O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b
1.2 O‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish pedagogik muammo sifatida.
Mustaqillikdan so‘ng o‘tgan qisqa muddat ichida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan barcha tarixiy, madaniy, adabiy, san’at yodgorliklari va xalq og‘zaki ijodini chuqur o‘rganish, tahlil qilish, ulardagi milliy g‘oyalarning zamonga xizmat qildirgan holda o‘zbekona, sharqona tafakkurni, shakllantirish va kamolga etkazish doimiy e’tiborda bo‘ldi. Istiqlol tufayli Respublikamizning barcha sohalarini rivojlantirib borilishi jahonning ilg‘or mamlakatlarida qo‘llanilayotgan yangi texnologik jarayonlarni o‘zlashtirish bilan olib borilmoqda. Bu, o‘z navbatida, xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy va madaniy merosidan oqilona foydalanish ko‘lami va sifatiga ham bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. CHunki xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy va madaniy merosi millatning, jamiyatning milliy mafkurasini shakllantiruvchi tarbiyaviy quroldir. Bu meroslar tizimida badiiy-musiqiy qadriyatlar ham o‘z o‘rniga va nufuziga ega.
SHuni aytish joizki, bizda ta’lim tizimi bir yoqlama, ya’ni «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» shiori ostida rivojlanib kelganligi rost. Madaniyat va san’at sohasida ham ahvol xuddi shunday edi. Musiqa sohasida deyarli barcha o‘quv dasturlari, o‘quv mashg‘ulotlarining repertuarlari, musiqa jamoalari, maktablarning musiqa dasrliklaridagi asarlar evropa madaniyati ta’sirida yozilgan namunalar bilan shakllantirilgan edi. Muayyan xalqning milliy ruhi, madaniyati, tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, hayotiy falsafasi va nihoyat, eng muhimi, shu xalqning qalbini o‘zida mujassam etuvchi milliy musiqa va qo‘shiqlariga e’tibor atayin sust edi. Vaholanki, qadimgi ajdodlarimiz milliy madaniyat, urf-odatlar, xalq og‘zaki ijodi vositasida komil inson haqida bir butun ma’naviy-axloqiy, estetik talablar majmuasini, zamonaviy til bilan aytganda, sharqona axloq, odob, estetik Kodeksini ishlab chiqqanlar.
SHunday ekan, O‘zbekiston Oliy, o‘rta-maxsus va xalq ta’limi tizimida ma’naviy, axloqiy, estetik tarbiya masalalariga bugungi tamoyillar nuqtai nazaridan qaralishida komil inson tarbiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi xalq donishmandlarining bebaho manbai hisoblangan xalq qo‘shiklari eng muhim boylik hisoblanadi. Folklor ya’ni xalq qo‘shiklari badiiy so‘z va musiqa san’ati hamda madaniyatining eng qadimgi va uzoq tarixga ega bo‘lgan sohasidir. Ongning rivojlana borishi, mehnat jarayonida insonning tajribasini ortib borishi, tabiat va jamiyat haqidagi fikr-tushunchalarni obrazli so‘zlar orqali tasvirlashga intilishi og‘zaki ijod shaklini paydo bo‘lishiga hamda folklor qo‘shiqchilik san’ati va madaniyatini yuzaga kelishiga turtki bo‘lgan.
Folklor qo‘shiqchilik san’ati mehnatkash xalq ijodi. Xalq badiiy-musiqiy qo‘shiqchilik faoliyatining tarkibiy qismi, xalq san’atining boshqa turlari – dramatik teatr, tasviriy va amaliy san’at, raqsdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan badiiy-musiqiy-ijroviy san’atdir. Folklor qo‘shiqlari, shu jumladan,o‘zbek xalq qo‘shiqlari xalqning ijodiy ma’suli sifatida shakllanib, avloddan avlodga, davrdan davrga o‘tib iste’dodli vakillari ijrosida sayqal topib, o‘zbek xalq poetik-musiqiy ijodi ko‘rinishini tashkil etgan.
O‘zbek xalq qo‘shiqlari dastlab qanday yaratilgan bo‘lsa, o‘sha holicha saqlanib qolmagan, albatta. Xalq tomonidan va xalqning iste’dodli qo‘shiq ijrochi vakillari tomonidan qayta ishlanib, turli o‘zgarishlar kiritilgan. YAngi-yangi ma’lumotlar bilan boyib, tarix sharoitiga, jamiyatga moslashib kelgan hamda so‘z, kuy va ijro birligi doimo saqlangan.
U yoki bu xalq to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun ularning musiqa madaniyati va san’atini, ayniqsa qo‘shiqlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish etarlidir. CHunki har bir xalqning o‘ziga xos musiqa madaniyati, san’ati, qo‘shiqlari umuminsoniy boylikka ega bo‘lib, milliy g‘oya mustahkam qaror topgan an’ana va meroslarini o‘zida mujassamlashtiradi. SHuning uchun bunday bebaho boylikdan yoshlarning estetik tarbiyasida foydalanishning shu kungacha bo‘lgan ahvolini tahlil qilish, o‘rganish bu boradagi ishlarning nihoyat darajada e’tibordan chetda bo‘lib kelganligini ko‘rsatadi.
O‘zbek folklorshunosligida qo‘shiqshunoslik alohida tarmoq sifatida o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega. Folklor qo‘shiqlarida, Vatan, tabiat, insoniy fazilatlardan halollik, mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, shuningdek, Vatanga, ona tabiatga, insonga mehr-muhabbat, hamda tinchlik, adolat tarannum etiladi.. Endilikda folklor qo‘shiqlarini musiqa-pedagogika o‘quv dasturlariga, havaskorlik darslari faoliyatiga olib kirish, shu orqali yoshlarning estetik dunyoqarashlarini shakllantirish bugungi kunning ijtimoiy talabidir.
SHuni e’tirof etish kerakki, o‘zbek folklor qo‘shiqlari jumladan, xalq og‘zaki ijodi yoki ayrim shoirlar ijodiga mansub adabiy matn yotadi. Bundan tashqari hozirgi zamon bastakorlari folklor qo‘shiqlari ohangidan ijodiy foydalanib kelishyapti. O‘tgan davr va hozirgi zamon folklor qo‘shiqlarini tahlil qilar ekanmiz, ularni qudratli tarbiya vositalaridan biri deb ta’kidlashga haqlimiz. Ulardagi ma’naviy va estetik g‘oyalar o‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik, do‘stlik, halollik, salbiy ko‘rinishlarga nisbatan murosasizlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga va rivojlantirishga ijobiy ta’sir etadi. Xalq qo‘shiqlarining tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega ekanligining yana bir asosiy jihati uning matnida o‘z ifodasini topadi. Mobodo, qo‘shiq musiqasiz aytilganda ham (masalan katta ashula) musiqaning o‘rni, uning bevosita eshitilmas ta’siri bilinib turadi. Musiqa barcha turdagi qo‘shiqlar singari folklor qo‘shiqlarining ham estetik ta’sirini kuchaytiradi. Bu esa ijrochilarni ham, tinglovchilarni ham birday tarbiyalashga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ajib she’riy misralar, usul, sehrli ohanglar bilan yo‘g‘rilgan folklor qo‘shiqlaridagi his tuyg‘ular inson qalbida ezgulik va go‘zallik hissiyotlarini uyg‘otadi. SHuning uchun ham, folklor qo‘shiqlaridan, ularning ma’naviy va estetik tarbiyaviy imkoniyatlaridan pedagogik maqsadlarda foydalanish yaxshi samara beradi. Bu o‘rinda kelib chiqadigan muammo folklor qo‘shiqlaridan estetik tarbiyada foydalanganda uning tarbiyaviy tomonlarini to‘g‘ri hisobga olish kerak. Folklor qo‘shiqlarini o‘quvchilar tomonidan to‘g‘ri idrok qilishi uchun ularning tarbiyaviy imkoniyatga ega bo‘lgan namunalarini muayyan pedagogik mezonlar asosida sinchiklab tanlab olish, mazmun-mohiyatini o‘quvchilarga har tomonlama tushuntirish maqsadga muvofiq. Qo‘shiqlarning yaratilish tarixi, ijro yo‘li, mashhur ijrochilari, ijodkorlari, g‘oyaviy-badiy, musiqiy mazmuni haqida imkon qadar ma’lumotlar berishga jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Inson o‘z tabiyatiga ko‘ra doimo go‘zallikka intiladi. SHuning uchun ham go‘zallikka intilish mayli bilan yashaydigan insonni yoshligidan e’tiboran musiqa bilan hamnafas qildirib go‘zallik qonunlari bo‘yicha tarbiyalash, undagi iste’dodni ro‘yobga chiqishiga imkoniyat yaratish, ularning go‘zallik haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, ma’naviy barkamol shaxs qilib tarbiyalashdek vazifani to‘laqonli bajarishda tarbiya kompleksining tarkibiy qismlaridan biri - folklor qo‘shiqlari vositasida amalga oshiriladigan tarbiya muhim o‘rin tutadi. Folklor qo‘shiqlari vositasida amalga oshiriladiga tarbiya o‘quvchilarda voqelik, ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi go‘zallikni idrok etish salohiyatlarini kuchaytiradi. Ularda milliy madaniyatga, san’at va adabiyotga, xalq an’analari va tiliga muhabbat tuyg‘ularini o‘stirish, ularni go‘zallik qonunlari bo‘yicha idrok etishlariga ko‘maklashadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari xalq qo‘shiqlarini o‘rganishi va shu orqali estetik tarbiyalanishga muhtojdir. Zero, folklor qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyani amalga oshirilishi hayotdan ajralib qolgan tarbiya emas. xalq qo‘shiqlariga taalluqli ma’ruzalar, suhbatlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishi, ularning namunalaridan turli bayram-tadbirlarda foydalanilishi estetik tarbiya manbalaridan biridir. SHu o‘rinda respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni xalq qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalash muammosi va masalalarini o‘rganish, tahlil etish va muayyan xulosalar chiqarish foydadan holi emasligini aytib o‘tish lozim.
Xalq qo‘shiqlarining ilmiy-metodik xususiyatlari va ular vositasida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash muammosi hali chuqur o‘rganilmagan. SHuning uchun ham pedagogika fani umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun xalq musiqasi, qo‘shiqlari ta’lim va tarbiya tizimini ishlab chiqish, shu kungacha bo‘lgan ma’lum tajribalarni umumlashtirish, metodik tavsiyanomalar va qo‘llanmalar yaratish kun tartibidagi eng muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bizning bu sohadagi ilk tajribalarimiz va kuzatishlarimiz, amaliy tavsiyalar va maslahatlarimiz mavjud vazifani amalga oshirish yo‘lidagi bir urinishdir.
Musiqa pedagogikasi va estetik tarbiya muammolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, adabiyot va san’at vositasida ish tutish ko‘pincha bir-biriga yaqin turadi. Ular bir maqsadga yo‘naltirilganligi uchun ham ish uslublari, shakl va mazmuni, beriladigan tavsiyalar ham o‘xshashdir. Ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlari asosan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar bilan bu borada olib boriladigan vazifalarni qamrab olganligi bilan xarakterlidir.
O‘z-o‘zidan ravshanki, umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-7 sinf o‘quvchilari bilan folklor qo‘shiqlari bo‘yicha shunchaki ish olib borish maqsadga muvofiq kelmaydi. 5-7 sinf o‘quvchilari o‘rtasida yosh, dunyoqarash, tushuncha, estetik saviya va folklor qo‘shiqlarini kuylash, mazmun-mohiyatini idrok qilish qobiliyati, umuman psixologik va fiziologik jihatdan farq bo‘lib, buni hisobga olmaslik aslo mumkin emas. Musiqa o‘qituvchilari shularni e’tiborga olgan holda bo‘lakcha dastur va metodlar hamda talablar asosida ish olib borishlari tabiiy holdir. Zero, bugungi ta’lim-tarbiya mazmuni va metodikasiga yangi ijtimoiy talablar qo‘yilmoqdaki, shulardan biri, milliy musiqiy qadriyatlarni, jumladan, xalq qo‘shiqlarini faol o‘zlashtirish, unda ta’limning ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash, ma’naviy-estetik komil shaxsni tarbiyalash vositasi ekanligi bilan ifodalanadi. SHuning uchun ham, xalq musiqasi, folklor qo‘shiqlari orqali o‘quvchilarni estetik tarbiyalash vositasi sifatida foydalanishni tadqiq etish o‘z echimini kutayotgan ilmiy-pedagogik muammodir.
Biz respublikamiz ta’lim muassasalarida folklor qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarga estetik tarbiya berish amaliyotini tahlil etar hamda bu ishni olib borishda unga kuchli ta’sir etish yo‘llarini izlar ekanmiz, bu borada jiddiy kamchiliklar va nuqsonlar borligini ko‘rdik. Bu avvalo shu paytga qadar asrlar osha yillar sinovidan o‘tib kelayotgan bu bebaho boyliklarga loqaydlik bilan qarab kelinayotganligining oqibatidir. Bu haqda taniqli pedagog va bastakor R.Tursunovning quyidagi fikrlari diqqatga loyiqdir. «...yana bitta muammo bor. U ham bo‘lsa Respublikamizdagi mavjud umumiy ta’lim va musiqa maktablarining o‘quv programmalari hozirgi zamon talablariga javob bera olmaydi. Unda maqom, xalq kuy va qo‘shiqlarini o‘rgatish ko‘rsatilmagan. Holbuki har bir respublika o‘quv rejalarini o‘z sharoiti va milliy musiqa madaniyati merosiga moslashtirish ko‘rsatilgan. Endi amaliy ishga o‘tish payti keldi». Ushbu so‘zlar umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi musiqiy-estetik tarbiyaga ham to‘la taalluqli bo‘lib, o‘z navbatida,xalq qo‘shiqlariga ham muayyan darajada e’tibor qaratilishini va estetik tarbiya vositasi sifatida foydalanishni taqazo etadi. Demak bu jarayonni yangi qirralarini tadqiq etish lozim.
Folklor qo‘shiqlari vositasida amalga oshiriladiga tarbiya o‘quvchilarda voqelik, ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi go‘zallikni idrok etish salohiyatlarini kuchaytiradi. Ularda milliy madaniyatga, san’at va adabiyotga, xalq an’analari va tiliga muhabbat tuyg‘ularini o‘stirish, ularni go‘zallik qonunlari bo‘yicha idrok etishlariga ko‘maklashadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari folklor qo‘shiqlarini o‘rganishi va shu orqali estetik tarbiyalanishga muhtojdir.. Xalq qo‘shiqlariga taalluqli suhbatlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishi, ularning namunalaridan turli bayram-tadbirlarda foydalanilishi tarbiya manbalaridan biridir. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida, ta’lim-tarbiya sohasi bo‘limida milliy istiqlol g‘oyasini xalqimiz ongiga singdirish ishlarini estetik tarbiya bilan olib borishga alohida e’tibor qaratilgan. SHunga ko‘ra bolalar folklor qo‘shiqlari bo‘yicha respublika miqyosida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib turish va dasturda folklor qo‘shiqlarini ham kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kezi kelganda ta’kidlab o‘tish joizki, umuman mamlakatimiz miqyosida folklor qo‘shiqlari vositasida vositasida ommaning estetik madaniyatini oshirishga e’tibor ortib borayotganligini e’tirof etgan holda, estetik ta’lim-tarbiya masalalarini mamlakat miqyosida hal etish, uning echimiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish zaruriyati sezilmoqda.
SHunga ko‘ra XX asrning 70-80 yillariga an’anaga aylanib qolgan o‘quvchi-yoshlarni badiiy-estetik tarbiyalash bo‘yicha O‘zbekiston Maorif Ministrligi (hozirgi Xalq ta’limi vazirligi)ning Respublika miqyosida o‘tkazib kelgan ilmiy-amaliy konferensiyalarini mazmunan yangi ko‘rinishda o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Anjumanlarda nazariyotchi olimlar, mutaxassislar tomonidan viloyatlar folklor qo‘shiqlari bo‘yicha bir qator ilmiy-nazariy va metodik ishlanmalar tayyorlanishi, yangi g‘oyalarini o‘rtaga tashlanishi, amaliyotchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishi o‘quvchi-yoshlarni estetik tarbiyalash samarasini yanada oshirib borishga o‘zga xos maktab bo‘ladi.
Tahlil etilgan ilmiy-tadqiqot ishlar mazmunidan ayon bo‘ldiki, ularda estetik tarbiyaning turli komponentlari tadqiq etilgan bo‘lsada, lekin folklor qo‘shiqlarining ilmiy-metodik xususiyatlari va ular vositasida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash muammosi hali chuqur o‘rganilmagan. SHuning uchun ham pedagogika fani umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun xalq musiqasi, qo‘shiqlari, jumladan, folklor qo‘shiqchiligi sohasi bo‘yicha estetik ta’lim va tarbiya tizimini ishlab chiqish, shu kungacha bo‘lgan ma’lum tajribalarni umumlashtirish, metodik tavsiyanomalar va qo‘llanmalar yaratish kun tartibidagi eng muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bizning bu sohadagi ilk tajribalarimiz va kuzatishlarimiz, amaliy tavsiyalar va maslahatlarimiz mavjud vazifani amalga oshirish yo‘lidagi bir urinishdir.
Musiqa pedagogikasi va estetik tarbiya muammolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, adabiyot va san’at vositasida ish tutish ko‘pincha bir-biriga yaqin turadi. Ular bir maqsadga yo‘naltirilganligi uchun ham ish uslublari, shakl va mazmuni, beriladigan tavsiyalar ham o‘xshashdir. Ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlari asosan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar bilan bu borada olib boriladigan vazifalarni qamrab olganligi bilan xarakterlidir.
O‘z-o‘zidan ravshanki, umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-7 sinf o‘quvchilari bilan folklor qo‘shiqlari bo‘yicha shunchaki ish olib borish maqsadga muvofiq kelmaydi. 5-7 sinf o‘quvchilari o‘rtasida yosh, dunyoqarash, tushuncha, estetik saviya va folklor qo‘shiqlarini kuylash, mazmun-mohiyatini idrok qilish qobiliyati, umuman psixologik va fiziologik jihatdan farq bo‘lib, buni hisobga olmaslik aslo mumkin emas. Musiqa o‘qituvchilari shularni e’tiborga olgan holda bo‘lakcha dastur va metodlar hamda talablar asosida ish olib borishlari tabiiy holdir. Zero, bugungi ta’lim-tarbiya mazmuni va metodikasiga yangi ijtimoiy talablar qo‘yilmoqdaki, shulardan biri, milliy musiqiy qadriyatlarni, jumladan, folklor qo‘shiqlarini faol o‘zlashtirish, unda ta’limning ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash, ma’naviy-estetik komil shaxsni tarbiyalash vositasi ekanligi bilan ifodalanadi. SHuning uchun ham, xalq musiqasi, folklor qo‘shiqlari orqali o‘quvchilarni estetik tarbiyalash vositasi sifatida foydalanishni tadqiq etish o‘z echimini kutayotgan ilmiy-pedagogik muammodir.
SHu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini xalq musiqasi, kuy va qo‘shiqlari vositasida estetik tarbiyalash mavzusida respublikamizda butunlay ilmiy tadqiqot ishlari qilinmagan desak to‘g‘ri bo‘lmaydi. Musiqa san’atining ayrim turlari bo‘iicha va ahloqiy-estetik tarbiya bo‘yicha o‘quvchilarni estetik tarbiyalashning ayrim yo‘nalishlari S.X. Fayzulina[86], M.Ochilov[65], M.B.Qosimova[116], I.M.Nisanov[123], S.X.Yo‘ldoshevalarning[42] ilmiy ishlarida bir qadar yoritilgan. Bu kabi tadqiqot va ilmiy izlanishlarda o‘quvchilarga estetik tarbiya berishning mohiyati va vazifalari turlicha va har bir sohaning o‘ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda talqin etilgan. Ularda badiiy idrok etish, did va ehtiyojni kamolatga etkazishning shakl va usullari ko‘rsatiladi. Lekin umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-7 sinf o‘quvchilarini folklor qo‘shiqlari vositasida badiiiy estetik tarbiyalash muammosi alohida ilmiy tadqiq etilmagan. Biz bu bo‘shliqni to‘ldirishga ya’ni, folklor qo‘shiqlarining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, turli mavzulardagi qo‘shiqlarni estetik tarbiyada tutgan o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatish, uni nazariy va amaliy jihatdan asoslashga harakat qildik.
Folklor qo‘shiqlari faqatgina an’anaviy ijrochilik namunalari bo‘lib qolmay, ayni paytda xalq o‘rtasida keng tarqalgan, abadiy voqelikka mansub ijod va san’at deb baholanmog‘i zarur. Ayrim ilmiy va ommaviy maqolalar va hatto o‘quv manbalarida «folklor qo‘shiqlari» degan atamani tor ma’noda tushunish, uni faqat folklor qo‘shiqlaridan iborat deb qarash holatlarini uchratamiz. Bu esa, o‘z navbatida, shu sohada ish olib borayotgan musiqa ta’limi mutaxassislari va musiqa fani o‘qituvchilarini bir yoqlama ish olib borishlariga olib keladi. Bizning vazifamiz o‘tgan davr va hozirgi zamon o‘zbek folklor qo‘shiqlarini tahlil qilib, imkoni boricha, folklor qo‘shiqlarining ayrim namunalarini yoshlarning ma’naviy olamlarini boyitish yo‘lidagi xizmatga yo‘llashdir. CHunki o‘zbek folklor qo‘shiqlari boshqa milliy qadriyatlarimiz singari o‘tgan yaqin tariximizning xatarli oqibatlari natijasida xalqimiz madaniy hayotidan tobora uzoqlashib, tanazzulga yuz tutayotgan, kelajagi mavhum san’at turlari qatoriga kelib qolgan edi.
Vaholanki, barcha zamonlarda ham folklor qo‘shiqlarini avaylab-asrash, boyitish va keyingi avlodga etkazish yo‘lida xayrli sa’yi-harakatlar qilgan fidoyilarimiz bo‘lgan. Ular o‘zbek folklor qo‘shiqlarini o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda murojaat etish mumkin bo‘lgan muhim manbalardan deb qaraganlar.
O‘zbek folklorining jonkuyar tadqiqotchisi Muzayyana Alaviya mavsum va marosim qo‘shiqlariga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar yaratgan [14,15,16]. M.Ochilov esa o‘zbek xalq mehnat qo‘shiqlarining poetikasini tadqiq etgan[65].
J.Qobulniyozovning «O‘zbek sovet folklorining rivojlanish yo‘llari» va u nashrga tayyorlagan «Xorazm folklor qo‘shiqlaridan namunalar»[94], X.Razzoqov nashrga tayyorlagan «Gulyor»[30] to‘plamlarida ham folklor qo‘shiqlarining ko‘pgina turlari va namunalari haqida so‘z yuritiladi.
Biz viloyatimiz ta’lim muassasalarida folklor qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarga estetik tarbiya berish amaliyotini tahlil etar hamda bu ishni olib borishda unga kuchli ta’sir etish yo‘llarini izlar ekanmiz, bu borada jiddiy kamchiliklar va nuqsonlar borligini ko‘rdik. Bu avvalo shu paytga qadar asrlar osha yillar sinovidan o‘tib kelayotgan bu bebaho boyliklarga loqaydlik bilan qarab kelinayotganligining oqibatidir. Respublikamizdagi mavjud umumiy ta’lim va musiqa maktablarining o‘quv programmalari hozirgi zamon talablariga javob bera olmaydi. Unda xalq kuy va qo‘shiqlarini o‘rgatish ko‘rsatilmagan. Holbuki har bir viloyat o‘quv rejalarini o‘z sharoiti va milliy musiqa madaniyati merosiga moslashtirish ko‘rsatilgan. Endi amaliy ishga o‘tish payti keldi». Ushbu so‘zlar umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi musiqiy-estetik tarbiyaga ham to‘la taalluqli bo‘lib, o‘z navbatida, xalq qo‘shiqlariga ham muayyan darajada e’tibor qaratilishini va folklor qo‘shiqlaridan estetik tarbiya vositasi sifatida foydalanishni taqazo etadi.Demak bu jarayonni yangi qirralarini tadqiq etish lozim.