147
xil etnik sostavi bilan izohlanadi.
O`zbek milliy tilining uchta katga ichki manbai - uchta dialektlar gruppasi
bor. Bular: 1) qorluq-chigil-uyg`ur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) o`g`uz lahjasi.
Bularning har biri o`z navbatida bir qancha dialekt va shevalarga bo`linadi.
O`zbek tilining dialekt va shevalari uzoq o`tmishda o`zbek xalqining tarixiy
sharoiti bilan bog`liq ravishda o`zaro umumiylik kasb etib, yagona o`zbek umumiy
xalq tili bo`lib, birika borgan va uning ajralmas qismiga
hamda kuyi formasiga
aylanib qolgan. Lekin o`zbek tilining lahjalari va ayrim shevalari orasidagi ko`pgana
farqlar hozirgi vaqtgacha ham saqlanib kelmoqda. Masalan, o`zbek tilining qipchoq
shevalarida singarmonizm xususiyatining to`liq saqlanib qolganligi, 9 ta unli
fonemaning mavjudligi, so`z boshida ko`pincha
y tovushi o`rnida
j tovushining
qo`llanishi,
f tovushining deyarli qo`llanmasligi,
x tovushining ko`pchilik shevalarda
q
tarzida qo`llanishi, so`z o`rtasi va oxirida
g` tovushining ko`pincha
v tovushiga
o`tishi, ba`zi hollarda so`z oxirida
g`, q, k tovushlarining tushib qolishi, ba`zan esa
o
tovushining
a sifatida aytilishi (
jay, chay, chach kabi), ba`zan
l tovushining so`z
o`rtasida tushib qolishi (
bo`sa, kesa, osa) boshqa hollarda
o yoki
a tovushining
i
tovushi bilan almashinishi (masalan:
qani >qana, bordimi>bordima kabi) morfologik
jihatdan qaraganda oltita kelishik qo`shimchasining to`liq saqlanganligi ikki shaxs
o`tgan zamon fe`lida oddiy va hurmat formalarining to`liq saqlanib qolganligi o`tgan
zamon fe’lining uchinchi shaxs ko`plik formasi (o`qiydilar)ning deyarli
ishlatilmasligi; leksik tomondan qaraganda qipchoq shevalarida:
checha (yanga),
bo`la (xolavachcha),
jelak (Xotin-qizlarning boshiga yopinadigan buyumi) singari
ko`plab o`ziga xos qadimiy so`z va terminlarning saqlanib
qolganligi yuqorida
aytilgan fikrlarni tasdiklaydi.
O`zbek adabiy tilining lahjalari orasida, odatda, qorluq-chigil lahjasi hamda
unga qarashli bo`lgan ayrim sheva va dialektlar o`zbek adabiy tilining tayanch
sheva va dialektlari hisoblanadi. Bunda ularning talaffuz normalarini belgilashdagi
roli, ko`pgina terminlarning ularda ilgaridan shakllanganligi, bu sheva vakillarining
ko`p jihatdan milliy madaniyat va leksik an`analarimizni boshqarishda o`zlariga xos
148
xizmatlari borligi asosga olingan. Ba`zi olimlar o`zbek adabiy tilining normalarini
belgilashda Toshkent
shevasini fonetik jihatdan, Andijon, Farg`ona shevalarini esa
morfologik jihatdan tayanch sheva hisoblaydilar.
Toshkent shevasi poytaxt shahar shevasi sifatida leksik tomondan ham
o`zining ko`pgina elementlarini adabiy tilga kiritgan va kiritmoqda. Lekin aslida
A.K.Borovkov qayd etib o`tganidek, o`zbek tilining birorta shevasini ham adabiy
tilga hamma jihatdan asos bo`lgan deb aytib bo`lmaydi. CHunki o`zbek tilining
hamma dialekt va shevalarini adabiy til taraqkiyotiga ma`lum bir hissa qo`shgan,
ikkinchi
tomondan, ularning har birida juda ko`p o`ziga xos xususiyatlar mavjud.
Masalan, Andijon, Farg`ona shevalari o`zbek adabiy tiliga eng ko`p tarqalgan
grammatik formalaridan birini - hozirgi zamon fe`lining
-yap affiksi vositasida
yasaluvchi formasini bergan. Bundan tashqari, Andijon va Farg`ona shevalari o`zbek
adabiy tilining asosiy talaffuz bazasi sifatida ham xizmat qiladi. Bu shevalarning
adabiy tilimizga o`zlarining fonetik xususiyatlari bilan ham maksimal darajada
yaqinlashuvi shu bilan izohlanadi. Bu shevalar o`zbek adabiy tiliga o`zlarining
leksik boyligi, stilistik imkoniyatlari hamda boshqa til vositalari bilan ham hissa
qo`shgan.
SHunisi xarakterliki, bir qarashda o`zbek adabiy tilidan birmuncha uzoqroq
turgandek ko`ringan qipchoq shevalari xam o`zbek adabiy tiliga juda ko`p
leksik
boyligi, stilistik imkoniyatlari hamda boshqa grammatik vositalari bilan hissa
qo`shgan. Masalan, o`zbek adabiy tilidagi qaratqich kelishigining to`liq formasi
qipchoq shevalaridai qabul qilingan. Adabiy tilimizdagi hozirgi zamon fe`lining
-yotir
affiksi vositasida yasaluvchi formasi ham qipchoq va o`g`uz dialektlariga xos formadir
va hokazo.
Dostları ilə paylaş: