O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 92,26 Kb.
səhifə8/27
tarix13.02.2023
ölçüsü92,26 Kb.
#84068
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi ikkinchi bosqich magis

2022- yil 2-mart
Bu kun talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beruvchi metodlar, ularning o’zlashtirish va qabul qilish qobiliyatlarini o’stiradigan, mustaqil ishlashlariga imkon yaratuvchi usullarga qiziqdim va internet saytlariga murojaat qildim. O’z ustimda ishlab, amaliyot hujjartlari bilan shug’ullandim.
Amaliyot hujjatlarini to’ldirish bilan band bo’ldim: turli-tuman hujjatlar mavjud va men ularni o’rganib tayyorlashda davom etdim.
2022- yil 3-mart
Bugun olib boriladigan “O’qish va yozish amaliyoti” fanining namunaviy fan dasturi, o’quv-uslubiy majmuasi va ishchi dasturini o’rganishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim. O’qituvchidan o’zimga kerakli hujjatlarni oldim. Mavzular bir-biridan anchagina farq qiladi. Bu mavzularni o’zlashtirish uchun talabadan keng dunyoqarash ham talab etiladi, chunki mavzular bugungi hayotimizning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan va atroflicha mulohazalar yuritishga chorlaydigan darajada. Va o’z navbatida o’qituvchidan ham yuqari darajadagi eruditsiyani talab qiladi.
Shu uchala hujjatni o’rganish va o’zimga kerakli qaydlarni qilib olish bilan bugungi kunimni yakunladim.
2022- yil 4-mart
Bugun dastlab ishni o’qituvchi N.Nurillayeva bilan 11-1 fra 21 guruhida “Axborot va murabbiylik soati” ni olib borishdan boshladik. Taqdim etilgan mavzular, yangiliklar borasida maroqli suhbatlar bo’ldi.
So’ngra, o’qituvchilarimiz ya’ni kursdosh magistrantlarning darslariga tahlil uchun kirdik.
Tahlildan chiqqach, yana 11-1 fra-21 guruhiga bordim. Maqsuda Jo’rayeva bilan dars mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’rdik. Talabalarning o’zlari qiziqtirgan savollariga javob berdik.
Shu bilan bugungi amaliyot ham tugadi.
2022- yil 5-mart
Bugun, amaliyotchi magistrlar, Berdiyeva Zulfiya,Nasimova Fotima, va men, pedagogik texnologiyalar borasida izlandik.
Pedagogik texnologiyalar darslarning samarali bo’lishini ta’minlaydigan usullar bo’lib, ular o’zlarining muayyan tizimiga egadir. Ular jo’n bo’lishiga qaramay, ularni qo’llaganda ta’limdan kutilgan natijalarga erishiladi, vaqt tejaladi. Bu ta’lim jarayoniga yangicha yondashish, ijodkorlikdir…
Shu kabi mulohazalar bilan qo’limizdagi hujjatlarni yana bir bor tartibga soldik, dars tahlillarini ko’zdan chiqardik. Kamchiliklar borasida izlandik va pedagogik amaliyotimizning 3-haftasini ham yakunladik.



Yüklə 92,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin