O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


HAMZA HAQIMZODA NIYOZIY ASARLARI TILI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
O`zbekiston respublikasi

HAMZA HAQIMZODA NIYOZIY ASARLARI TILI 
O`zbek madaniyatining atoqli arbobi Hamza Haqimzoda Niyoziy chuqur 
ijtimoiy mazmun bilan sug`orilgan asarlar yaratib, XX asrning 30-yillarigacha bo`lgan 
adabiyotni yangi obrazlar, yangi mavzu va shakllar bilan boyitdi. U adabiyot, san`at, 
xalq maorifi hamda shu davrdagi o`zbek adabiy tilini rivojlantirish yo`lida talay ishlar 


149 
qildi. Hamza o`z ijodiy faoliyati davomida o`zbek adabiy tilini jonli xalq so`zlashuv 
tiliga yaqinlashtirishga intildi, uning ko`pchilikka tushunarli bo`lishini ta`minlash 
uchun kurashdi. Lekin uning bu harakatini ayrim kimsalar adabiyotdan xabarsizlik 
deb bo`xton qildilar. Bunga qarshi Hamza «Qizil gup» to`plamiga yozgan so`z 
boshida shunday deydi: «... adabiyot ilmidan butun deyarli xabarsiz kishi ekanmi?» 
deyuvchi zotlarga qarshi biz, bu adabiyotdan xabarsizlik emas, qora elimizning 
tushunuvina o`ng`ay bo`lsin uchun bo`lsa kerak, deymiz... biz o`zbek tiliga 
yaqinlashtirmoqqa kirishdik». 
SHoir 1916-1917 yillarda nashr qilingan «Oq gul», «Qizil gul», «YAshil 
gul», «Pushti gul», «Safsar gul», «Sariq gul» to`plamlarida shunga amal qilgani holda, 
xalq qo`shiqlari vazni va kuylarida ajoyib xalqchil she`r namunalarini yaratgan.
Suvlar ketar, tosh qolur,
Kulfat ketar, yosh qolur.
Bobolardan bir so`z bor,
O`sma ketar qosh qolur.
YOki; 
Yigit degan er bo`lur,
Mehnat ko`rsa sher bo`lur
singari sodda va ixcham misralar xalq maqollari ta`sirida yozilgan. 
SHoirning til va uslub sohasidagi novatorligi shundan iboratki, u o`sha 
davrda o`zbek xalqi orasida qo`llana boshlagan «ishchi», «mehnatchi», «xizmatchi», 
ishchi-dehqon», «yangi turmush», «kontrlik» va boshqa ko`pgina yangi so`z, so`z 
shakllari va iboralarni she`riyatga olib kirdi va ulardan keng foydalandi. SHuningdek, 
o`zbek tili lug`atida bor so`zlarning ayrimlarini yangi ma`noda ishlatdi, xalq iboralari, 
maqollar, hikmatli so`zlardan ijodiy foydalangani holda, ulardan zamon ruhini ifodaladi 
va nihoyat, o`zi ham yangi so`zlar yaratdi. 
Hamza adabiyotining asosiy vositasi bo`lgan til soddaligiga ahamiyat berib, 


150 
o`zining barcha janrlarda yaratgan asarlarida bunga amal qildi va katta 
muvaffaqiyatlarga erishdi. 
SHoir she`riyatining leksikasida asosan o`zbekcha (turkcha) so`zlar, 
tojikcha, arabcha, tatarcha, o`g`uz tillari (shevalari)ga xos unsurlar va dialektizmlar 
ishlatilganini ko`ramiz. Lekin tojikcha, arabcha so`z va so`z shakllari Hamza 
she`rlarida zamondosh shoirlarga qaraganda ozroq ishlatilgan. Buning sababi, 
Hamzaning o`z ta`biri bilan aytganda, asarlari tilini o`zbek avom tiliga yaqinlashtirish, 
soddalashtirishga intilishdir. 
Uning asarlarida ba`zan arabcha va tojikcha so`zlarni o`zbekcha (turkiy) 
so`z va qo`shimchalar bilan almashtirib ishlatish hollarini ko`ramiz: hamroh o`rnida 
yo`ldosh, beozor o`rnida oeorsiz, josus o`rnida yashurun, zo`r o`rnida kuch kabi. 
Tatar va o`g`uz tillari (shevalari)ga xos so`z va so`z shakllari shoirning 
yangi shakl, vaznda she`rlar yaratish yo`lida an`analarga boy tatar va ozarbayjon 
adabiyoti bilan tanishi, o`rganishi hamda ularga ergashishi jarayonida paydo bo`lgan. 
Masalan, o`g`uzcha: yolon-yolg`on, sevdigi-sevgilisi, o`lursa-o`ldi, o`lib, kuymisham, 
afandilarimiza, nokasa-nokasga, ban-men, istamish, kelmish, suzmoqa-suzmokqa, 
qolmoqa-qolmoqqa, bilmam-bilmayman; tatarcha: o qirin (akirin)-sekin, shulay, ulay, 
bulay, ani, qil-kel, tug`an, qart; turam, ko`ram, qo`rqdm, sanami, suya ko`r, bilalar, 
yozarg`a, zo`r (zo`r kitob) va boshqalar uchraydi. 
Uning asarlarida anchagina ruscha so`zlar va butil orqali o`zlashgan 
ruscha-baynalmilal so`zlar uchraydi. Bu so`zlarning ko`pchiligi rus tilidagi shaklida
ayrimlari fonetik jihatdan o`zgargan holda ishlatilgan: stantsiya, poezd, vagon, belat, 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin