112
10 - BOB. TURIZM INDUSTRIYASIDA RAQOBATBARDOSH OMILLAR
ASOSIDA BUYUK IPAK YO‘LI DAVLATLARINING GURUHLANISHI
10.1.Turizm industriyasida moyillik tushunchasi. Buyuk ipak yo‘li davlatlari
va loyiha. Metodologiya va natijalar. Guruh tahlili natijalari
Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham iqtisodiyotining
noishlab chiqarish sohalaridan biri xususan turizm sohasiga katta e’tibor kuchayib
bormoqda. Insonlar borgan sari o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga,
dam olishga, sog‘ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf odatlarini, qadriyatlarini
bilishga intilmoqda. Bundan tashqari, insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini
o‘zgartirib, yangi еrlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kеlib bunday intilishlar
kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. O‘tgan 2005 -
yilda dunyo aholisining har to‘rtinchisi sayohat qilgan. Ayrim mamlakatlarda turizm
sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o‘sish sur’ati 8-
10 % gacha boradi. Bu davlatlarga Ispaniya, Italiya,
Fransiya, AQSh va boshqa
mamlakatlarni kiritish mumkin. Shunisi qiziqki turizm rivojlanishi bilan bir qatorda
transport, bozor infratuzilmasi, savdo sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari,
qurilish,
hunarmandchilik hamda boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanib kеtadi.
Rеspublikamiz xalqaro turizmni rivojlantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega.
Bularga «Buyuk Ipak Yo‘li»ning shoh tomiri rеspublikamizdan o‘tganligi, butun
dunyoga mashhur tarixiy va madaniy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva,
113
Shaxrisabz, Qo‘qon, Toshkеnt va boshqa shaharlar, tabiiy va sog‘lomlashtirish
rеsurslariga boy mintaqalarimiz Chimyon, Shohimardon, Zomin, Boysun, Shеrobod
va boshqa shaharlar kiradi.
Hozirgi kunga kеlib O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun asos solindi
dеb hisoblasa bo‘ladi. Bunga dalil sifatida 1995 yil 2 iyundagi «Buyuk Ipak yo‘li»ni
qayta tiklashda O‘zbekiston Rеspublikasi ishtirokini avj oldirish va rеspublikada
xalqaro turizmni rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmonining Prеzidеntimiz tomonidan
qabul qilinishidir. Bu farmonga binoan turistik
korxonalar bir qator soliq
imtiyozlarga ega bo‘lishdi. Bu farmon «Buyuk Ipak yo‘li»da joylashgan tarixiy va
madaniy shaharlarda turistik yo‘nalishlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Ming
yillar davomida «Buyuk Ipak Yo‘li» Osiyo va Ovropa xalqlarini birlashtirishning
ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kеlgan. Xuddi shu yo‘l bo‘ylab tovarlar,
bilimlar, tеxnologiyalar, madaniyatlar almashuvi amalga oshirilgan,
natijada
shaharlarning, davlatlarning rivojlanishiga ko‘maklashib kеlgan. Hattoki, hozirgi
vaqtda bu yo‘l insoniyat uchun global ahamiyatga ega bo‘lganligini baholash qiyin.
Ammo, o‘zining faoliyatini tugatgandan kеyin ham unga qiziqish yo‘qolib kеtmadi.
Ayniqsa, transport va axborot aloqalarining, sanoat ishlab chiqarishning, tovar va
xizmatlarning
savdosini hamda, Osiyo va Ovropa mintaqalarining intеgratsiya
jarayonlariga faol qatnashuvi «Buyuk Ipak yo‘li»ning «ikkinchi nafasi»ni olganini
ko‘rish mumkin.
G’arb bilan Sharqni bir necha ming yillar davomida bir-biriga bog’lab kelgan
«Buyuk ipak yo’li» edi. Bu yo’l orqali Sharqdan (Xitoydan) G’arbga (Vizantiyaga)
oqib borgan savdo mollari, asosan, Xitoy ipagi bo’lsa-da, bu yo’l fanga atigi XIX
asrning
70
yillarida
«Ipak
yo’li»
nomi
bilan
kiritildi.
Ilk marotaba bu terminni 1877-yilda nemis olimi, geograf Ferdinand fon
Rixtgofen o’zining «Xitoy» deb nomlangan ilmiy asarida ishlatgan.Unga
qadar
«Ipak yo’li» «G’arbiy meridional yo’l» deb atab kelinardi.
«Buyuk Ipak yo’li» haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi 138
yilga to’g’ri keladi: Xitoy imperatori Vu Di topshirig’i bilan Markaziy Osiyoga
yuborilgan elchi va sayyoh Chjan Syan «Buyuk ipak yo’li»ni o’rganadi va bu
to’g’rida o’z tasnifini beradi. «Buyuk Ipak yo’li» tushunchasi o’sha paytda
juda
qimmatli
hisoblangan
mol
-
ikkita turli dunyo: G’arb va Sharqni bir-
biriga tanishtirgan ipak bilan bog’liq.
Markaziy
Osiyo hududida joylashgan
O’zbekiston,
Qozog’iston,
Turkmaniston,
Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari ham hozirgi
kunda jahon xo’jalik tarkibiga asta-sekinlik
bilan kirib bormoqda. Jahon xo’jalik tarkibiga
114
kirib borishda Markaziy Osiyo davlatlari uchun «Buyuk ipak yo’li»ning roli
benihoyat kattadir.
Dostları ilə paylaş: