror rivojlanishga 
moyil. Shuning uchun ham turizm sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar, 
birinchi navbatda, bu sohani harakatga keltiruvchi mavjud turistik resurslardan 
samarali foydalanish yo’llarini qidirmoqda va uni barqaror rivojlanish jarayonlariga 
e’tiborini qaratishmoqda. Shuning hisobiga u yoki bu mamlakatga turist sifatida 
tashrif buyuruvchilar soni yildan – yilga ko’payib bormoqda. Va bu jarayon har 
doim o’zining obyektiv va subyektiv rivojlanish qonuniyatiga ega bo’lib, undan 
maqsadli foydalanish lozim bo’ladi. Bunga amal qilgan ko’pgina mamlakatlarda 
turizmning rivojlanishi yuqori samara berib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki 
davrlaridan boshlab, O’zbekistonda ham turizmni shakllantirish va qaror toptirishga 
katta ahamiyat berilib, bu jarayonda turistik resurslardan, ayniqsa mintaqa 
hududlarida mavjud bo’lgan salohiyatdan samarali foydalanish yo’l – yo’riqlari 
qidirilmoqda va uning imkoniyatlari o’rganilmoqda. Turizm ham mintaqalar 
iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy 
tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun yetarlicha resurslarga 
ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo’yicha Markaziy Osiyo 
davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Respublikamiz tarixiy, arxeologik, 


13 
arxitektura, san’at, musiqa va boshqa turistik resurslarga boy hisoblanadi. Bundan 
tashqari mamlakatimizning betakror tabiati, tog’ va tekislik, daryolari, cho’l va 
vohalari, ko’p va turli landshaft zonalari asosiy rekreasiya resurslaridir. 
Mamlakatimizda yosh tarmoq hisoblangan turizm, kundan kunga rivojlanmoqda. Bu 
esa, ko’pgina ish o’rinlari ochish imkoniyati mavjudligini bildiradi. 
O’zbekistonda tarixiy – madaniy, arxitektura, arxeologiya ahamiyatidagi 7 
mingdan ortiq obyektlar mavjud. Mutaxasis B. To’rayev fikricha ulardan 545 tasi – 
arxitektura, 578 tasi – tarixiy, 1457 tasi – san’at yodgorliklari va 5500 dan ortig’I 
arxeologik ahamiyatiga jalb etilgan. 200 dan ortiq obyektlar ta’mirlanmoqda, 500 
tasi esa ta’mirlanishga muhtoj. Ko’p mamlakatlar tajribasiga ko’ra, ta’mirlanish 
jarayonini o’zi turistlar uchun qiziqarli hisoblanadi. Undan tashqari respublikamizda 
300 dan ortiq muzeylar, 1200 ta xalq ijodiyoti tashkilotlari mavjud. Turistik ziyorat 
obyektlari miqdori bo’yicha Toshkentda -144 ta, Samarqandda – 118 ta, Buxoroda -
201 ta, Xiva -310 tani tashkil etadi. Ammo asosiy turistik resurslarimizdan 
mintaqaviy turizmda turizm maqsadida foydalanish tashkil etilmagan. Shu 
sababdan milliy madaniy va tabiiy merosimizni mintaqa va turizm faoliyati 
maqsadida har jihatdan o’rganish va muhofaza etish o’ta muhimdir. YUNESKOning 
«Butunjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish» konvensiyasida har bir 
davlat o’z hududidagi madaniy va tabiiy merosini muhofaza etishi, uni targ’ibot 
etishi, bunda o’zining samarali siyosatini olib borishi lozimligi ta’kidlanadi.
Mintaqaviy turizm fanining obyekti sifatida mamlakatimizdagi barcha turizm 
faoliyatida foydalanish mumkin bo’lgan turizm obyektlari hisoblanadi. 
Mamlakatimizning betakror tabiat go’shalari, ya’ni tog’- vodiylari, cho’lu-dashtlari, 
boy madaniy-tarixiy merosi, ajoyib tarixiy arxitektura yodgorliklari, urf-odatlari, 
milliy resurslarning bisyorligidan darak beradi. Fanning obyektidan, mazkur fanning 
predmeti kelib chiqadi. Bu fanning predmeti turistik resurslarni, turlari va 
mohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, hudud bo’yicha joylanish xususiyatlarini
milliy iqtisodiyotda samarali foydalanishni, ekologik-iqtisodiy xususiyatlarini, 
turizm faoliyatida foydalanish va muhofaza qilishni o’rganishdan kelib chiqadi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin