O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

Tayanch iborolar va tushunchalar: 
Turizm, agroturizm, qishloq xo`jaligi, qishloq hududlarining resurslari, agroturizm 
evolyutsiyasi, barqarоr turizm, qishloq hududlarini rivojlantirish, tabiat, xalqaro 
tajriba.
Nazorat uchun savollar: 
1. Agroturizm tushunchasiga ta’rif bering. 
2. Agroturizmni qanday turlari mavjud? 
3. Mamlakatimizda qishloq joylarida qanday turizm resurslari mavjud? 
4. O’zbekistonda agroturizm resurslari va imkoniyatlarini izohlang. 
5. O’zbekistonda agroturizmni rivojlantirish tadbirlari nimalardan iborat? 
70
Организация сельского туризма. Практические рекомендации по организации альтернативной занятости 
сельского населения. Выпуск 5. – М.: ФГНУ «Росинформагротех», 2009. – 170 с. 
71
Казначеева, С. Н., Челнокова, Е. А., Коровина, Е. А. Агротуризм как одно из перспективных направлений 
индустрии туризма // Международный журнал прикладных и фундаментальных исследований, № 3, 2017, с. 
252. 


102 
 
 
 
 
9-BOB. MINTAQAVIY REKREATSIYA RESURSLARIDAN 
FOYDALANISHNING EKOLOGIK-IQTISODIY XUSUSIYATLARI 
9.1. Mintaqalarda ekoturizmning tutgan o‘rni va roli. O‘zbekiston turistik 
mintaqalarining ekoturistik salohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
Ekoturizm-tabiiy turizm bo`lib, tabiat muhitini hosil qilish va tushinishni o`z 
ichiga oladi. Uning menejmenti shunday amalga oshiriladiki, natijada bu faoliyat 
ekologik, ijtimoiy va madaniy jihatdan barqaror bo`lib, "tabiiy muhit", madaniy 
tarkiblarni, "ekologik barqarorlik" mahalliy aholi uchun tegishlicha daromadni va 
foydalanilayotgan resurslarning uzoq muddatli muhofaza qilinishini o`z ichiga oladi. 
Ekoturizm turizmning boshqa turi kabi ekologik barqaror bo`lishi, sayyohlarga 
zavq-shavq baxsh etishi va mahalliy aholiga daromad keltirishi lozim. Bundan 
tashqari, tabiiy va madaniy muhitga "mos tushishi" kerak. "Mos tushishi" degan 
so`zning ma`nosi shuki bu faoliyatning uslubi, hajmi va xili landshaftning ko`lami 
va xarakteriga, mahalliy aholining urf-odatlariga to`g’ri kelishi zarur. 
Shunday qilib, ekoturizm tizimi asosida turistik faoliyatning turli xillarda 
qo`llanilishi mumkin bo`lgaн tamoyillar yotadi. Bular: bilimni oshiradigan yoki 
sarguzasht sayyohatlari (piyoda, otda, suvda, tog’da, sayr va hokazo), talabalar 
ta`tillari, ormetologik turlar, ilmiy turlar va ekspeditsiyalar, dam olish kuni 
ekskursiyalari, yozgi bolalar lagerlari va hokazo. 
Ekoturizmning faqat foyda keltiradigan soha deb hisoblash mumkin emas. Bu 
faoliyat turi agar maqsadga muvofiq doirada amalga oshirilmasa, uning qoidalari va 


103 
talabalariga rioya qilinmasa tabiatga jiddiy salbiy ta`sir qilishi va noxush oqibatlarga 
olib kelishi tabiiy. Uning salbiy oqibat va natijalari nimalardan iborat bo`lishi 
mumkin. Eng avvalo, o`simliklar nobud bo`ladi, o`simliklar payxon qilinadi, er 
o`piriladi va zichlashib ketadi, hayvonlar bezovtalanadi, qochishga tushadi, bola 
ochishga xalaqit beriladi, ov natijasida yo`q qilinadi, ovqatlanish tarzi o`zgaradi, 
turlari ayniydi, hayvonlar notabiiy to`planadi, suvda yashaydigan hayvonlarning 
hayot tarzi o`zgaradi, suv o`simliklariga ziyon etadi, biotonning buzilishi, oziq 
moddalarning emirilishi va yo`qolishiga olib keladi (tog’li joylarda, o`rmon 
yong’ini xavfi), suvning ifloslanishi va evtrofikatsiya yuz beradi, noyob turlar 
kamayadi, hayvonlarning hayot tarzi o`zgaradi, g’oyalar emiriladi, tashqi qiyofa 
xunuklashadi, marjon g’oyalar shikastlanadi, baliqlar turi kamayadi, suv havzalari 
qirg’oqlaridagi o`simliklar payxon bo`ladi, qirg’oqdagi tuproq o`piriladi, 
zichlashadi, o`simliklar nobud bo`ladi, tasodifan hayvonlar shikastlanadi, hayvonlar 
turmush tarzi o`zgaradi.
Xalqaro turizmning rivojlanishi uning tarmoqlarga bo`linib ketishiga olib 
keldi. Shu singari ekologik turizm ham avvallari xalqaro turizm bilan birga olib 
borilar va alohida tarmoq sifatida tilga olinmas edi. Endilikda aniqrog’i Birinchi 
Jahon urushi tugashi bilan keltirilgan vayronagarchiliklar va tabiatga insonlar 
ta`sirining ortib borishi kata muammolarni keltirib chiqara boshladi. To`rt yillik 
urush tugashi bilan, turizm rivojlanishida Evropada yangi atama tabbiy turizm 
tushunchasi paydo bo`la boshladi. Turistik firma va turagentliklarning faoliyati yana 
jonlana boshladi. Bunda turistlar xarakati oldingilarga qaraganda bir necha bor 
tezlashdi. Tabiat qo`yniga sayohatga chiquvchilar soni ortib bordi. Lekin, 
turizmning rivojlanish jarayonlari yana sekinlashdi. Bunga ikkinchi jahon urushi 
boshlanishi sabab bo`ldi. Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan XX asrning 50 yillarida 
turizm rivojlanishida tub burilish davri, ya`ni bosqich boshlandi. Bu davrda jahon 
xalq xo`jaligining barcha sohalarida, shu singari xizmat ko`rsatishda ham keng 
qamrovli islohotlar olib borila boshlandi. Bunda mehmonxonalarni oldindan buron 
qilish, chiptalarga buyurtma berish singari jarayonlar tezlikda rivojlana boshlandi. 
Texnika va texnolgiyalar rivojlanishida katta o`zgarishlar vujudga kela boshladi. 
Komp'yuterlarning xalq xo`jaligining barcha tarmoqlariga joriy qilinishi natijasida 
iqtisodiy yuksalish tezlashdi. Insoniyat tomonidan kosmosni o`zlashtirish davri 
boshlandi. Fan-texnika jadal rivojlana boshlandi natijada axborot kommunikatsion 
jarayonlar tezlashdi.
Ekologik turizm rivojlanishi jarayonidagi asosiy bosqich XX asrning 80 
yillariga to`g’ri keladi. Bu vaqtga kelib turistik xizmat ko`rsatishda tabiiy 
resurslardan keng foydalanila boshlandi. Turizmda tabiat qo`ynida dam olish asosiy 
rol' o`ynay boshladi. Natijada turoperatorlar yangicha ko`rinishdagi ekologik 


104 
dasturdagi turyo`nalishlar ishlab chiqa boshladilar. Bu esa ekoturizmning bugungi 
rivojlanish darajasini belgilab bermoqda. 
Turistlar hududga may oyidan boshlab sentyabr oyigacha tashrif buyurishadi. 
Bular asosan Evropa, Turkiya, Xitoy, Hindiston va Rossiyadan kelganlardir. 
Mehmonlarga xizmat ko`rsatish uchuн arava, fil, kanoe, velosipedda sayr etish 
tashkil qilinadi. Jungli va daryo bo`ylarida filda sayr qilib, mahalliy fauna va flora 
bilan tanishishga ayniqsa talab katta. Hududda 30 ta filli pitomnik bor. Har bir filga 
3 ta xodim biriktirib Qo`yilgan. Hudud tekislik-tepalik erda joylashgan. Bu erda 50 
tur baliq, Qora timsoq, karkidon, fil, kiyik saqlanadi. Daraxtlarning 400 dan ortiq 
turi o`sadi, ornitofaunaning 125 dan ortiq turi, kapalaklarning 300 turi bor20.
Bundan ko`rinib turibdiki, bu kabi omillar tabiat turizmi va ekologik turizm 
ishqibozlarini o`ziga jalb qiladi.
Shu munosabat bilan har xil xususiyatlarga ega bo`lgan va turli taziyiqlarga 
uchraydigan alohida qo`riqlanuvchi tabiiy hududlarda ekologik turizmni 
rivojlantirishning odatda ikki modelini xalharo ekspertlar taklif qiladi. Bular: "A" 
modeli-nazorat qilinmaydigan tabiat turizmi, "V" modeli-kichik ko`lamli ekoturizm. 
"A" tipidagi rivojlanish modelida "V" tipidagi modeldagiga nisbatan ko`proq tabiiy
turli-tumanlik va hammaboplik ko`zda tutiladi. Bundan tashqari birinchi model' 
turistik marshrutlarni tashkil qiluvchilar uchun ko`proq daromad keltiradi, lekin 
bunda shuni hisobga olish kerakki, bu amalda nazorat qilinmaydigan turizm joyning 
ekologiyasiga ancha salbiy ta`sir ko`rsatadi, mahalliy aholining turmush tarzi va urf-
odatlarini o`zgartiradi. "V" tipidagi model biologik turlarning saqlanishi va unga 
salbiy ta`sir ko`rsatmasligi tufayli bu model afzalroq hisoblanadi, lekin bu model'
ham turoperatorlar va mahalliy aholi uchun uncha katta daromad keltirmaydi. 
Bizning fikrimizcha iqtisodiy rivojlanmagan mamlakatlar, shu jumladan 
O`zbekiston uchun ham bu model afzalroq deb o`ylaymiz. 
Ekologik - iqtisodiy rayonlashtirish mamlakatda tabiiy - ekologik 
imkoniyatni har tomonlama hisobga olgan holda mamlakat iqtisodiyotini hududiy 
rivojlanishini takomillashtirishga va mintaqalarning tabiiy resurs imkoniyatidan 
unimli foydalanishni hududiy boshqarishni tashkil etishga xizmat qiladi. 
Mintaqalarning ma`lum mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi bilan uzviy 
bog’liq bo`lib, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini 
samarali joylashtirishning muhim omilidir. 
Ekologik 

iqtisodiy 
rayonlashtirish 
iqtisodiy 
rayonlashtirishning
ixtisoslashgan yo`nalishi va turi bo`liб, u ikkita asosiy tamoyilga asoslanib amalga 
oshiriladi:
1) hududiy mehnat taqsimoti;
2) Ushbu hududlar ishlab chiqarish kuchlarining tabiiy muhitga ta`sir 
ko`rsatish darajasi. 


105 
O`zbekistonning tabiiy-ekologik xususiyatlariga ko`ra bir tomondan yirik 
tabiiy-ekologik-iqtisodiy-makro zonalarga, boshqa tomondan esa ekologik - 
iqtisodiy rayonlar tizimiga ajratish mumkin. Ularning har biri hududiy ekologik - 
iqtisodiy rivojlanishning ma`lum vazifalariga javob beradi. 
O`zbekistonning ekologik - iqtisodiy rayonlashtirishning asosini mamlakatni 
3 ta yirik makrozonaga va 8 ta ekologik - iqtisodiy rayonga bo`lish tashkil etadi. 
O`zbekistonda quyidagi ekologik - iqtisodiy rayon shakllangan:
1) Toshkent (Toshkent shahri, Toshkent viloyati);
2) Farg’ona (Farg’ona, Namangan, Andijon viloyatlari);
3) Mirzacho`l (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari);
4) Samarqand-Zarafshon (Samarqand viloyati);
5) Buxoro-Navoiy (Buxoro va Navoiy viloyatlari);
6) Qashqadaryo (Qashqadaryo viloyati);
7) Surxondaryo (Surxondaryo viloyati);
8) Quyi Amudaryo (Xorazm viloyati, Qoraqalpog’iston Respublikasi). 
O`zbekistondagi 
har 
bir 
rayon 
o`zining 
ekoturistik 
holati, 
imkoniyatlari, shart-sharoitlari va rivojlanish istiqbollari nuqtai nazaridan ajralib 
turadi. Masalan: Ustyurt ekoturistik rayonini oladigan bo`lsak, u O`zbekistonning 
Shimoliy-G’arbi-Qoraqolpog’istonda joylashgan plato bo`lib, uning umumiy 
maydoni 200 ming km
2
ni tashkil etadi. Bu joylar dunyoda eng katta va yagona 60-
150 metrlik tik qoyali jarlari, davolash xususiyatiga ega bo`lgan juda katta-1000 
km
2
li tuzli Borsakelmas sho`rxoxi bilaн mashhur. O`simlik dunyosi deyarli yo`q, 
osh tuzi va balchi?li tuzning qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi qurib 
bitkazilgan qo`ng’irot soda zavodi aynan ana shu xom ashyo hisobiga ishlaydi.
Orol va Orolbo`yi ekoturistik rayoni ekologik inqirozli ekoturistik hudud 
bo`lgani uchun ham ekstremal ekoturistik ob`ekt bo`lib hisoblanadi. Ekoturistik 
marshrutlar bir paytning o`zida ham Orolning qurigan, ham uning ta`sirida bo`lgan 
Orol atrofi hududlarini qamrab oladi. Bunday hududlarda, bizning fikrimizcha 
ekoturlar nafaqat treking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va 
vertolyotlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. 
Amudaryo ekoturistik rayoni. Amudaryoning o`zaniga yaqin sohillardagi 
to`qayzorlardan iborat bo`lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli, noyob landshaft 
hisoblanadi. Quyi Amudaryoning o`ng sohilida to`qay landshaftidagi qushlar va 
hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto`qay qo`riqxonasi tashkil etilgan. 
Ornitafaunani saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil etilgan. Bulardan 
tashqari qizilqumning g’arbiy qismida, Amudaryoning o`ng qirg’og’ida, kembriy va 
kembriygacha davrda burmalangan tog’ jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 
485 metrlik Sulton Uvays tog’lariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Amudaryo 
rayonida O`zbekistonning ko`hna shaharlaridan biri Xorazm joylashgan, uning 


106 
arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Bunday 
joylarda ekoturlarni tarixiy turlar bilan kompleks olib borishni tavsiya qilish 
mumkin. 
Nurota rayoni o`zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy arxitektura 
yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 1975 yilda tashkil etilgan va maydoni 
17,8 ming ga bo`lgan Nurota tog’ yonqoqzor-meva qo`riqxonasi mavjud. Bu 
qo`riqxonaga "Ekosan" qoshidagi "Ekosantur" firmasi tomonidan ko`plab 
marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog’ning janubiy yon bag’rida joylashgan shamol 
ta`sirida tebranib turuvchi bahaybat xarsang toshli "Sanjigumon", "Koriz Qoldiqlar" 
kabi tabiat yodgorliklari ekoturizmning muhim ob`ektlaridan bo`lib hisoblanadi. 
Ko`p asrlik ziyoratgoh "Chashma buloq" yaqinida "Chilistun" masjidi, 
madrasa, Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qal`asi joylashgan. Qoratog’ tizmasining 
janubiy yon bag’rida "Sarmish darasi"dagi qoyalarda avlodlarimizning hayoti va 
madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan. 
Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, umumiy balandligi 1060 m, maydoni 
163 m
2
keladigan "Maydon karst g’ori", SHimoliy Nurota tizmasidagi uzunligi 130 
m, umumiy balandligi 1100 m, maydoni 70 m
2
keladigan "Xonaixudo karst g’or" da 
speleoturizmni rivojlantirish mumkin. Bulardan tashqari, XI asrda bunyod etilgan va 
XVIII asr boshlarigacha turgan "Rabot Malik karvonsaroyi" sayyohlarning to`xtash 
joyi, shuningdek savdogarlarning savdo qilish joyi bo`lgan. Rabot Malik yonida 
ming yillik tarixga ega bo`lgan madaniy yodgorligi-sardoba uchraydi. Er ichiga 12 
m botirilgan sardobada butun yoz bo`yi muzdek va toza suv saqlangan.
Zarafshon ekoturistik rayonida Zarafshon daryosi qayirlarida joylashgan to`qay 
landshafti, undagi o`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun 
tashkillashtirilgan "Zarafshon qo`riqxonasi" mavjud. Buxoro viloyatining Shofrikon 
o`rmon xo`jaligi hududida joylashgan qum cho`l landshafti, u erdagi o`simliklar va 
hayvonlar hamda tarixiy yodgorliklar (Vardonza shahar xarobalari) davlat 
tomonidan qo`riqlanadi. "Vardonza qo`riqxonasi", "To`dako`l flora va faunasini 
boyitish 
buyurtmaxonasi", 
Qoravulbozor 
xo`jaligida 
joylashgan 
"Jayron-
ekomarkazi", suv va botqoqqa moslashgan qushlarni ko`paytiruvchi "Dengizko`l 
buyurtmaxonasi", Zarafshon tog’ tizmalaridagi Omonqo`ton va Amir Temur karst 
g’orlari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog’ tizmalaridagi ko`p qavatli "G’unjak g’ori" va 
boshqalar diqqatga sazovordir. Zarafshon ekoturistik rayonida qadimgi shaharlar 
Samarqand va Buxoro joylashganligi tufayli ham ekoturlar yakuni tarixiy-diniy 
arxitektura yodgorliklariga qilinadigan safarlar bilan olib borilishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Turkiston ekoturistik rayonida ekoturlarni alohida muhofaza etiladigan 
hududlarga uyushtiriш samaraliroqdir. Chunki bu rayonda Turkiston tizmasining 
shimoliy yonbag’rida 1959 yilda tashkil etilgan, absolyut balandligi 1760-3500 m, 


107 
umumiy maydoni 21735 ga bo`lgan "Zomin davlat qo`riqxonasi", maydoni 24110 
ga bo`lgan noyob tog’-archa ekosistemalarini tiklash va rekreatsiya maqsadlarida 
foydalanish uchun 1978 yilda tashkil etilgan "Zomin milliy bog’i" mavjud. 
Qashqadaryo ekoturistik rayoni cho`l, dasht, tog’ oldi va tog’li hududlardan 
iborat. Bu rayonda yoz va baqor oylarida cho`l va dashtlarda, yilning barcha 
fasllarida esa tog’ oldi va tog’li hududlarga ekoturlar uyushtirish mumkin. 
Qashqadaryo rayonida 1979 yilda tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega bo`lgan, 
MDH davlatlari ichida yagona-"Kitob davlat geologiya qo`riqxonasi", 1992 yilda 
tashkil etilgan "Muborak buyurtmaxonasi", 1992 yilda tashkil etilgan "Sechenko`l 
buyurtmaxonasi" mavjud. 
Surxondaryo ekoturistik rayonida Ko`hitang tog’li hududda 1987 yilda tashkil 
etilgan, 53,7 ming ga maydonda 800 xil o`simlik va 290 ta xush hamda 20 dan ortiq 
hayvon turlarini muhofaza qilishga yo`naltirilgan "Surxon davlat qo`riqxonasi" 
mavjud. Surxondaryo rayoni Respublikamizning o`ziga xos rayonlaridan biri, bu 
erda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko`p 
oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin