O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

Davlat milliy parklari 
Rasmiy nomi, tashkil etilgan 
yili 
Joylashgan manzili 
maydoni 
km
2
 
1. 
Zomin xalq parki (1976) 
Jizzax, Zomin tum. 
241,1 
2.
Ugom-Chotqol tabiiy milliy 
parki (1990) 
Toshkent viloyati. Bo`stonliq, 
Parkent, Ohangaron tumani. 
5745,9 
Jami 
5987,0 
9.3-jadval 
Noyob yovvoyi etishtirish markazi. 
Rasmiy nomi, tashkil etilgan 
yili 
Joylashgan manzili 
maydoni 
km 
2
1. 
Jayron ekomarkazi 
Buxoro viloyati. 
51,4 
9.4-jadval 
Davlat tabiat yodgorliklari. 
Rasmiy nomi, tashkil etilgan 
yili 
Joylashgan manzili 
maydoni 
km 
2
 
1. 
Vardanze (1975-1983) 
Buxoro viloyati. 
3,0 


109 
2. 
Yozyovon (1991) 
Farg’ona va Namangan 
viloyati 
31,8 
Jami 
34,8 
Zakazniklar alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning 3-tipi 
hisoblanadi. Ularning qo`riqxonalardan farqi tabiat ob`ektlaridan va ularning 
resurslaridan xo`jalik maqsadlarida ma`lum mavsumlarda tabiatga zarar 
etkazmasdan foydalanishga ruxsat beriladi. Bir vaqtning o`zida tabiat ob`ektlarni va 
ularning bo`limlari, ayrim hayvon va o`simlik turalari muhofaza qilinadi. 
9.5-jadval 
Davlat zakazniklari 
Rasmiy nomi, tashkil etilgan yili 
Joylashgan manzili 
Maydoni km
2
1. 
Arnasoy (1983) 
Jizzax viloyati. 
663,0 
2. 
Qorako`l (1980) 
Buxoro viloyati. 
100,0 
3. 
Sayg’oq (1991) 
Qoraqalpog’iston resp. 
10000,0 
4. 
Sudochi (1991) 
Qoraqalpog’iston resp. 
5000,0 
5. 
Sarmish (1991) 
Navoiy viloyati 
25,2 
6. 
Qoraqir
Buxoro vilryati. 
300,0 
7. 
Qarnob cho`l
Samarqand viloyati. 
400,0 
8. 
Qo`shrabot 
Samarqand viloyati 
165,0 
9. 
Dengiz ko`l 
Buxoro viloyati. 
86,0 
9.3. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari 
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng xo`jalikning barcha 
tarmoqlarida tub islohotlar olib borilayotgan bir davrda turizmni rivojlantirishga 
ham davlat tomonidan katta ahamiyat berila boshlandi. Bu borada O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 aprelda "O`zbekiston Respublikasida 2006-
2010 yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish 
chora-tadbirlari to`g’risida"gi 325-sonli qarori imzolandi. Mazkur qarorni amalga 
tadbiq qilish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi "O`zbekiston 
Respublikasida ekologik turizmni rivojlantirish Kontseptsiyasi va uning yaqin 
kelajakdagi istiqbollari"ni ishlab chiqdi.
Ekologik turizmni rivojlantirish uchun respublikamizda juda katta 
imkoniyatlar mavjud. O`zbekiston 38 mln. gektardan ortiq bo`lgan ovchilik - 
baliqchilik er maydonlariga ega, ulardan 1,0 mln. gektarini suv fondi ko`llar, 
daryolar, suv omborlari tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o`txo`r 
hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 baliq turlariga 


110 
ega. Ulardan O`zbekiston Respublikasi qizil kitobiga o`txo`r hayvonlarning 24 turi, 
qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 
turdagi umurtqasizlar kiritilgan .
O`zbekiston 
Respublikasi 
Fanlar 
Akademiyasi 
Botanika 
instituti 
ma`lumotlariga qaraganda, O`zbekistonda hozirgi kunda 4100 dan ortiq o`simlik 
turlari mavjud. Ulardan 3000 dan ortiq turlari oliy yovvoyi o`suvchi o`simliklar, 
ulardan 9 % endemiklardir. 
O`zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar 
tarkibida 2164 km2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qo`riqxonasi, 6061 km 
maydonni tashkil etgan 2 ta milliy bog’ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni 
ko`paytirish Respublika markazi (Jayron "Ekomarkazi"), 12186 km2 maydonni 
tashkil etgan 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud . Muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarning umumiy maydoni 20520 kv.km, yoki O`zbekiston hududining 5,2 % 
tashkil etadi . 
Mavsumiylik - turistik o?imlarning unchalik katta bo`lmagan vaqt oralig’ida 
ma`lum joylarda to`planish xususiyati. 
Iqtisodiy nuqtai nazardan mavsumiylik bir xildagi iqlimiy va ijtimoiy omillar 
ta`siri ostida turistik xizmatlar va tovarlarga turistik bozordagi talab va taklifning 
har yili tebranib turishidir. Mavsum - turistlar oqiminig eng ko`paygan vaqtidir.
Ikki mavsum mavjud bo`lganda (yozgi va qishki) ular orasida mavsumlararo 
vaqt bo`ladi. Turistlar oqimining eng ko`paygan vaqti "qizg’in mavsum", ular 
deyarli bo`lmagan vaqt "o`lik mavsum" deyiladi.
O`zbekiston turizmi katta imkoniyatlarga ega bo`lishiga qaramay, murakkab 
o`tish jarayonida bir qator muammolarga duch kelmoqda. 2008 yilda boshlangan 
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xalqaro turizm bozoriga ham o`z ta`sirini 
ko`rsatmoqda. Jahon turizmi katta yo`qotishlar qilishi mutaxassislar tomonidan 
bashorat qilinmoqda. Respublikamiz rahbariyati qo`llayotgan tezkor choralar 
natijasida 
bu 
jarayonning 
iqtisodiyotimizga 
ta`siri 
sezilarli 
darajada 
himoyalanmoqda. Natijada mamlakatimiz turizm industriyasi sezilarli darajada 
o`sishga erishmoqda. Respublikamizda turistlarni qabul qilish va ularga 
ko`rsatilayotgan xizmatlarni tahlil qiladigan bo`lsak, Toshkent shahri (2006 y. 249,1 
ming, 2007 y. 266,3 ming, 2008 y 282,3 ming), Samarqand (2006 y. 78 ming, 2007 
y. 82,7 ming, 2008 y 87,7 ming), Buxoro (2006 y. 62 ming, 2007 y. 65,7 ming, 
2008 y. 70 ming) va Xorazmni (2006 y. 42 ming, 2007 y. 44,5 ming, 2008 y. 47,2 
ming) alohida ta`kidlash kerak.
Turizm sohasini rivojlantirish ko`plab omillarga bog’liq. Masalan, 
makroiqtisodiy muhit (soliqlar, rag’batlar, kreditlash, investitsiyalar, moliyalash); 
siyosiy muhit (qonunlar va me`yoriy hujjatlar, nazorat organlari va tekshiruvlar, 
hududlar va tarmoqlarni rejalashtirish, turli shaxslar va hududlarning manfaatlari); 


111 
ijtimoiy-madaniy muhit (mamlakat va hududda qabul qilingan an`analar, turmush 
tarzi, madaniyat, din, dunyoqarash, mentalitet, tarix, san`at); texnologik muhit 
(texnologiyalar, 
texnika, 
jihozlar, 
transport, 
joylashtirish, 
energetika, 
kommunikatsiya); ekologik muhit (insonning biologik muhitga ta`sirini, suv va er 
resurslarining muhofazasiga, atmosferaning ifloslanishiga ta`sirini hisobga olish). 
Ekologik omil boshqa omillar bilan bir qatorda turizm sohasining muhim omillari 
jumlasiga kiradi (1-shartli chizmaga qarang). 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin