O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Ralli- Parij shahridan Afrika sahrolari orqali avtomobillarda,  mototsikllarda Dakar shahrigacha bo„lgan sport birinchiligi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/21
tarix20.04.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#101017
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi b

16.Ralli- Parij shahridan Afrika sahrolari orqali avtomobillarda
mototsikllarda Dakar shahrigacha bo„lgan sport birinchiligi. 
 
17.Zaharli ilonlar, chayonlar orasida o„tirish, ilon  o„ynatish. 
Ekzotika (g„alati, ajib) turizmi. Keyingi yillarda o„zining ajibligi bilan 
taajublanarli turlar paydo bo„la boshladi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritsa 
bo„ladi: «Manos trevel» nomli grek turfirmasi Oyga sayohatni rejalashtiradi. 
Rossiya kosmodromidan xorijiy biznesmenlarni kosmosga qiladigan sayohatlari, 
bu albatta turistlar tamonidan juda katta xarajatlar qilishni taqoza etadi. Bunda 
ushbu turistlar muallaq, muvozanatsiz holatiga tushadi va kosmosni ko„rish 
sharafiga muyassar bo„ladi. Parvozga yoziluvchilar hozirdan boshlangan, birinchi 
turistlar 5 ming dollardan kafolat summasini o„tkazib joylarni bron qildilar.
«APSARA» nomli fransuz firmasi Antarktida va Arktikadagi muzliklarga
sayohatlarni tashkil etdi. Antarktidaga birinchi kruiz 1989 yilda tashkil etilgan. 
Sayohat o„z tarkibiga mazkur ekzotik joylarda nafaqatgina yashashni balki, u yerda 


34 
turistlar mahalliy aholi, tyulenlar, morjlar va pingvinlar hayotini kuzatish 
imkoniyatiga ega bo„ladilar.
Suv osti dunyosi bilan tanishuvchilar keyingi vaqtlarda ancha ko„paymoqda. Bu 
yo„nalishda eng istiqbolli loyiha bu musaffo suv osti qayig„ida sayohat 
hisoblanadi. Uning marshrutlaridan biri «Titanik» kemasi cho„kib ketgan joyda 
rejalashtirilmoqda. 
MICE (qisqartirilgan)- uchrashuvlar, taqdirlanadigan korporativ marosimlar, 
konferensiyalar va ko‟rgazmalar (Meetings, Incentives, Conferences and 
Exhibitions)ning ishbilarmonlik turizmni asosiy yo‟nalishlari bosh harflar bilan 
ko‟rsatilgan. Bu turdagi sayyohlik dunyoda mashhur bo`lib, juda qulaydir. 
Odatda, bunday konferеntsiya ishtirokchilari xarajatlarini uni yuborgan tashkilot 
yoki firma to`laydi. Shuning uchun AQSh, Shvеytsariya va Finlyandiyada bu 
turdagi sayohat davlat turizm dasturi asosini tashkil etadi. Katta mеhmonxonalarda 
barcha zarur narsalar bilan ta'minlangan katta va kichik kongrеss - hollar, majlis 
zallari, biznеs markazlar, bankеt zallar, transport xizmati va shu kabi 
konferеnsiyalar, uchrashuvlar, taqdirlanadigan korporativ marosimlar va 
ko‟rgazmalar o‟tkazish uchun kerakli xizmat turlari va binolar qurilgan. 
Butun jahon ish yuzasidan sayohatlar va turizm kengashi (World Travel and 
Tourism Council, WTTC) ning baholashi bo‟yicha, 2010 yilda ishbilarmonlik 
turizmi dunyo bo‟yicha 819 mlrd $ tashkil etdi. Bu ko‟rsatgich o‟tgan yilga 
nisbatan 1,8 % ga kam. 2020 yilda esa bu ko‟rsatgich 1,589 trln $, har yili 4,3 % 
ga o‟sishini WTTC tomonidan bashorat qilinmoqda.
Har bir yirik Yevropa mamlakatida ishbilarmomlik turizmi va korporotiv 
marosimlar bilan shug‟ullanadigan kompaniyalar ko‟p bo‟lsa ham so‟zsiz tan 
olingan liderlar Yevropa, Osiyo va Amerikada atigi beshtadir. “Yirik beshlik” ka 
quyidagilar kiradi: American Express, Carlson Wagonlit Travel, Kuoni Group
Hogg Robinson Group va BCD Holdings. Bu esa komponiyalar ko‟p milliardli 
aylanmani, global filial tizimini, geografik faoliyatini, bir qancha o‟nlab 
mamlakatlar va faylasuflik biznesini o‟zida qamrab olishini tavsiflaydi.


35 
2011-yil yakunlari hisobiga ko‟ra, Butun Jahon Statistikasi MICE yo‟nalishi 
(shahar va davlatlar)da ICCA ma‟lumoti bo‟yicha marosimlar o‟tkazgan o‟nlik 
liderlar ro‟yxati. 
3-jadval 
O‟nlik shaharlar
O‟nlik davlatlar 
Shaharlar nomi 
Marosimlar soni 
Davlatlar nomi 
Marosimlar soni 
Vena 
181 
AQSH 
759 
Parij 
174 
Germaniya 
577 
Barselona 
150 
Ispaniya 
463 
Berlin 
147 
Buyuk Britaniya 
434 
Singapur 
142 
Fransiya 
428 
Madrid 
130 
Italiya 
363 
London 
115 
Braziliya 
304 
Amsterdam 
114 
Xitoy 
302 
Istambul 
113 
Niderlandiya 
291 
Pekin 
111 
Avstraliya 
262 
Manba:
http://www.mice.ru/

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin