Tadqiqot obyekti va predmeti. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-7 sinf o‘quvchilarida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish jarayoni.5-7 sinf musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishning ta’lim vositalari, shakl va metodlari.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari.: 5-7sinf o‘quvchilarida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishning pedagogik shart sharoit , imkoniyatlarini o‘rganib chiqish, umumlashtirib tadqiq etish.Xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishning zamonaviy talim talablari asosida o‘rgatish uslubini ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari: 1. Ishni o‘rganish asosida maktab o‘quvchilarida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish tizimini mazmunnini o‘rganib chiqish.
2. 5-7 sinf musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishning xozirgi mavjud holatini tahlil etish .
3. 5-7 sinf musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishga qaratilgan faoliyat samaradorligini tajriba sinov ishlari vositasida aniqlash.
4. 5-7 sinf musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan faoliyatning shakl ,metod hamda vositalarini ishlab chiqish.
5. 5-7 sinf o‘quvchilarida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishga doir ishlab chiqilgan ilg‘or metodlarni amaliyotga tadbiq etish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 1. 5-7 sinf musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarining roli o‘rganilib, uning dolzarbligi ilmiy-uslubiy asoslandi.
2. O‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishga qaratilgan faoliyatning shakl ,metod va vositalarining samaradorligi aniqlandi.
3. Xalq qo‘shiqlari o‘quvchilarda milliy his tuyg‘uni shakllantirishda muhim vosita ekanligi e’tirof etilib ta’lim jarayonida undan samarali foydalanish usullari ishlab chiqildi.
4. Xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish yuzasidan mutaxasislar foydalanishi uchun ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari1. 5-7-sinf musiqa ta’limida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
2. 5-7-sinf musiqa ta’limida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishning o‘ziga xos metodikasi zamon talablari asosida pedagogik talqin etilgan;
3. 5-7-sinf musiqa ta’limida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy, estetik rivojlantirish metodikasi tavsiya etilgan;
4. 5-7-sinf musiqa ta’limida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.