O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/14
tarix04.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#107453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b

XULOSA.....................................................................................................




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………




KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. YAngilanayotgan O‘zbekistonimizda hozirgi kunda musiqa san’ati vositasida kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lmish o‘quvchilarni ma’naviy etuk, aqliy barkamol, jismonan sog‘lom, milliy madaniyat qadriyatlarga ongli munosabatda bo‘ladigan insonlar qilib tarbiyalash –Vatanimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, insonni bolalikdan musiqaga qiziqtirish ,musiqiy idrok ,tasavvurini o‘stirib borish har bir jamiyat uchun nihoyatda zarur bo‘lgan holatdir. SHu jarayonda musiqa insonga insonligini eslatib ,uning qalbida kelajakka umid va ishonch uyg‘otadi.
Bu haqda Prezidentimiz SH. M. Mirziyoev quyidagilarni ta’kidlaydilar: “Musiqa san’ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga etkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. San’at bilan oshno bo‘lgan yoshlarning hayotga munosabati ,milliy urf odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo‘ladi. SHu ma’noda musiqa hech narsa bilan o‘lchab solishtirib bo‘lmaydigan ilohiy tasir kuchiga ega desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.”
SHu boisdan ham o‘quvchilarni musiqiy saviyasini rivojlantirib borish, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirib ,zaruriy bilim va amaliy ko‘nikmalar doirasini tarkib toptirish ,ayniqsa musiqaga iqtidori bor o‘quvchilarning malakaviy mahoratini oshirishda alohida e’tibor qaratish ,zaruriy shart –sharoitlar yaratish davlatimizning diqqat –e’tiborida bo‘lib turibdi.O‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qo‘shiq juda muhim rol o‘ynaydi.CHunki qo‘shiq o‘zida badiiy va musiqiy g‘oyalarning o‘zaro uyg‘unlashgan obrazlarini tarkib toptiradi.Bu borada ayniqsa, milliy, folklor qo‘shiqlarning mazmundorligi o‘zgachadir.Milliy qo‘shiqlarda xalqimizning milliy madaniyati,hissiy kechinmalari,inssoniy fazilatlari,ma’naviy dunyosi o‘z aksini topadi .Bugun mamlakatimizda milliy taraqqiyotimizning yangicha bosqichda ko‘tarilishi davrida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmokda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi ”Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi “ PQ -4320 son, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi “Buyuk ipak yo‘li halqaro musiqa festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi” 371- sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 iyundagi “Nurli navolar va halqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish Musiqa san’atining qo‘shiq shakli darsning asosiy o‘quv materiali hisoblanadi. U kuydan shunisi bilan farq qiladiki ,qo‘shiqqa ham ohang ham badiiy so‘z uyg‘unlashuvi natijasida nazm va navoning umumlashuvidan badiiy g‘oyasi vujudga keladi. SHu boisdan qaraganda o‘quvchi qo‘shiqni kuylashi orqali musiqiy ohang va badiiy ma’nosini anglab olish natijasida badiiy g‘oyasi vujudga keladi. Musiqa ta’limining milliy meros, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, milliy madaniyat namunalarini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotining o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmat qilishga yo‘naltirilgan yangi tarbiya tizimining amalga oshirilishi ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash imkonini berdi.
Barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmani muassalarning zimmasiga ham muayyan vazifalarni yuklamoqda. Ana shunday vazifalardan biri– musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish, o‘quvchilarga milliy musiqiy meros, xususan, milliy musiqiy an’analar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ularda ilgari surilgan g‘oyalar to‘g‘risida nazariy ma’lumotlar berish, xalq qo‘shiqlarini ijro etish layoqatini hosil qilish, ijrochilik malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni milliy ma’naviy tarbiyalash beqiyosdir. Xalq qo‘shiqlari mazmunida shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’naviy–ahloqiy qarashlar mujassamlashgan bo‘lib muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. CHunonchi, xalq qo‘shiqlar mazmunida ota–onalarning hurmatlarini saqlash, qarindosh–urug‘ hamda qo‘ni-qo‘shnilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, ularga g‘amxo‘rlik, mehribonlik, mehr–oqibat ko‘rsatish, quvonchu tashvishlariga sherik bo‘lish, dillariga ozor etkazmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi.
Mustaqillik sharofati bilan musiqa faniyangi avlodlarini yaratilishi natijasida o‘zbek xalq qo‘shiqlari namunalaridan o‘quvchilar kengroq bahramand bo‘lishga erishdilar. YAngi avlod darsliklari tubdan boshqa tus oldi.Ular asosan milliy ruhda yozilgan kuy va qo‘shiqlar bilan boyitildi. Ayniqsa, asrlar osha xalqimiz kuylab kelayotgan o‘zbek milliy qo‘shiqlari darsliklarga ko‘proq kiritildi. Jumladan,o‘zbek xalq va qo‘shiqlaridan” CHittigul”, ”Boychechak”, Bahor keldi”, “Qichqir xo‘rozim”, ”Hey lola” kabi qo‘shiqlarni misol keltirish mumkin. Bunday qo‘shiqlardan tashqari yana qator qo‘shiqlar musiqa tinglash faoliyatiga ham kiritildi. Bundan maqsad shuki, bolalar o‘zbek xalq qo‘shiqlarini ko‘proq tinglab ular mazmunini tushunib, idrok etib olsinlar.Albatta bu ancha murakkab jarayonlardan biri hisoblanadi.
SHu bois qaraganda musiqa fani o‘qituvchisi milliy qo‘shiqlarimiz haqida puxta bilimga ega bo‘lishi talab etiladi.O‘qituvchining bu boradagi bilim saviyasi va mahorati qancha mukammal bo‘lsa, u o‘z o‘quvchisiga keng va to‘liqroq ma’lumotlarni bera oladi.Aynan shu ma’noda olib borilgan kuzatuvlarimiz shundan dalolat beradiki ,aksariyat musiqa o‘qituvchilari o‘zbek xalq qo‘shiqlarining tarixiy taraqqiyoti, ,badiiy xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega emasliklari ma’lum bo‘ldi. SHularni inobatga olib ,biz ilmiy ishimiz mazmunini mavzuni “5-7 sinflarda xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishning pedagogik asoslari “ deb belgiladik.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin