O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/14
tarix04.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#107453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b

Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rganish vositasida o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda ma’lum vazifalar vujudga keladiki, bunda turli xildagi qiyinchiliklarning vujudga kelishi o‘z-o‘zidan ravshandir. Respublikamizda amal qilinib kelinayotgan musiqiy-estetik ta’lim tarbiya tahlili shuni ko‘rsatadiki, xalq qo‘shiqlarini to‘plash, notaga olish, nashr etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, musiqiy tarbiya yo‘nalishi milliy asosga etarlicha qurilmaganligi natijasida bu bebaho boyliklar tarbiya tizimidan biroz chetlashib qoldi. CHunki evropa musiqa san’atining ta’siri natijasida vujudga kelgan vokal, xor, opera, balet, estrada, simfonik orkestrlar ijrochiligi bosh yo‘nalishda taraqqiy etdi. Tabiiyki, musiqa va estetik tarbiyaga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar ham asosan shu yo‘nalishda bo‘ldi. Bu san’at turlarini kamsitmagan va bu borada yaratilgan tadqiqotlar ahamiyatini pasaytirmagan holda ta’kidlash lozimki, yuqorida sanab o‘tilgan san’at turlari bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar san’atshunoslik yo‘nalishida qilingan bo‘lib, o‘zbek xalq musiqasi, uning janr xususiyatlari, kuy tuzilishi, ijrochilik usullari, rivojlanish yo‘llari, qo‘shiqchilik bobida uning ayrim turlarini izchil tadqiq qilinishi bizning ishimizda foydali ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, folklor qo‘shiqlarining tarixi, nazariyasi, xususiyatlari yuzasidan tadqiqotchi olimlar R.S.Abdullaev, S.Begmatov, O.Ibragimov, F.M.Karomatov, I.Rajabov, T.V.G‘ofurbekov, M.Qodirovlarning tadqiqotlarini ta’kidlab o‘tish joiz. Respublikamizda estetik tarbiyaning turli muammolari, jumladan uning shakllanishi va rivojlanishi (S.X.Fayzulina), milliy badiiy an’analardan foydalanish (S.K.Annamuratova) bo‘yicha ham muayyan tadqiqotlar olib borilgan.
Xalq musiqasi orqali yoshlarni ahloqiy-estetik tarbiyalashga bag‘ishlangan ayrim tadqiqot ishlarda (M.M.Qosimova, D.Ro‘ziev, N.Tolliboev, A.SH.Hasanov) folklor qo‘shiqlari va ularning tarbiyaviy imkoniyatlari, ulardan tarbiya tizimida foydalanish kabi holatlar o‘rganilgan. B.Azimov, H.Nurmatovlarning nomzodlik ishlari folklor qo‘shiqlari bilan bog‘liq bo‘lsa-da, tadqiqot ob’ekti va predmeti bilan bizning ishimizdan tubdan farq qiladi. SHunga ko‘ra biz tadqiq etmoqchi bo‘lgan mavzu musiqa pedagogikasi fani doirasida hozirga qadar maxsus o‘rganilmagan. SHularga asoslanib e’tirof etish mumkinki, tanlangan mavzu estetik tarbiya sohasida yangicha yo‘nalishdir. qo‘yilgan muammoning aynan umumiy o‘rta ta’lim asosida bilan bog‘liq holda tadqiq etilganligi uning dolzarbligini yanada oshiradi.
O‘zbek xalq qo‘shiqlarining badiiy–estetik ta’lim–tarbiya doirasida o‘rganilish holatini yaxshilash, bu borada muayyan samaradorlikka erishish, klassik musiqa asarlarining inson ruhiyatiga ta’siri kabi masallarni o‘rganish ishiga A.Mo‘minov, D.Kamolova, R.Tursunov, M.Yo‘lchieva, M.Qosimova, B.Azimov kabi pedagog–san’atshunos olimlarning ilmiy tadqiqotlarida keng o‘rin ajratilgan. O‘zbek milliy madaniy merosi, uning doirasida milliy musiqiy asarlarni to‘plash, ularni turkumlashtirish, milliy musiqiy asarlarning ijtimoiy hayot va munosabatlarni tashkil etilishiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish masalalari sharqshunos olim bastakorlar–V.Bartold, S.Grigoryan, A.Sa’diev, M.Xayrullaev, U.Karimov, YU.Rajabiylar tomonidan amalga oshirilgan.
Xorazm musiqa folklori namunalarini to‘plash, nashr etish borasida ham e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirilgan.Jumladan, B.Matyoqubov, S.Ro‘zimboev, R.YUnusov, X.Ro‘zimboev, B.X.Madrimovlar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarida Xorazm folklori namunalari hamda uning genezisiga alohida Mavjud adabiyotlarning tahlili va kuzatuvlarimiz natijasi shundan dalolat beradiki, shuningdek, xalq qo‘shiqlarini ijro etish layoqatini shakllantirish, o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, 5-7 sinf musiqa kitoblarida xalq qo‘shiqlarining etarlicha emasligi, xalq qo‘shiqlarini ijro etishning metodik imkoniyatlari masalalari e’tibordan chetda qolgan. Ushbu holat “5-7 sinf o‘quvchilarida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishning pedagogik asoslari” deb nomlangan tadqiqot mavzusini tanlashga asos bo‘ldi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin