O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat



Yüklə 58,66 Kb.
səhifə4/12
tarix16.10.2023
ölçüsü58,66 Kb.
#156392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-hozir.org

Furqat Yorkentdan yozgan she’riy maktubi yo`llangan Toshboltu Roiq taxallususi bilan asar yaratgan. Olim uning o`g`li hali hayot ekanligini aniqlaydi.
Xulosa qilib olim, “Marg`ilonda Furqat ijodkor sifatida yangi bosqichga ko`tarilishiga, ilmini takomillashtirishiga, she’riyat bobida ustoz darajasiga yetgan qalam sohiblari bilan abadiy do`stlashuviga yordam erishdan tashqari, o`sha davrdagi mahalliy xalq hayotida yangi va ulkan voqealardan bo`lgan gazeta bilan tanishuviga , gazeta orqali ma’rifatparvarlik faoliyatida ilk odimlarni tanlashiga ham ko`p jihatdan qulay sharoit vujudga kelgan edi” deydi.
Ikkinchi qism “Toshkentdagi faoliyat” bo`lib unda Fur qatning Toshkentdagi hayoti aks ettirilgan. Furqat Toshkentda do`sti Hoji A’zam ko`magi bilan Ko`kaldosh madrasasidagi bir hujraga joylashadi. Shoir bu yerda Sattorxon Abdug`afforov, Jo`rabek Qalandarqori o`g`li, Muhiddinxo`ja Hakimxo`ja o`g`li Saidrasul Saidrasul o`gli va boshqalar bilan do`st tutunadi.
Keyingi qismda ularning faoliyatlari va Furqat bilan qanday aloqasi bo`lganligi izohlab beriladi. Furqat rus ziyolilaridan S. Gramenitskiy, G. Mitropolskiy, V. Stepanov, M. Lyutov, E. Gradusov va boshqalar bilan tanish bo`lgan ulardan so`nggi madaniy yangiliklarni bilib olgan. Ammo Turkiston o`lkasiga demokrtik g`oyalar kirib kelishiga to`sqinlik qiluvchi rus ma’murlari Furqatni ham uning rus do`stlarini ham ta’qib va vatanjudoliklarga duchor etadilar. Arxivda saqlanayotga N. Ostroumovning kundaligini o`rganib chiqqan Sharif Yusupov, uning qanchalar ikkiyuzlamachi bo`lganligiga guvoh bo`ladi. Furqatga boshqa shaharlarga borib yangiliklar bilan tanishib kelishni taklif qilgan N.Ostroumov u ketgach turkistonning barcha darvozalarini shoir uchun yopib qo`yadi. Uning do`stlarini ham ta’qib ostiga oladi.
Furqat yo`llarida” kitobining adabiyotshunoslik uchun muhim qismlaridan biri “Musaddasning abadiyati”dir. Unda Furqatning eng mashhur musaddasi “Sayding qo`yaber, sayyod…” haqidagi yangi mulohazalar berilgan. Olim adabiyotshunoslarning musaddas haqidagi tarqoq fikrlarni bir yerga jamlab, arxiv materiallarini o`rganib “Sayding qo`yaber, sayyod…” Sa’dulloning o`limiga bag`ishlab Furqat tomonidan yozilganini uzil-kesil ma’lum qiladi. Shuningdek, bu musaddasning Andalib musaddasidan farqlari aniq ko`rsatrib beriladi.
Kitobning keying bobi “Ma’rifat mash’ali shoir qo`lida” deb nomlangan. Uning birinchi bo`limida “Gimnaziya” “Akt majlisi xususida” “Ilm xosiyati” haqida she’rlarning yaratilish sabablari va ular haqida olim to`plagan ma’lumotlar keltirilgan.
Furqatning “ Gimnaziya” she’ri 1890-yil 23-martda gimnaziyani tomosha qilgandan so`ng yozilgan. 1890-yil 17-aprelda “Turkiston viloyatining gazeti”da
chop etilgan. Sharif Yusupov she’rning qo`lyozma nusxasini o`qib chiqishi natijasida u aslida “Toshkand shaxrining podsholik gimnaziyasi, ya’ni katta madrasasini hurmatli Nikolay Petrovich Ostroumov ijozati bilan xo`qandlik kamina Zokirjon Furqat va Hoji Zuhur tamosho qilg`onimiz xususida” deb nomlanganini aniqlaydi. She’rning so`zboshisi bo`lgan va oldingi sonida nashr qilingan. Olim shu o`rinda vstavkani Furqat bilan birga tomosha qilgan Hoji Zuhur haqidagi ma’lumotlarni ham keltirib o`tadi. “Gimnaziya” she’ri haqida fikr yurita turib olim “ Furqat endina ko`ran hayot voqealarini saralaydi, poetiklashtiradi, ularning o`quvchiga ham ta’lim, ham estetik zavq beradigan jihatlariga asosiy e’tibor qaratadi.
Alar ilmidin ijod o`lsa tong yo`q,
Sikandar ko`zgusi Jamshid jomi.
Ana shu qiyos zamirida, ana shu istiqbolni ko`zlash zamirida o`z xalqini zamon lmidan, istiqbol ilmidan xabardor qilishga, uni davr talablari darajasiga yetib olishiga kuchli da’vatni payqamaslik emas degan” xulosaga keladi.
Furqatning “Akt majlisi xususida” she’ri “Turkiston viloyati gazeti”ning 1890-yil 2-iyuldagi 26-sonida chop etilgan. Sharif Yusupovning qator izlanishlari natijasida shu ma’lum bo`ladiki, akt majlisi bo`lgan kuni Sa’dullo bilan birga Furqat ham yovuz niyatli kishilaring “ziyofat”iga taklif qilingan edi. Furqat baxtli tasodif tufayli muqarrar o`limdan qoladi, ya’ni o`sha paytda akt majlisida ishtirok etayotgan bo`ladi.
Sharif Yusupovning kata yutuqlarida biri Furqat ijodini o`rgnishda faqat asl nusxadagi hujjatlardan foydalanligidadir. “Akt majlisi xususida” asarining dastxat nusxasini o`rganilganda 102 misra masnaviyning 26 misradan iborat qismi tushirib qoldirilganligi ma’lum bo`lgan. Shu o`rinda Furqatning “Sabog`a xitob” she’rining
280 misradan 202 misraga keltirilganligi eslash joiz deb topdik. Olim dastxat nusha va undan keyingi nushalarni o`qib chiqib barcha tushib qoldirilagn parchalarni keltirib o`tadi.
Furqat yo`llarida” bir qator muhim yangiliklar qatorida Furqatning qo`lyozmalari ga ham toxtalib o`tilgan. Furqatning dastxatlarini topishni G`ulom Karimov boshlab bergan. 1959-yil Olmaotadagi Respublika Davlat arxividan Furqatning 18 maktbini
va to`rt kichik ilmiy asarini topib keladi. “Sharq yulduzi” jurnalining 1960-yilgi 1-sonida bu asarlar haqida maqola yozadi. Sharif Yusupov ushbu maqoladan so`ng qo`lyozmalarni o`rganish to`xtab qolganligi, asl nusxalar bilan ishlash nechog`li muhim ekanini takidlab o`tadi.
Furqat “Sabog`a kitob” deb ataladigan katta she’riy maktubida 28 do`stining nomi keltirgan. Dastlab, she’riy maktubdagi 3 shaxsni G`ulom Karimov o`z tadqiqotlarida yo`l- yo`lakay fikr bildirish bilan cheklangan. Olimning 1978-yilda “Guliston” jurnalida “G`urbatda Furqat” deb nomlangan tadqiqoti chop etiladi. Bu maqola “Furqat yo`llarida” kitobidan ham o`rin olgan.Unda Hoji A’zam,Mirmaqsud oqsoqol, Abdul Azizxon Yusuf boyvachcha, Mirzahalil,Qori Siddiq, Valihoji, Yoqubxoji, Mirzahoshim kabi savdogarlarning hayotini , uning Furqat qanday bog`liqligini yoritgan.
Xudoyorxon va Furqat” asarida shoir va uning


Yüklə 58,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin