96
resurs manbalari o’ta zarur hisoblanadi. Shu jihatdan oladigan bo’lsak, agroturizm
yuqori daromat keltiruvchi xizmat ko’rsatish sohasi hisoblanadi. Mutaxasislar
agroturizmni besh turini ajratishadi:
- Sport;
- Madaniy – tanishuv;
- Fermerchilik;
- Ish yuzasidan faoliyat;
- Ekologik.
Bunda, birinchi ikkitasi ijtimoiy ahamiyatga, keyingi ikkitasi ishlab chiqarish
ahamiyatiga ega. Fermerchilik asosida agroturizmni tashkil
etish asosida qishloq
xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati yotsa, ish yuzasidan agroturizm
ilmiy – texnik hamkorlik, qo’shma korxonalar tashkil etish va boshqa faoliyatlarda
shakllanadi.
Agroturizmning ob`yektiga ko`ra agroturlarni
quyidagi sinflarga ajratish
mumkin
64
:
1. Agromajmualarga tashkil etiladigan agroturlar. Qishloq xo`jaligi ekin
maydonlari (paxta, g’alla, sholi maydonlari), shuningdek, cho`l va tog'
mintaqalarida joylashgan bog’ va uzumzor, o`rmonlar, chorvachilik xo`jaliklariga
(qoramolchilik, qorako`lchilik, yilqichilik,
baliqchilik, asalarichilik, pillachilik,
parrandachilik va h.k.) qilinadigan sayohatlar. Bu agroturlar orqali turistlar qishloq
xo`jalik mahsulotlarini
ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilishga doir
jarayonlar va ularning hududiy-zonal farqlari bilan tanishadilar.
2. Tabiatning mavsumiy bayramlariga uyushtiriladigan agroturlar. Bunday
agroturlar turistlarni mahalliy aholining an`analari asosida o`tkaziladigan mavsumiy
bayram tantanalari bilan tanishtirish mаqsadlarida uyushtiriladi. Masalan, tabiatning
uyg’onishi, ekin-tikin agrotexnikasi tadbirlarining boshlanishi
yoki tugashi bilan
bog’liq bo`lgan bahor mavsumidagi ("Navro`z", "Sumalak sayli"), bahor-yoz ("Suv
sayli", "Tut sayli"), yig’im-terimga bag’ishlangan kuz ("Mehrjon", "Hosil")
bayramlar, "Qovun sayli", "Uzum sayli", "Anjir sayli", "Anor sayli" va h.k.) sayllar
va tadbirlar.
3. Qishloq urf-odatlari va marosimlarida o`tkaziladigan agroturlar. Masalan,
atmosfera yog’inlariga bag’ishlangan Xorazm viloyati, Boysun, Forish, Zomin kabi
tumanlarda - "Sust xotin", buloq-soy suvlari bilan bog’liq - Shohimardonda "Ko`li
Qubbon", Namanganda "Peshqiron", Boysunda "Bibi seshanba", Urgutda "Suv
chashmalari" kabi marosimlar agroturning mazkur sinfiga mansubdir.
64
Якубжонова Ш.Т. Агротуризмнинг назарий жиҳатлари // Агро Илм. –Тошкент, 2007. -№3. –Б. 53-54.