O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə5/14
tarix04.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#107453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi Tadqiqot jarayonida anketa so‘rovnoma, savol javob, suxbat, umumlashtirish, tahlil, loyixalashtirish, pedagogik eksperement, matematik statistika usullaridan foydalanish.
Tadqiqot natijalarining nazarariy va amaliy ahamiyati. 5-7-sinf musiqa ta’limida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish mazmuni va metodlarini takomillashtirishning pedagogik omillari asoslangan; 5-7-sinf musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishning metodik modeli ishlab chikilgan, 5-7-sinf musiqa ta’limida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish buyicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga karatilgan tavsiyalar ishlab chikilgan, 5-7-sinf musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish asosida amalga oshirishning texnologik ta’minoti yaratilgan, 5-7-sinf musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish mazmuni va metodlarini takomillashtirish buyicha metodik ta’minot yaratilgan.
Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertasiya kirish, ikki bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, jadvallar va ilovalardan iborat bo‘lib, uning asosiy matni ____ betni tashkil qiladi.


I BOB. O‘ZBEK XALQ QO‘SHIQLARINING TARIXIY NAZARIY VA PEDAGOGIK ASOSLARI

I.1.O‘zbek xalq qo‘shiqlari tarixi, mazmuni va ijtimoiy pedagogik ahamiyati


O‘zbek qo‘shiqchilik san’atining tarixi juda ko‘xna bo‘lib, u insoniyatni shakllanish jarayoni bilan bog‘liqdir. Xalq qo‘shiqlari ajdodlarimizning ibtidoiy davrlardagi mehnat jarayonlari, turli tabiat hodisalariga taqliddan ijro etilgan marosim kuylari va aytimlariga, ular bilanbog‘liq o‘yin va harakatlariga borib taqaladi. SHu bois musiqa san’atining eng qadimiy namunalari tashqi olamdan olgan ta’sirchanlik taassurotlari bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan va inson tafakkuri orqali yaxlit badiiy obraz yaratiladigan san’at turiga aylangan Xalq qo‘shiqlarida xalqning hayoti, tarixi, kurashi, falsafasi, dunyoqarashi, turli hodisalarga bo‘lgan munosabatlari, insoniy fazilatlari o‘z aksini topgan. Xalq qo‘shiqlarida insonning ruhiy olami ichki kechinmalari, turmushida sodir bo‘luvchi ko‘ngilli va ko‘ngilsiz voqealar, g‘amanduh yoki shodligi xurramliklari, mexnat mashaqqatlari, sevgi iztiroblari histuyg‘ular orqali aniq badiiy obraz larda gavdalantiriladi. Manbalarda yozilishicha folklor qo‘shiqlarini yozib olishdagi birinchi tajribalar XI asrdan boshlab amalga oshirilgan.Folklor qo‘shiqlari mehnatkash xalqning, bolalar hayoti va turmush tarzini aks ettiradi. Xalqning olam haqidagi umumiy tushunchalarini, ijtimoiy-tarixiy, siyosiy, falsafiy va badiiy-estetik hamda musiqiy qarashlarini o‘zida mujassamlantirgan. Bularning barchasi folklor qo‘shiqlari mazmuni va g‘oyasining chuqur xalqchiligini ko‘rsatadi. Folklor qo‘shiqlari o‘z xususiyatiga ko‘ra o‘zbek xalqining badiiy-musiqiy ijodi sifatida asrlar davomida yaratilgan jamoaning ijod ma’sulidir. Folklor qo‘shiqlarining xalq tomonidan yaratilib, o‘z qabilasi, urug‘i odatlari, e’tiqodlari, orzu-istaklari, tabiat bilan bo‘lgan munosabatlari aks ettirilgan. Qabila va urug‘ a’zolariga ma’qul tushgan shu xildagi qo‘shiqlar og‘izdan-og‘izga o‘tib, jamoa ijodiga aylangan. Qo‘shiqlar shu tariqa jamoa orasida takomillashib, sayqal topib xalqning folklor mulkiga aylangan. Folklor ( folk – xalq, lore – bilim , donolik ) – xalk ijodi termin hisoblanadi. Folklorni fanga birinchi bolib 1846 yilda ingliz arxeologi U.J.Toms olib kirgan. 1880-90-yllarda Folklor” atamasi ko‘plab mamlakatlarda, jumladan Rossiyada ham qo‘llanila boshlagan. O‘zbekistonda dastlab “og‘zaki adabiyot”, “og‘zaki adabiyoti” atamalari qo‘llangan. “Folklor atamasini 30 yillarning o‘rtalaridan boshlangan”. 1939-yilda Hodi Rarifning “o‘zbek folklori” xrestomatiyasi nashretilgach bu termin o‘zbek folklorshunosligida mustaxkam orin oldiBuxoro folklor yonalishi musiqa usulida sozandalik san’ati hamshakllangan bo‘lib, u ayollar yodi bilan bog‘liqdir.
Sozanda – bu yakkaxon aytinchi bo‘lab, u qolida qayroq xamda doirabilan kuylaydi. Mazkur uslubning o‘ziga hos jihatlaridan biri – ikkitillilik, yani o‘zbek va tojik tillari an’anasining nomoyon bo‘lishidir,fakat bir tilda yoki o‘zbek yoki tojik tilida kuylash uchun ijod etilgan xalq ham uchraydi. Bu qadimiy shaxar Buxoroda cholg‘uasboblari turlarining boyligi bilan ajralib turadi. Buxoro musiqasi folklori ko‘p jihatdan tojik musiqasima’lum darajada umumiylikkaega bo‘lib, tarixiy taqdiri deyarli o‘xshashdir.
O‘zbek folklorshunosligi, qo‘shiq san’atining bir qator materiallari xususidagi qarashlar, qimmatli ma’lumotlar o‘rta asr tarixchilari Hamza Isfaxoniy, Tabariy, Ma’sudiy, Beruniy va boshqalarning asarlarida ko‘zga tashlanadai. “Avesto”, “Bexustun”, “Bundaxishi”, kabi yozma yodgorliklarda og‘zaki adabiyotning ba’zi bir namunalar o‘rin olgan. Turkiy xalqlarning xalq og‘zaki ijodini avloddan avlodga etkazishda alohida o‘rin tutadigan olimlarimizdan biri, O‘rta O‘siyo xalqlarining atoqli farzandi Maxmud Qoshg‘ariy esa o‘zining mashhur lingivistik “Devonu lug‘otit turk” asarida qadimgi qo‘shiq, lirik she’r va maqollardan turli namunalar beradi. Manbalarda yozilishicha Maxmud Qoshg‘ariy yuqori CHindan boshlab to Movaraunnahr, Xorazm, Farg‘ona, Buxoroga qadar cho‘zilgan hududni birma-bir kezib chiqib xalqni yashash tarzi, kasb-korini o‘rgangan. Qo‘shiq termini birinchi marta XI asrda yozilgan ilmiy adabiyotlarning bizgacha
Etib kelgan eng qadimiysi hisoblangan Mahmud Qoshg‘ariyning“Devonu lug‘atit turk” asarida qo‘shiq shaklida berilgan bo‘lib, bu so‘zning izohi she`r, qasida deb ko‘rsatilgan. SHuningdek “qo‘shiq” so‘zini YUsuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asarida, XII asrda yozilgan Mahmud Zamahshariyning “Muqaddimatul adab “lug‘atida ham shu ma’nolarda uchratamiz.
Hususan Alisher Navoiyning “Mezonul-avzon” va Zahiriddin Boburning “Riso lai aruz” asarlarida qo‘shiq so‘zi surud, ayolg‘u, lahn,turki tarona, asula, o‘lan, chip ga nomi bilan ham tarqalgan ular qo‘shiqning turli janrlarini atash uchun qo‘lla
Umuman olganda, o‘zbek folklor qo‘shiqchilik san’ati uzoq tarixdan e’tiboran xalq ijodiyotiga kirib kelganligiga guvoh bo‘lamiz. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining musiqa san’ati va madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan afsona va rivoyatlar mashhur tarixiy siymolar Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Mashrab va boshqalar nomi bilan yaratiladi. Amir Temur o‘z safarlarini baxshilarga doston qilib kuylashni topshirgan, To‘xtamish saroyida Kamolzoda va Jahon Mirzo kabi jirovlar bo‘lgan xalq dostonlariga yaqin shaklda yozilgan “Abo Muslim” kitobi X11 asrda yaratilgan. Doston o‘zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biri bo‘lsa-da, kichik shaklidagi folklor qo‘shiqlarining yuzaga kelishiga ham muhim ahamiyat kasb etgan. Agar ijodkor xalq badiiy so‘zning yosh avlod tarbiyasidagi kuchi va jozibasiga qadim zamonlardan ishongan deb aytadigan bo‘lsak, unda xalq o‘zining eng noyob folklor janridagi qo‘shiqlarini so‘z mo‘jizasi va musiqaning sehirli ohangi bilan bunyod etgan. Folklor qo‘shiqlarini yaratishda kattalar ham bolalar ham birgalikda, baravar hissa qo‘shgan. Bolalar folklor qo‘shiqlari bolalarda eng yaxshi fazilatlarni – vatanparvarlik, mehnatga muhabbat, kishilarga ishonch, do‘stlarga sadoqat tuyg‘ularini kattalar bilan birga tabiatning salbiy hodisalariga qarshi kurashish va ularni engish malakasini tarbiyalaydi. Kattalar kichik yoshdagi bolalarni erkalash she’rlarini yaratishganki, alla, aytim, olqish, ovutmachoq, qiziqmachoq singari erkalash xususiyatlariga ega bo‘lgan bu janrlar onalik folklori tarzida ifodalangan.
Folklor qo‘shiqlari namunalarini o‘rganish shundan dalolat beradi-ki, kishilar o‘z mehnatlarini, turmushdagi barcha voqealarni qo‘shiq bilan bezaganlar. YUqorida qayd qilib o‘tilganidek, folklor ijodiyoti boyliklari ichida kattalardan maktab yoshidagi bolalarga meros qoladigan qo‘shiqlarning salmoqli turi mehnat qo‘shiqlaridir. Mehnat qo‘shiqlari xalq she’riyatining eng avvalgi turlaridan biri bo‘lib, ularning yaratilishi va ijro etilishi kattalarning hamda bolalarning mehnat jarayoni bilan bog‘liqdir. Bolalar dehqonlarni, hunarmandlarni ishlab turib qo‘shiq aytganlarini ko‘rgan, eshitgan, zavqlanib o‘zlari ham she’rlar to‘qigan va kuyga solib ijro etib yurgan. Qo‘shiqning kattalar mehnatlarini engillatganligi, ayrim so‘zlari, undov nidolari ko‘pchilikni baravar harakat qilishga da’vat etgan holatlari bolalar folklor qo‘shiqlarida ham ko‘zga tashlanadi. SHu sababdan ko‘p qo‘shiqlardagi so‘zlar, vazn, qofiya ixcham, aniq bo‘lgan. Ayrim so‘zlar vaqt-vaqti bilan takrorlanib, hayqiriq, chaqiriq va mamnunlikni bildiruvchi nidolar alohida ohangda aytilib turilgan.
Kattalar folklor qo‘shiqlari, shuningndek, bolalar folklor qo‘shiqlari ichida mavsumiy qo‘shiqlar alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Ma’lumki, bahor fasli kelishi bilan bolalar o‘yinlarini boshlab yuboradilar. O‘g‘il bolalar osmonga varrak uchiradilar. Qiz bolalar sochlariga bargak taqadilar. Bolalar tol chiviqlarini qo‘l bilan uqalab, ehtiyotkorlik bilan po‘stini shilib, o‘zlariga sibizg‘alar yasaydilar. Bahor darakchisi “Boychechak” gulini ko‘rib zavqlanadilar, qo‘shiq kuylaydilar. “CHitti gul” esa ularni yanada zavqlantiradi, ilhomlantiradi, o‘ynab turib qo‘shiq kuylashga chorlaydi. Professor O.Safarov “CHitti gul” haqida so‘z yuritib “chitti gul” iborasi aslida “chiqdi gul” bo‘lganli, lekin bolalar talaffuzida “chiqdi” so‘zi “chitti”ga aylanib qolganligini yozadi[78].
“CHitti gul” o‘yin-qo‘shiq shaklida ijro etiladi. Qo‘shiq ijrosi o‘yin harakatlari bilan uyg‘unlashib o‘ziga xos ijodiy manzarani hosil qiladi. Qo‘shiq ohangining ritmi o‘yinga o‘lchov mezoni bo‘lib, qo‘shiqning mazmunini boyitadi, bolalarga kuch, g‘ayrat, harakat bag‘ishlaydi. Bolalar bir vaqtning o‘zida o‘yindan ham ma’naviy, ham jismoniy, ham estetik jihatdan rohatlanadilar. “CHitti gul” o‘yin-qo‘shig‘ini qizlar juft-juft bo‘lishib, kaftlarini bir vaqtda bir-biriga urib, aylanishib, yana urushtirib, qo‘shiq aytadilar. “CHittigulo- chittigul”, deyilganda qizlar yuzma-yuz turadilar. Qo‘llari ma’lum tartib bilan bir-birlariga qarsillab tegib, chiroyli ohang kasb etadi. “Hay-yu, chittigul, hay-yu chittigul” deyilganda qizlar bir xil maqom bilan turgan joylarida gir aylanadilar.
Bolalarning mavsusmiy folklor qo‘shiqlar turkumiga tegishli “Laylak keldi, yoz bo‘ldi”, “Oftob chiqdi olamga” va boshqa qo‘shiqlarni ham misol qilib aytish mumkin. Bolalar yoz faslida “Laylak keldi, yoz bo‘ldi” qo‘shig‘ini kuproq aytib yuradilar. Bu qo‘shiq kunlarning isishidan, ekinlarning unishidan, kuz-qish mavsumida boshqa issiq yurtlarga ketib qolgan qushlarning qaytib kelganligidan, ariqlardan suvlarni to‘liq oqishidan, bolalar ko‘nglida quvonch uyg‘onadi. “Oftob chiqdi olamga” qo‘shig‘i esa oftobning chiqishi bilan bolalar, kattalar quvonchiga quvonch, shodlik bag‘ishlaydi. Qo‘shiq bora-bora maishiy tus oladi. YA’ni bolalar yangi hosildan olingan bug‘doylardan un qilinib, tandirlarda non yopilishi va to‘yib non eyish imkoni hosil bo‘lganidan zavqlanib, quvonib, shodlanib qo‘shiqni kulaydilar. SHe’r voqeasi qisqa bo‘lib, bola xolasidan kulcha so‘raydi, xolasi esa jiyanidan o‘tin terb kel, deydi. Jiyani o‘tin terib keladi, xola tandirga o‘t yoqib, kulcha yopadi. Afsuski, pishgan kulchadan o‘tin termagan xolasining o‘g‘li yog‘liq, butun kulcha oladi, jiyani esa, “shuncha ishlasada”, atigi quyuq olib qoladi. Bu o‘rinda bola “qornidan ko‘ra qadriga” xafa. Qo‘shiqning aytilishi boisi shunda bo‘lsa kerak. Bu qo‘shiq deyarli hamma viloyat, tumanlarda aytiladigan qo‘shiq. Uning elementlari mahalliy til, sheva, sharoit, odatlarga qarab o‘zgaraveradi.
Kattalarning bolalarga aytib beradigan, keyichalik bolalarga meros bo‘lib qoladigan yana bir qo‘shiqlar turkumi Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”dan to bizning davrimizgacha aytilib kelingan jonli va jonsiz personaj lar bahsidir. Jumladan, xalq o‘rtasida suv haqida juda ko‘plab afsonalar, qo‘shiqlar, ertaklar yaratilgan. O‘zbek xalqining eng yaxshi orzu-umidlari suv bilan bog‘langan. Bu umumxalq orzusi, ruhidan bolalar ham chetda qolmagan. Ularning o‘yin-qo‘shiqlarida ham suv, tabiat hodisalari mavzui mavjud.YOmg‘ir ni chaqirish, qor, shamol haqida o‘yin-qo‘shiqlar shular jumlasidan. Najmiddin Kalkabiy Buxoriy ijodi ilmiy davrlarda katta
Qiziqish uyg‘otadi. Uning “Musiqa haqida risola” si ustoz an’analarini Samarqand va boshqa shaharlarda davom ettirgan shogirdi (Xoji Muhammad, mavlono Rizo Samarqandiy) uchun musiqali poetik qo‘llanma bo‘lgan edi. XII asrning saroy musiqachi va nazariyotchisi Darveshali CHangi edi. Uning risolasi musiqaga oid fikrlarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Muallif boshqa lardan farqli holda faqatgina musiqa nazariyasi asoslarini bayon qilib qolmay, balki o‘z asarining katta qismini turli davrlarda yashab ijod etgan bir qator musiqachilar faoliyati, shuningdek, saroyda mavjud bo‘lgan musiqa asboblari tavsifiga ham bag‘ishlaydi. O‘tmishda o‘zbek elida ko‘p xonliklar bo‘lib, har qaysi xonlik o‘z sozanda va xonandalariga ega bo‘lgan. SHuning uchun xalq qo‘shiqlari har bir vohada mustaqil o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan. Toshkent va Farg‘ona kuy va qo‘shiqlari Xorazm vohasidagi kuy va qo‘shiqlardan, Buxoro qo‘shiqlari Toshkent qo‘shiqlaridan yoki Toshkent va Farg‘ona vohasidagi “Katta ashula” boshqa vohalarda yo‘qligi so‘zimiz isboti bo‘la oladi. Agar Toshkent, Farg‘ona,Xorazm qo‘shiqlari o‘rta diopozonga ega bo‘lgan musiqiy asarlar bo‘lsa, Buxorodagi xalq qo‘shiqlari keng diopozonga ega bo‘lgan musiqiy san’at bo‘lgan. Bu xududlarda mahalliy uslublarning paydo bo‘lishi, ma’lum etnik birlik ham da umum-ijtimoiy iqtisodiy sharoitning natijasidir. O‘zbekistonning janubiy viloyatlari Surxondaryo va Qashkadaryoning katta qismi respublikaning boshqa o‘lkalaridan farqli ularoq yaqin o‘tmishda ham, asosan, chorvachilik, faqat bir qismigina dehqonchilik bilan shug‘ullanib, ko‘chmanchi hol da hayot kechirar edi. Bu viloyatlar musiqa folklorida chorvadorlar mehnati haqi da, o‘tmishda esa ko‘chmanchilik hayoti to‘g‘risidagi qo‘shiqlarning xarakterli o‘rni egallashi ham shundan kelib chiqqan. Bu xudud musika xayotida doston ijrochilari baxshilar maim o‘rin tutadi. Buxoro va Samarqandda o‘zbek musiqa can’ati ning xususiyatlari deyarli boshkacharoqdir, bu xususiyatlar merostematikasi va janrlari hamda musiqa hayoti tamoyiliga taalluqlidir. Buxoro va Samarqand lokal uslubi xususiyatlarining muhim farqi, bu erda musiqa merosi va ijrochiligining ikki turga og‘zaki an’anadagi kasbiy musiqa va folklor janrlariga bo‘linishida, ya’ni musiqa merosida qadim davrlardan boshlab professional musiqaning shakllanib rivojlanganidadir. Buxoro va Samarqand viloyatlariga xos bo‘lgan musiqa folklori ko‘pjihatdan tojik xalq musiqasi bilan umumiylikka ega bo‘lib, tarixiy taqdiri deyarli bir xil bo‘lgan har ikkala qardosh xalq, ya’ni o‘zbeklar va tojiklarning bab- baravar darajadagi musiqiy merosi hisoblanadi. Jumladan, SHashmaqom bunga yorkin misol bo‘la oladi.
Ana shunday turkumlardan biri Buxoroda yaratilib, Samarqandda va boshqa ayrim viloyatlarda ijro etilayotgan “Buxorcha” va “Mavrigi” ashula va raqs turkumidir. Buxoroyi SHarif nafaqat “SHashmqom”ning balki qutlug‘ yurt nomini sharaflovchi “Buxorcha” hamda “Mavrigi” singari xalqona ashulalari raqslardan tarkib topgan bebaxo musiqiy turkumlarning vatani sifatida ham mashhurdir. Bunday turkumlardan “Buxorcha” va “Mavrigi”lar quyidagi tarkibiy tuzilishlarga ga. Mazkur qo‘shiqlar yaratilish tarixi uzoq tarixga borib taqaladi. Ushbu qo‘shiqlar asosan xalq yig‘inlari, to‘ylarva boshqa tadbirlarda ijro etilib, ularning birinchi kismi, ya’ni “Buxorcha”lar “Buxoro zang qo‘shiqlar” nomi bilan ham mashhurdir. Qashqadaryo-Surxondaryoda asosan doston va xalq qo‘shiqlaridan iborat bo‘lgan uslublar mavjud bo‘lib, xonanda va baxshilar tomonidan ijro etiladi. Xorazmda esa, doston ijrochilik uslubi bo‘lib ular hofizlar va xotin-qiz xalifalar ijrosida Tor va Garmon sozlari jo‘rligida kuylanadi. Farg‘ona-Toshkent vohalarida esa katta ashula, dostonlar va tanavor, Nasrulloyi singari turkumlar mavjud bo‘lib, ular Xofiz va ayol xonandalar tomonidan jo‘r siz, ansambl, shuningdek, yakka doyra sozi jo‘rligida ijro etiladi. O‘zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o‘rnining xilma xilligi ham ana shu bilan bog‘liqdir. «YOr-yor» qo‘shiqlari o‘zbek nikoh to‘ylari fol’klorining musiqiy janri hisob lanadi. Uning paydo bulishi, janr tabiati va atamasi, qo‘shiqning semantikasi haqida o‘zbek folklorshunosligida ko‘pgina fikrlar bayon etilgan. «YOr-yor»lar nikoh to‘ylarining ikkinchi bosqichi qiz uzatish kechasi aytiladi. «YOr-yor» nafaqat o‘zbeklarda, balki qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq kabi turkey xalqlarda ham keng tarqalgan. «YOr-yor»larning mavzu doyrasi juda keng bo‘lib, unda goh hazil, goh quvnoq, goh engil yumor, goh achchiq hajviy ohanglar uchraydi. Bu narsa turmushga chiq magan qizning, o‘tkazilayotgan to‘yning va nihoyat uylanayotgan yigitning axloqiy xislatlari, jamiyatda tutgan mavqei, insoniy fazilatlari kabi ko‘pgina jihatlari bilan shartlangan.Barcha turdagi «yor-yor»larning ohangi asosida muayyan metro ritmik tartibga solgan tor diapazonli kuylar uyg‘unligi yotadi. Ularning har biri o‘zining kuy tuzilish tartibi, ohang xarakteri, ritmi, ijro uslubi, sheva si va emotsional ta’sirchanligi bilan farq kiladi.
Mehnat qo‘shiqlari faqat mehnat jarayonida: qo‘sh haydashda, hosil ko‘tarishda, paxta terimida, charx yigirishda, ov qilish vaqtida, meva terishda va boshqa vaqt larda aytiladi. Bu qo‘shiqlarda inson kechinmalari, mehnat,ish turi, tabiat hodisalariga qiyos etilib ifodalangan.Marosim qo‘shiqlari folklorshunoslikning eng muhim omillaridan xisoblanadi.Har bir odat, marosim va an’ana tarixiy poydevori va ildiziga egadir. Ularning xar biri o‘zidan o‘zi paydo bo‘lmagan. O‘zbek marosim qo‘shiqlari ikki katta turkumga ajraladi. Bu turkumlar,o‘z navba tida, turmushdagi vazifalari hamda poetik tabiati bilan farqlanuvchi xilma xil janrlarni o‘z ichiga oladi. Birinchisi mavsum marosimlari bilan bog‘liq folklor janrlari.Ikkinchisi turkumdagi marosim,ommaviy maishiy turmush bilan bog‘liq xolda ijro etiladi. Allalar onalarning jigarband farzandlariga qilgan hasratlaridir. Qadimda allalar inson mexr-muxabbati bilan siynasi to‘la onalarning orzu- umid sadola ri, vafosiz, zolim erlarga, jafokor zamonga, toshbag‘r ota-onaga bildirilgan g‘a- zab va noroziliklardan iborat bo‘lgan. Ularga katta qalin badaliga sotiladigan qiz, cho‘ri, kanizak, sevgilisidan zulm bilan ajratilgan ma’shuqaning nola-far yodlari eshitilardi. Hozirgi allalar boshqacha zamonaviy mazmun kasb etadi.
Laparlar esa boshqa qo‘shiqlardan voqeabandligi, dialog shaklida ikki qo‘shiqchi tomonidan ijro etilishi bilan ajralib turadi.
Termalar o‘zbek musiqa folklorining mustaqil janrlaridan biridir.Terma ning lug‘aviy ma’nosi tanlangan, saylangan, terib, tanlab tizish demakdir.Dos tonchi baxshi shoirlar ko‘pchilik yig‘ilgan joylarda dostonlardan parchalarni turli mavzulardagi 10- 12 misralardan 300- 350 misragacha bo‘lgan she’rlarni kuylaydilar. Bu terma deb yuritiladi.YAlla o‘zbek musiqa janrida aloxida o‘rin egallaydi. Odatda, yalla qo‘shiq va raqs bilan ijro etiladi. O‘zbek xalq qo‘shiqlarining janrlari tarkibi boy va xilma xildir. Ular bizga xalqimizning uzoq o‘tmishidan xabar beruvchi vositalardan biri bo‘lib, ijtimo iy hayot va madaniy muhit davomida doimo bizga hamrohdir. Insoniyat bor ekan, ular ham mavjud bo‘laveradi, hamda har bir insonga ma’naviy ozuqa va ruhiy orom bag‘ishlab boradi. SHu bois ular tarixiy, madaniy va badiiy estetik qimma ti bilan ahamiyatlidir.
San’at va adabiyot shu jumladan, xalq og‛zaki ijodining har bir barkamol asari ma’lum bir tarixiy zamin, iqtisodiy – hayotiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy talablari asosida ijod etiladi va ommalashadi.
O‛zbek xalq og‛zaki ijodi shu jumladan, xalq qo‛shiqlari va ularning turlari uzoq davrlar davomida shakllangan bo‛lib, ular xalqimizning turli sharoitlaridagi turfa marosimlar va boshqa shu kabi jarayonlar bilan uzviy bog‛liq. Ular o‛z zamonasini ijodiy mahsuli bo‛lib, biz uchun o‛tmishni tarixiy yodgorligi hamdir.
Xalq og‛zaki poetik ijodi — mehnatkash omma ijodi, xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, xalq san’atining boshqa turlaridan (musiqa, teatr, raqs, o‛yin, tasviriy va amaliy san’at hamda boshqalardan) o‛ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og‛zaki so‛z san’atidir. Har bir xalqning asrlar idealini aks ettirgan boy og‛zaki so‛z san’ati bo‛lganidek, o‛zbek xalqining ham og‛zaki adabiyoti durdonalari mavjud. Mehnatkash omma tomonidan og‛zaki yaratilib, xalqning talantli vakillari ijrosida sayqal topib, avloddan-avlodga o‛tib kelayotgan badiiy asarlar o‛zbek xalq poetik ijodini tashkil etadi.
Og‛zaki so‛z -san’ati ―folklor‖ yoki ―xalq og‛zaki ijodi‖ (―xalq poetik ijodi‖, ―xalq og‛zaki ijodi‖) atamalari bilan ifodalanadi. ―Folklor‖ atamasi birinchi marta XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846 yilda qo‛llangan bo‛lib, u ikki so‛zdan iborat: ―folk‖ (folk) -xalq, ―lor‖ (Lore)- bilim, donolik, donishmandlik, ya’ni ―xalq bilimi‖, ―xalq donoligi‖, ―xalq donishmandligi‖ demakdir.
―Folklor‖-xalqaro atamasi. O‛zbek folklorshunosligiga ―folklor‖, ―o‛zbek folklori‖ atamalarini (1932, 1935) birinchi marta Hodi Zarif kiritdi, lekin u turli mamlakatlarda turlicha ma’noda qo‛llanadi. Masalan, Angliya va Amerikada xalq badiiy faoliyatining barcha turi (poetik ijod, musiqa, raqs, o‛yin, teatr, tasviriy va amaliy san’at), shuningdek, irim-sirim, ishonch-e’tiqod va urf-odatlar shu atamasi bilan ataladi. Xalq san’atining boshqa turlari, masalan, musiqa uchun ―musiqa folklori‖ atamasi qo‛llaniladi.
Folklor asarlarida musiqa, raqs, teatr san’ati elementlari qo‛shilib ketadi, shu sababdan folklor sinkretik san’at deyiladi. Ayni vaqtda folklor asarlari san’atning boshqa turlaridan o‛ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. Folklorda so‛z, kuy va ijro birligi doimo saqlanadi. Xalq og‛zaki ijodi uzoq davrlardan byeri tarixiy yo‛ldoshi, uning chinakam aks sadosi bo‛lib kelgan. U tarixiy voqealarni xalq ommasining tushunchasi nuqtai nazaridan, mehnatkash xalq pozitsiyasidan kelib chiqib, badiiy, formalarda baholaydi.
Bundan tashqari, folklor asarlari bilan bir qancha fanlar shug‛ullanadi: tarixchilar tarixiy voqealarning xalq og‛zaki ijodida qanday aks etganini o‛rganadi; etnograflari xalqning urf-odatlari qiziqtiradi; san’atshunoslar esa folklordagi musiqa, raqs, o‛yin, xoreografiya va boshqalarni o‛rganadilar; tilshunoslar xalq ijodi tilining lahja va dialektlari bilan, adabiyotshunoslar folklor asarlarining yozuv adabiyoti bilan munosabatlarini tekshiradilar.
Xalq og‛zaki badiiy ijodiyotining bir qismini folklordagi qo‛shiq va uning turlari tashkil etadi. Qo‛shiqlar mazmuni jihatidan ham, badiiy shakli tomondan ham o‛ziga xos xususiyatiga ega. Uning namunalari dastlab iste’dodli shaxslar tomonidan yakka yoki jamoa ishtirokida yaratilib, so‛ngra el orasida og‛zaki an’ana uslubida, maxsus yozuvlarga bitilmasdan, o‛tib kelgan va ommalashgan. Shu asnoda asrlar davomida shakllangan xalq qo‛shiqlari va ularning turlari avloddan-avlodga meros qilib, bizga qadar ijtimoiy ong xotirasida saqlanib kelindi. Har bir qo‛shiq ma’lum tarixiy sharoitda yuzaga kelib rivojlanish xalq qo‛shiqlarini mazmuni voqelikning lirik havasini badiiy o‛zlashtirib, ya’ni yuz bergan hodisa, faktlarga munosabat his-tuyg‛u va kayfiyat orqali ifodalanadi. Mana shu xususiyatdan kelib chiqib ulug‛ mutafakkirlar qo‛shiq haqida o‛z fikrlarini bayon etganlar. Ular ―turmushning odatdagi hayajonli hodisalari xalq lirik qo‛shiqlarida teran his bilan ifodalanadi‖ yoki ―lirik qo‛shiqlarda xalq ruhidagi ma’lumotni ham, motamni ham ko‛rdi‖ degan. Qo‛shiqlarning ba’zi bir obraz va yo‛sinlari juda qadimiy bo‛lib, ko‛pgina xalqlarga taalluqlidir. Unda xalq fikr boyligi, his-hayajon bilan birga ko‛pchilik ruhida daydib yurgan she’riyat yorqin, nozik ravishda ko‛rinish berib turadi va sodir bo‛lgan hollarga ko‛pchilikning diqqat-e’tiborini jalb qilib ta’sir etadi. Bu qo‛shiqlardagi fikr,hislar xalqning turli sharoit, zamon ijtimoiy, maishiy hayot xususiyati bilan uning dunyoqarashi xarakteri bilan bog‛langan bo‛ladi.
O‛tmishda xalq orasida ba’zi narsalarga sig‛inish, bo‛lgan ishni taqdirdan ko‛rish va shu singari hukmron sinflar tomonidan qo‛llab-quvvatlangan g‛oyalar, diniy aqidalar yashab kelgan. Bunday g‛oyalar ifodalangan asarlarda o‛sha davrga xos fikrlar talqin qilinadi, xalq ruhi, kayfiyati ko‛rsatiladi. Mehnat ahli ijodining gullashi uchun barcha iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlarni yaratib berdi. Folklorni o‛rganishda bularni hisobga olish kerak, albatta. Biroq folklorda o‛z izini qoldirgan xalqqa yot g‛oyaviy qatlamlar, tarixan cheklanishlar haqiqiy og‛zaki ijod asarlarining g‛oyaviy mohiyatini, uning tom ma’noda xalqchil xarakterda ekanligini, butun mohiyati bilan chinakam xalq san’ati bo‛lib kelganligini aslo inkor qilolmaydi.
Jamoaviylik, og‛zakilik, an’anaviylik, o‛zgaruvchanlik, variantlilik kabilar folklorning asosiy xususiyatlaridan bo‛lib, u o‛ziga xos ijtimoiy mohiyat va badiiy tizimga ega.
Folklor — mehnatkash xalq jamoasi ijodi. O‛zbek xalq og‛zaki badiiy ijodi mehnatkash xalq tomonidan asrlar davomida yaratilib, og‛izdan-og‛izga, avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga o‛tib kelgan jamoaviy ijod mahsulidir. Chunki folklor asarlari bir kishining ongli faoliyati nati-jasida yaratilmay, balki butun bir jamoaning ijodiy tajribasi asosida vujudga keladi.
Ma’lumki, qadim zamonlarda ilk bor yuzaga kelgan folklor asarlari jamoa tomonidan ijod qilingan va ijro etilgan, keyinchalik esa iste’dodli kishilar tomonidan yaratildi. Ular o‛z ijodida qabila va urf odatlari, xohishlari, e’tiqodlari, tabiat bilan bo‛lgan munosabatlari hamda dunyoqarashlarini hikoya qildilar. Qabila va urug‛ a’zolariga ma’qul tushgan bu asarlar og‛izdan-og‛izga o‛tib jamoa ijodiga aylangan.
Demak, jamoa — ijodkor, ayni paytda ijrochi hamdir. Ijodkor va ijrochi asar yaratishda o‛rgangan tajribaga va an’analarga suyanadi, ijro davomida o‛zidan biror yangilik qo‛shadi va uni sharoitga moslashtiradi. Jamoa tomonidan yaratilgan asarlar shu tariqa takomillashib, xalq mulkiga aylanadi. Demak, folklor asarlarida jamoa ijod tushunchasi hech mahal individual ijod rolini inkor etmaydi. Zotan, xalq kuychisi (dostonchi, ertakchi, qo‛shiqchi, latifago‛y, askiyachi va boshqalar) jamoa tomonidan yaratilgan asarlarni boshdan oxirigacha so‛zma-so‛z yod aytmaydi, balki unga ijodiy munosabatda bo‛lib, o‛zidan nimadir qo‛shadi, boyitib boradi. Shuning uchun ham u kuylayotgan asarni hamisha «xalqniki» deb tan olgan.
Yakka ijod qanchalik iste’dodli bo‛lmasin, u muayyan ijodiy an’analar doirasidan chetga chiqmay, qadimdan davom etib kelgan jamoa ijodning an’analariga bo‛ysungan. Shunga qaramasdan, yakka ijod, jamoa ijod singari, xalq hayoti va uning turli tomonlarini to‛g‛ri, aniq badiiy jihatdan mukammal ifoda etishi, xalq didi va talabiga mos tusha olgandagina uzoq yashaydi. Demak, ijrochi va ijodkor jamoaning yordamchi muallifi sifatida maydonga chiqib, xalq qo‛shiqlari, ertak va dostonlarini kuylash davomida unga sayqal berib, g‛oyaviy-badiiy jihatdan mukammallashtira boradi.
Folklor - og‛zaki ijod. Xalq poetik ijodi yozuv paydo bo‛lmasdan ko‛p zamonlar ilgari yuzaga kelgan. Uning yaratilishi va tarqalishi jonli og‛zaki an’ana bilan bog‛liqdir. Og‛zakilik xususiyati uni xalq san’atining boshqa turlaridan (masalan, musiqa, raqs, o‛ymakorlik) ajratib turadi. Folklor asarlarining uzoq asrlar davomida og‛zaki yaratilishi va og‛zaki ijro etilishi uning shakl va mazmuniga ta’sir etmasdan qolmas edi.
Ma’lumki, ayrim tarixiy manbalarni, dalillarni to‛liq esda qolmasligi, zamon taqozosi bilan unutilishi natijasida ularning asardan tushib qolishi yoki o‛zgarishi, qorishtirib talqin etilishi mumkin. Ba’zan esa dostonlarda mavjud bo‛lgan she’riy parchalarning unutilishi mazkur janrni ertak shakliga keltirib ham qo‛yishi mumkin. Yoki aksincha, ertakning dostonga aylanishi ham ehtimoldan xoli emas. Folklor asarlarida yuz berishi mumkin bo‛lgan bunday hodisa uning g‛oyaviy-badiiy, estetik qimmatini kamaytirmaydi.
An’anaviylik u o‛zining tarixiy manbalariga ega. Folklor asarlari-ning dastlabki namunalari ibtidoiy jamiyatda yaratilgan. Nisbatan barqaror bo‛lgan ibtidoiy turmush shart-sharoitlari shunday urf-odatlar va dunyoqarashlarning in’ikosi sifatida yuzaga kelgan folklor asarlarining sujeti, obraz va motivlarida ham muayyan barqarorlikni hosil qilgan. Folklor asarlarining og‛zaki yaratilishi va og‛zaki ijro etilishi ularning o‛zgarmas, barqaror shakllari an’analarni yuzaga keltirgan. Ma’lumki, tarixiy taraqqiyot natijasida ba’zi bir asarlar dastlabki shaklini o‛zgartirishi, hatto so‛nib, iste’moldan chiqishi mumkin. Masalan, 1920—1930- yillarda doston yaratish sekin-asta so‛na boshlagan bo‛lsa, qo‛shiq, yaratish etmoqda.
Xalq ijodining har bir namunasi asrlar davomida ko‛plab talantli xalq ijodkorlari tomonidan nihoyatda pardozlangan, yuksak san’at namunasi darajasiga ko‛tarilgan. Demak, estetik sezgilarimiz rivojlananishida, go‛zallikni, badiiy so‛z qadri va qimmatini, ona tilimiz boyliklarini his qilishimizda folklorning roli beqiyosdir. Shuni aytish joizki, folklor kasbiy san’at turlari - adabiyot, teatr, musiqa, kino va boshqalarning taraqqiyotida ham muhim rol o‛ynadi va o‛ynamoqda.
Xalq qo‛shiqlarining ma’nosi tengdir. Mazmun jihatdan oilaviy maishiy, ijtimoiy-tarixiy, mavzularni o‛z ichiga oladi. Janr ya’ni musiqiy asar turlariga qo‛shiqlar ajratilsa, ular tarixiy lirik va marosim qo‛shiqlarni o‛z ichiga oladi. Xalq hayotda doim mehnat qiladi,mehnatning turi va shakli ko‛p.
Xalq hayotidagi tarixiy o‛zgarishlarda esa qo‛shiq faqat mavzu bilangina farq qilmay,g‛oya obrazlar bilan ham o‛zgaradi va hayotga bog‛lashda yangi ijtimoiy vazifa kasb etadi. Qo‛shiqdagi qahramon boshqalarning qayg‛u va shodligiga lirik, boshqalar esa bu qayg‛u, shodlikni o‛ziniki deb biladilar. Go‛zallik, ezgulik, oqilonalikning to‛la mujassamligidan tarkib topgan she’rning xalq og‛zaki badiiy ijodidagi turi sof xususiyatlarga ega. Qo‛shiqlardagi real haqiqat barchaga ta’sir etadi.
Qo‛shiqlarning tipi sodda bo‛lsa, ularda biror bir maqsad uchun ishlatilgan so‛z, ibora o‛z o‛rnida qo‛llanilsa, har bir misrada fikr mavjud bo‛ladi. Bu she’rlar kuyga solishga qulay, qisqa esda qoladigan qofiya, vaznga ega bo‛lgan. Qo‛shiqlarda davrning muhim masalalari kuylanadi va shu tufayli tez tarqaladi. O‛zbek musiqa merosida qo‛shiq janri va uning turlarini rivojlanishi va shakllanishi haqidagi tarixiy she’riy, badiiy tomonlariga nisbatan ham ma’lumotga egamiz.
O‛zbek musiqa merosini qatlamidan biri – o‛zbek xalq musiqa ijodini o‛rganish fan tarmoqlari keyingi davrlarda yuzaga kelgan. Buning davrimizga qadar og‛zaki uslub vositasida yetib kelgan musiqiy meros namunalarini amaliy o‛zlashtirish hamda ilmiy tadqiq etish ishlari dastlabki paytlarda mutaxassis olimlar, shu jumladan, etnomusiqashunoslar oldiga bir qator vazifalarni qo‛ydi.
Avvalambor bu merosni to‛plash, uni mavjud bo‛lgan ovoz taratish vositalariga yozib olish va nota yozuvlarida nashr etish zarur edi. Chunki, bu borada o‛tmishdan qolgan yozma yodgorliklar nihoyatda oz bo‛lib, ularning bori ham, asosan, o‛rta asrlar davrida keng rivojlangan bo‛lgan kasbiy musiqasiga taalluqlidir.
Musiqa ijodida qo‛shiq janri va uning turlariga doir esa to‛liq bo‛lmagan yozuvlar, ya’ni xalq qo‛shiqlarining she’rlari bayon etilgan yozma manbalar uchraydi xolos. Xususan, shunday qimmatli manbalardan biri XI asrda yashagan ulug‛ bobolarimiz Mahmud Qashg‛ariyning ―Devoni lug‛atit turk‖ (turkiy so‛zlar davoni) asaridir. Ushbu devonda ilmiy hikmat, pand-nasihat, mehnatga shijoat, sevgi tuyg‛ulari kabi mavzularda she’riy parchalar keltirilgan. Bu she’rlar ma’lum ohanglarda kuylanganligi shubha tug‛dirdimaydi. Zero, she’riyat ―ilgari kuylash uchun yo musiqa jo‛rligida aytish uchun yaratilgan. Devondagi she’rlar ham bu fikrni bir qancha bo‛lsa-da tasdiqlaydi.
Ularning aksariyati hozirgi xalq qo‛shiqchiligida keng o‛rin tutgan she’riy to‛rtliklar asosida bo‛lib, ma’lum bo‛lgan, bo‛g‛in va qofiyalarga tayanadi. Garchand ―Devoni lug‛atit turk‖ dagi she’rlar qo‛shiqlarning turli mazmunlarda kuylanganligidan bizni ogoh etsa-da, ammo ularning kuy, ohang xususda deyarli tasavvur bermaydi.
Xalq poetik va musiqa san’atining boshlanishi Avesto davriga borib taqaladi. Xalq she’riyati va musiqa san’ati dastlab sinkretik holatda bo‛lgani to‛g‛risida Avesto kitobida, O‛rta Osiyo xalqlarining urf-odatlari, turli marosimlarining arxaik elementlari guvohlik beradi. Qahramonlik afsonalari, epik qo‛shiqlar, O‛rta Osiyo xalqlarining o‛z mustaqilliklari uchun olib borgan kurashini aks etgan. (Shiroq, Rustam doston qo‛shiqlari)
Xudolarga sig‛inish bilan bog‛liq bo‛lgan turli xil marosimlarda ham qo‛shiq aytilgan. Bu haqda Avestoda bayon qilingan gimnlar-madhiya (yalit) larning o‛zi regitativ tarzida ijro etilgan madhiyalar jamoa bo‛lib aytish mumkin bo‛lgan band va takrorlanuvchi naqoratli yarim nasriy vaznli rivoyatlardan iborat bo‛lgan. Bu marosimlar muqaddas olov atrofida qo‛shiq aytish va raqsga tushish bilan o‛tkazilgan.
Xalqning bayram marosimlari, mehnat marosimlari bo‛lib, ularda musiqa hamrox bo‛lgan. O‛rta asr olimlari musiqaning va olam tuzilishi bilan tabiatdagi o‛lish va tirilish haqidagi afsonaviy hodisalar bilan bog‛lashga bo‛lgan intilishlarini ham ko‛rsatib o‛tganlar. Antik davri era oldi IV-III eradan oldingi IV va eramizning Sh asrigacha, madaniyatida sof mahalliy xususiyatlar mavjudligi musiqaga oid risolalarda va turli topilmalarda aks ettirilgan.
Eramizning IV asridan boshlab turklar va Sharqiy Eron xalqlarining qo‛shilib yashash jarayoni boshlandi. Bu IV- VIasrlarda madaniyat va san’at turlarining, jumladan musiqaning yuqori darajada rivojlanganini ko‛ramiz. O‛rta Osiyo yirik sozandasi va xonandasi, o‛nlab kuylar ijod qori Barbod, qadimiy ―Kitobi Qurqo‛t‖ o‛sha davr eposini shakllanishiga ta’sir ko‛rsatdi.
Xalq ijodi va og‛zaki an’anadan professional asarlar tug‛ilishi uchun asos bo‛lib xizmat qildi. Ashulalardagi ―Turi Avji‖ atamasi o‛sha davrdan boshlangan bo‛lishi ham ehtimoldan holi emas. Arablar hukmronligi (VII-VIII) boshlangan davrda mahalliy musiqa an’analari aniq bo‛lib qoldi. Xalq ijodi va kasbiy musiqa shakli vujudga keldi.
Islom dini kirib kelishi musiqiy rivojlanishni o‛zgacha yo‛nalishga olib keldi. ―Qo‛shiqlar kitobi‖ juda ko‛p O‛rta Osiyo kuylaridan arablar foydalangan. Masalan, Musajiq nomi bilan mashhur arab qo‛shiqchisi O‛rta Osiyoda bo‛lib turli kuy va qo‛shiqlarni tanlab olib ular zaminida qo‛shiqlar ijro tizimini yaratdi, Ibn Muxriz esa birinchi bo‛lib O‛rta Osiyo qo‛shiqlarini o‛rgangan holda arab baytlarini ijro eta boshladi. Al Farobiy turli xil cholg‛ular va qo‛shiq turlari borligi haqida va ularning mahalliy musiqaga ahamiyati katta ekanligi haqida guvohlik beradi
Somoniylar davrida madhiya xarakterdagi musiqali she’riy asarlar bilan bir qatorda ilg‛or ijtimoiy qarashlar va kayfiyatlarni ifodalovchi qo‛shiqlar ham ijod qilinar edi.
O‛rta Osiyo Temur hokimiyati ostiga birlashtirilishi bilan XIV asrdan madaniyat va san’atda yangi yuksalishi boshlandi. Temur va temuriylar davrida saroydagi hashamatli tantanalar musiqa sadolari ostida o‛tkazilgan. Xushovoz hofizlar va shirin ovoz sozandalar esa fors namunalari, arab ohanglari, turkiy an’analar, mo‛g‛il ovozlari, xitoyliklar (ashula aytish) qonunlari va oltoyliklar o‛lchovlari asosida kuy chalib qo‛shiq aytar edilar‖. Sharafiddin Ali Yazdining ―Zafarnoma‖ asarida xalq qo‛shiqlari va epik dostonlardan iborat bo‛lgan xilma xil kuylarni ham ta’kidlaydi. Xirotda, Samarqandda Ulug‛bek saroyida musiqa taraqqiy etdi, ilmiy va madaniy hayotning markaziga aylantirdi. U shoir va musiqachilarga homiylik qildi. Adabiyot va musiqaga xalq ijodi, folklorga xalq ohanglariga qiziqish ortib bordi. ―Ma’shuqa turkiy qo‛shiqlarni kuylar ekan, - deyiladi g‛azallarning birida, - uning mag‛rur qo‛shig‛i ichimga olov yoqdi‖.
XVIII asrgacha bo‛lgan davrda Najmiddin Kavkabiyning ―Musiqa haqida risola‖ sida musiqachilar haqida Darvish Ali Changiy o‛z risolasida musiqaga, turli davrlarda yashab ijod qilgan musiqachilarga, cholg‛ularga tavsif bergan. Darvish Ali Changiy oddiy xalq turmushida, ayniqsa, ayollar o‛rtasida keng tarqalgan dutorchi cholg‛u asboblar qatoriga kirmaydi. Musiqiy nazariy risolalar bilan bir qatorda ―Bayozlar‖ ham vujudga keladi. Ular muayyan kuylar nomi ko‛rsatilgan qo‛shiqlar tekstidan iborat to‛plam edi.
XIX asr oxiridan boshlab XX asrdan Turkiston xalqlari musiqa ijodini o‛rganishi mahalliy musiqaga qiziqishni uyg‛onishi O‛rta Osiyoda o‛zbek musiqa folklorshunoslik ilmiga asos soldi.
O‛zbek xalq musiqa ijodini hozirgi davrda mahalliy uslublarni mahalliy she’valariga, mahalliy kiyim madaniyatiga qiyoslab o‛rganishlari yo‛liga qo‛yilgan. Vohalardagi mahalliy musiqiy an’analar va musiqa merosdan yorqin namunalarni bilishlari o‛z vohalaridagi, viloyatlaridagi mashhur bo‛lgan sozanda, xonanda, qo‛shiqchi, xalfa, dostonchi yoki yallachi va boshqalarning ijodi, ularning o‛ziga xos ijro xususiyatlarini o‛rganishlari xalq qo‛shiqlari va uning turlarini keng o‛rganish va rivojlanishi tarixiy jarayonli bo‛lib qoladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin