Lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi ikkinchi bosqich magis
2022- yil 18- fevral : Ushbu kunni dars jarayonining bevosita ustuni hisoblanmish O’UM larni o’rganishga, aniqrog’i, ulardagi yangiliklar, o’zgarishlarni tahlil qilishga bag’ishladim.
Hozirgi vaqtda rejalashtirilgan o'quv natijalariga erishish uchun qo’yilgan talablar zamonaviy o'qituvchi va uslubiy majmuaning sifatiga bog’liq bo’lib qoldi. Ushbu jihat chet tilini o'qitishda yanada muhimroq sanaladi, chunki mavzuning o'ziga xosligi nafaqat auditoriya mashg'ulotlarida, balki lozim bo’lgan paytda til muhitini yarata olishni belgilaydi.
Bizga ma’lumki, hozirgi kunda har bir fan bo'yicha o'quv-uslubiy majmua ishlab chiqiladi. O'quv-uslubiy majmua – bu yagona metodologiya bo'yicha o'rganiladigan fanning mazmuni va uning xususiyatlariga ko'ra o'qitishni tashkil etish bilan bog'liq bo'lgan ta’lim mazmunini va o'zlashtirish jarayonini amalga oshirishda qatnashuvchi barcha vositalarni o'z ichiga oluvchi pedagogik hujjatdir. O'quv-uslubiy majmuaning tarkibi quyidagilarni amalga oshirishga qaratilgan:
- ta’limning maqsadi (o'qitishdan maqsad nima? nima uchun o'qitamiz?);
- ta’limning mazmuni (nimani o'qitamiz? nimani o'rgatamiz?);
- ta’lim metodlari (qanday qilib o'qitamiz?);
- ta’lim vositalari (nimalar orqali, qanday vositalar orqali o'qitamiz?).
O'quv-uslubiy majmuaning komponentlari vazifalarni eng ma’qul tarzda, ya’ni eng optimal variantini aniqlashni tanlash bilan uzviy bog'liq. O'quv-uslubiy majmuaning tuzilishiga bog'liq ravishda uning komponentlari, vazifalari ham o'zgarib boradi. Hozirgi paytda o'quv-uslubiy majmua tarkibi quyidagilardan iborat:
Titul varag’i va uning ikkinchi beti
Mundarija
O’quv materiallari
Mustaqil ta’lim
Glossariy
Ilovalar
O’UM ning me’yoriy hujjatlar (... fan dasturi, ishchi dastur, taqvimiy reja), fanning mazmunini belgilovchi (... elektron, amaliy, seminar, mustaqil ishlar bo’yicha qo’llanmalar), metodik (o’qituvchi va talabaga mo’ljallangan) va baholash (joriy, oraliq, yakuniy bo’yicha savolnomalar, kurs ishi mavzulari, test savollari) komponentlari bor.
Fanning xususiyatlari va qo'yilgan maqsaddan, mutaxassislarni tayyorlashda fanning tutgan o'rnidan kelib chiqqan holda mazkur ro'yxat qisqarishi yoki qo'shimchalar qo'shilishi mumkin.
Amaliyotning bugungi kuni ham unumli bo’ldi.