4-hafta 2022- yil 7-mart Navbatdagi hafta ham boshlandi.
Bugun dastlab 11-1 fra 21 guruhiga bordim. Talabalarning hali hammasi ham kelib ulgurishmagan ekan. Kelganlari ham nazoratlarni topshirishga tayyorgarlik ko’rish bilan mashg’ul. Ularga omad tiladim va o’qituvchi M.Jo’rayevaning “O’qish va yozish amaliyoti” fanidan (11-2 fra 21guruhi bilan birgalikda va undan so’ng f.f.f.d N.B.Kuldashevaning “CHTUIK” (IV-bosqich talabalar, mavzu – “Les progrès scientifiques et techniques”) fanlarini kuzatishga kirdim. Darslar tahlillari bor.
Shu ishlar bilan bugungi kunimga yakun yasadim.
2022- yil 9-mart Bugun kafedra dotsenti R.R.Bobokalonov biz, amaliyotchi talabalarga, ta’limning maqsadlari borasida yana bir bor tushuncha berdilar.
Suhbatimizda shuningdek, o’qituvchi faoliyatida ta’lim mazmunini egallashning ahamiyati, kerakli malaka va ko’nikmalarning zarurligi xususida ham so’z bordi.
Shuningdek. Amaliyot rahbarim ham o’zlarining zarur ko’maklarini ayamasdan dars mashg’ulotlarini tashkil etish yuzasidan zarur tavsiya va ko’rsatmalarini berdilar.
Yana bir bor amaliyot hujjatlarini ko’zdan kechirdik.
2022- yil 10-mart Bugun ilmiy va pedagogik amaliyot rahbarim f.f.f.d N.B.Kuldasheva o’tishim kutilayotgan dars yuzasidan ko’rsatmalar berib, jumladan, shunday dedilar :
– Darsni audiovizual vositalar, ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda o’ting. Magistrlar bilan jonli muloqotga kirishish ularning bilish sohasidagi faolligini oshiradi…
Rahbarim bilan bo’lgan suhbatdan so’ng metod o’rganish maqsadida o’qituvchi kursdoshlarimning darslarini kuzatgani tahlilga kirdim.
2022- yil 11-mart Bugun ham o’z vaqtida kafedraga keldim. Kafedra o’qituvchilari bilan qishki jarayonning borishi to’g’risida suhbatlashdim.
Keyin o’zim biriktirilgan guruhga bordim. Talabalar ba’zi fransuzcha iboralarning tarjimalarini so’rashdi, aytdim, yana qo’shimcha tarzda ba’zi izohlarni ham berib o’tdim. Mamnun bo’lishdi.
Guruh tyutori bilan birgalikda “Axborot va murabbiylik soati”ni olib borishda ko’maklashdim va o’zim uchun tajriba orttirdim.
Navbatdagi juftlikda kursdosh magistrantlarimizning darslarini kuzatishga kirdim.