O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat



Yüklə 58,66 Kb.
səhifə8/12
tarix16.10.2023
ölçüsü58,66 Kb.
#156392
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-hozir.org

Mirzo Qosim va Farzinchaham bor.Ushbu she’rda ketirilgan shaxslarning soni yigirma sakkizta bo`lib ulardan o`n beshtasi savdogarlik bilan shug`ullangan.
Shuning o`ziyoqshe’rdagi shaxslarni alohada o`rganib chiqish zaruratini yuzaga chigardi. Sharif Yusupov bu ishga qattiq bel bog`ladi va qancha yutuqlarga erishdi.
xufiya qatlamlar” kitobining “yaxshidan qolgan bog`” qismida Furqat do`stlari orasidan birinchi bo`lib tilga olgan Mirzo Abdulloboy haqidagi ma`lumotlar keltirilgan. Yuqorida Tojimuhammadga bag`ishlangan maqolada ham bu kishi haqida ma’lumotlarni berib o`tgan olim endi u haqda yana ham aniqroq ma’lumotlar keltiradi. Bu ma’lumotlardan Furqatga taalluqli qismini aytadigan bo`lsak , unda qumri voqeasi juda ta’sirli ifodalangan. Olim ushbu ma’lumotni Mirzo Abdullaboy o`g`li Asadulla tojirning hamkasbi Shotursun Shomaqsudov xotira daftaridan olgan. Unda aytilishicha, Tojimuhammad savdogar Asxabod tarafga safarga ketayotib olti juft qumri oladi va uni uyga jo`natadi.Furqat bir muddat qumrilarni kuzatadi-da she’r mashqiga tushib ketadi.
Alamlik qumriman bir gulbadandin ayrilib qoldim
Nazokatda qadi sarvi chamandin ayrilib qoldim


Qafas bayt ul-hazan, Ya’qubdek qon yig`lasam arzir,
O`shandog` yusufi gul piraxandin ayrilib qoldim…


Paru bolim to`kuldi, maskanim oxir qafas bo`ldi
Muhabbat yo`lida ,Furqat, vatandin ayrilib qoldim.
Furqat o`z turmush hayotidagi qiyinchiliklarni qumrilar misolida ko`rgani uchun ham g`azal nihoyatda ta’sirchan chiqqan bo`lsa ajab emas.
Asadulla tojir o`sha paytdayoq bu g`azalni yod olgan ekan .U Furqatning ko`rininshi quyidagicha tasvirlagan: “O`zi rindtabiat, nihoyatda did bilan kiyinar, oq yuzli, chiroyli edilar shoir Furqat”.
Furqat Toshkentdan chet elga jo`nab ketgach, to umrining oxirigacha ham eng yaxshi do`stlaridan bo`lmish Mirzo Abdullaboyni also unutmagan.
Istambuldan jo`natilgan she’riy maktubda Mirzo Abdullaboydan keyin Yusuf boyvachcha nomi tilga olingan. Sharif Yusupov buy shaxsni o`rganish jarayonida qiziq bir voqeaga duch keladi. Ma’lumotlarni to`plar ekan gap xuddi o`z otasi haqid ketayotgandek ko`rinadi. Chunki, uning otasi ham Yusuf boyvachcha Nurmuhammad o`g`li bo`lgan,u ham savdogar edi.Ammo keyinchalik Furqatning do`sti bo`lgan Yusuf boyvachcha boshqa edi.



Yüklə 58,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin