O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat



Yüklə 58,66 Kb.
səhifə1/12
tarix16.10.2023
ölçüsü58,66 Kb.
#156392
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-hozir.org


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT
UNIVERSITETI SIRTQI (MAXSUS SIRTQI)
BO’LIMI
MUSTAQIL ISHI
FAN: O’zbek adabiyoti tarixi
MAVZU: Sharif Yusupovning mustamlakachilik davri ilk bosqichiga oid asarlari tahlili
GURUH: 9-2 UZB S-18
BAJARDI: Nekova Nargis
TEKSHIRDI: Qudratova M.


2021-2022-o’quv yili


Mavzu: Sharif Yusupovning mustamlakachilik davri ilk bosqichiga oid asarlar tahlili
Reja:


I.Kirish:
Furqat ijodi Sharif Yusupov talqinida.
II.Asosiy qism:
1. “Furqat yo`llarida” asarida Furqat timsoli
.2. “Xudoyorxon va Furqat” risolasida shoir va u mansub guruhning tarixiy-falsafiy-badiiy talqini .
.3. “Xufiya qatlamlar” asarida Furqatning ziyoli va ma’rifatparvar savdogar do`stlari.
.4. “Tarix va adab bo`stoni” da Furqat asarlari haqida yangi ma’lumotlar.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH:
Filologiya fanlari nomzodi , professor Sharif Yusupov adabiyotshunoslik va tarix fanlari bo‘yicha bir qaor ilmiy izlanishlar olib borgan. 1989-yili Sharif Yusupovning “Furqat yo`llarida” monografiyasi e`lon qilindi. Olim 1990-yili “Furqat va o`zbek ma`rifatparvarlik adabiyotining yangi bosqichi” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Mustaqillik yillarida tadqiqotchi olimning “O`zbek ma`rifatparvarlik adabiyoti va Furqat” nomli uslubiy qo`llanmasi nashr etilgan. Sharif Yusupovning 1995-yili “Xufiya qatlamlar” “Xudoyorxon va Furqat” kabi kitoblari nashr etildi.Olim Furqat ijodining ma’lum bir qirralarini arxiv ma’lumotlari hamda ilmiy izlanishlarga asoslangan holda yoritib beradi. Uning ijodidagi “Xufiya qatlamlar” “Furqat yo`llarida”,”Xudoyorxon va Furqat”asarlarini o`rganish asnosida olimning o`zbek adabiyotshunosligida qanchalar muhim ishlarni amalga oshirganini o`rganish adabiyot sohasidagi dozarb masala bo`lib qolmoqda.
g nomi milliylikdir. Darhaqiqat , Furqat ijodidagi ma’rifatparvarlik ruhining talqin qilinishi, xalqni ziyoli bo`lishiga istashi uning asarlarida aks etgan. Uning mana shu ruhdagi asarlarini aslidagi kabi talqin etish sho`rolar davrida bir muncha cheklangan. Sharif Yusupovning mana shu cheklashni inkor etgan tadqiqotlar qilgan
1984- yili Sharif Yusupovning “Furqat yo`llarida” monografiyasi e`lon qilindi. Monografiyada Furqatning chet elga ketish va qolib ketish sabablari, shoirning vatanjudoliqda kechgan og`ir hayoti to`g`risida arxiv hujjatlari hamda ishonchli manbalar asosida e`tiborli mulohazalar bayon qilindi. Tadqiqotning yana bir diqqatga sazovor jihati shundaki, olim mazkur masalalar yuzasidan ilgarigi ilmiy ishlarda bildirilgan fikrlar bilan munozaraga kirishadi va o`z qarashlariga ishonarli dalillar keltiradi. Shoirga nisbat berib kelingan bir qancha she`rlarning, jumladan, Sharifxo`ja qozi va Sayidazimboyni tanqid qilgan deb kelingan hajviyalarning unga mutlaqo aloqasiz ekanligini rad etib bo`lmaydigan dalillar bilan isbot etadi. Shoirning chor hukumati yuqori doiralarini madh etgan deb qaralgan asarlarini yangicha talqin qilib, ularning zohiriga emas, tagmatniga e`tibor qaratish zarurligi haqidagi muhim ilmiy xulosani o`rtaga tashlaydi. Olim 1990- yili “Furqat va o`zbek ma`rifatparvarlik adabiyotining yangi bosqichi”mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Dissertatsiyada mazkur mulohazalarini yanada yangi dalillar, umumlashma ilmiy xulosalar bilan boyitdi. Arxiv hujjatlari va ishonchli manbalarga tayanish, ilmiy xulosalarning tamomila yangi ekanligi, yangicha talqin va taqlillar- Sh. Yusupov tadqiqotlarining yutug`ini ta`minlagan muhim omillar shulardan iborat. Sho`ro davrida yaratilgan bir qancha ijtimoiy-falsafiy yo`nalishdagi tadqiqotlarda ham Furqat hayoti va faoliyati, falsafiy qarashlari haqida qimmatli ilmiy mulohazalar bildirdi.

Yüklə 58,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin