O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə14/14
tarix04.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#107453
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b

II bob yuzasidan xulosalar


Xalq qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyani yo‘lga qo‘yishda ulardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish, folklor qo‘shiqlarining tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega namunalaridan o‘rinli foydalanish va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan repertuar yaratish orqali ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligini asoslash borasidagi umumiy xulosalar quyidagicha bo‘ldi:
1. Xalqimizning badiiy-musiqiy merosida tarbiyaviy ta’sirchan, yuksak san’at namunasi bo‘lgan qo‘shiqlar serob. Ular ko‘p asrlardan beri, yillar sinovidan o‘tib, turli avlod vakillariga xizmat qilib kelyapti. SHunday bo‘lsa-da ulardan o‘z o‘rnida foydalanish lozim.
2 Xalq qo‘shiqlarini tanlashda ma’lum me’yorga amal qilish. Bunda qatnashchilarni musiqiy tayyorgarliklari, ijrochilik imkoniyatlarini hisobga olish lozim.
3. Xalq qo‘shiqlarini tanlashda ularning turlarini e’tiborda tutish, ularni ijro uslubi, yo‘li, an’analari, kompozitsion qurilishi va nazariy xususiyatlarini e’tiborda tutish.
4. Qo‘shiqchilik san’ati borasida respublikamizning mahalliy ijrochilik uslublariga tegishli nazariy va amaliy ma’lumotlarni unutmaslik.
5. Tarixiy, mumtoz, maqom qo‘shiqlari bilan bir qatorda xalq musiqasiga asoslanib yaratilgan zamonaviy bastakorlarning kuy-qo‘shiqlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 6. Repertuar tanlashda mahalliy xalq ijodi namunalariga munosib o‘rin ajratish, ularni ijro etish paytidagi bajariladigan harakatlarni nazarda tutish.
7. Xalq qo‘shiqlarini eng yaxshi namunalarini tinglash bilan ular haqida suhbatlar, savol-javoblar, munozaralar, taniqli xonanda va xalq hofizlari, badiiy jamoalar bilan uchrashuvlar, turkumli ma’ruzalar, suhbatlar o‘tkazish orqali qatnashchilar va tinglovchilar qalbida nafosatga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish mumkin.
8. Avlodlarning, ilg‘or g‘oyalar va an’analarning vorisligi jamiyatimizning rivojlanishi va takomillashuvining samarali omillaridan biridir. Hozirgi vaqtda pedagogika fanining asosiy vazifalari sifatida belgilangan tarbiyaga yaxlit yondashish-shaxsni har tomonlama kamol tolptirishni taqozo etadi..


XULOSA
Tadqiqot ishini bajarish davomida umumta’lim maktablarining 5-7 sinf o‘quvchilarida xalq qo‘shiqlarini o’rgatish musiqa ta’limi va tarbiyani mavjud ahvolini o’rganish, muammolarni aniqlash, ularni ijobiy hal etish yuzasidan olib borilgan izlanishlar xususan, o’quvchi-yoshlarni xalqimizning milliy musiqiy merosi vositasida tarbiyaash bo’yicha erishilgan natijalar quydagicha xulosalar chiqarish imkonini berdi.
1. O’zbek xalqining milliy musiqiy an’analari, uning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti, maishiy turmush tarzi, etnografik, ruhiy, jamoaviy xususiyatlarini o’zida mujassam etgan bo’lib, asrlar osha an’anaviylik shaklida rivojlanib, shakllanib kelgandir. Shuning uchun bu ulkan ma’naviy boylikdan yoshlar tarbiyasida foydalanishning keng imkoniyatlari mavjud;
2. Xalqning musiqiy ijrochilik an’analari o’zida xalq pedagogikasining eng ilg’or, insonparvar g’oyalari orqali yoshlarda milliy ong, milliy tafakkurni shakllantirish kuchiga ega ekanligi tadqiqot davomida tasdiqlandi;
3. Milliy musiqiy an’analar vositasida estetik tarbiya jarayonini maxsus pedagogik yondoshuvlar, qiziqarli va mazmunli ish shakl va usullaridan, texnik vositalardan unumli foydalangan holda tashkil etish uning samaradorligini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi;
4. Pedagogik tajribalar jarayonida shu narsaga ishonch hosil qildikki, umumta’lim maktablarida xalq milliy musiqiy janrlari, an’analari vositasida estetik tarbiyani amalga oshirishning o’ziga xos pedagogik asoslari, metodologiyasi ishlab chiqilmagan. O’quv-uslubiy manbalar, maxsus yozuvlar bilan ta’minlanmaganligi ham bu borada kutilgan natijalarga erishish imkonini bermaydi.
Shunga ko’ra milliy musiqiy an’analar vositasida o’quvchi-yoshlarni estetik madaniyatini shakllantirish jarayonini samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladigan quyidagi tavsiyalarni ilgari surmoqchimiz:
1. Milliy musiqiy an’analar va ularda ilgari surilgan g’oyalardan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy, estetik tarbiyalashga ahamiyatni kuchaytirish;
2. Musiqa o’qituvchilari tayyorlashga yo’naltirilgan ta’lim muassasalari mutaxassislik fanlari dasturiga milliy musiqiy merosimiz va uni o’rganishning nazariy-amaliy masalalari bo’yicha mavzularga kengroq o’rin ajratilishiga erishish; 3. Musiqa darslari, sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatda o’quvchilarni musiqiy merosga qiziqishlarini, bevosita shug’ullanish imkoniyatlarini yaratish;
4. O’quvchi-yoshlar o’rtasida milliy musiqiy an’analarni targ’ib etishning ahamiyatga molik shakl va yo’llari yoritilgan o’quv-uslubiy manbalarni yaratish;
5. Xalq musiqa ijodiyoti bo’yicha turli mavzu va janrlar bo’yicha ko’riktanlovlar, festivallarni doimiy raivshda tashkil etib borish;
6. Ommaviy axborot vositalari, radio va televideniyeda xalq musiqa ijodiyoti, uning janrlari, ijrochilik an’analari, uslublariga bag’ishlangan maxsus turkumli eshittiruvlarni yo’lga qo’yish lozim.
Shunday bo’lganda musiqiy ta’lim mazmuni, uning milliy negizi yanada mustahkam bo’ladi. Bugungi kunda Milliy estrada musiqasini ravnaq topishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo’lib, uni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bois, har bir ijodkordan samarali ijod qilishni, xalqimizga manzur bo’ladigan qo’shiqlar va kuylar yaratishlikni talab etadi. Sanhatsevar xalqimiz o’zining haqiqiy ijodkori, fidoyi sanhatkorlarini hamisha ardoqlab kelgan. Zero, hozirgi zamon o’zbek estrada sanhati fidoyi, iqtidorli yosh sanhatkorlarga boy va xalqimiz ishonchini oqlashdek salohiyatga ega.
Umuman olganda, milliy istiqlol tufayli musiqa madaniyatimizning barchajabhalari shahdam qadamlar bilan yuksalish sari intilmoqda.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin