O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat


Sharif Yusupovning “Xufiya qatlamlar” asari



Yüklə 58,66 Kb.
səhifə6/12
tarix16.10.2023
ölçüsü58,66 Kb.
#156392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-hozir.org

Sharif Yusupovning “Xufiya qatlamlar” asari


Rus mustamlakasi davrida xalqimizning ma’naviyati, uning o`tmishda sodir bo`lgan muhim tarixiy voqealari, Turkistondan chiqqan ma’rifatparvarlar faoliyatining ayrim qirralari yashirilgan. Mustaqillikga erishganimizgan so`ng bu yashirin ma’lumotlar zaxmatkash olimlar tomonidan o`rganildi va ilmiy asoslab berildi. Sharif Yusupov ham Turkiston tarixining xonliklar davri va rus bosqini bilan bog`liq murakkab va chalkash muammolar bilan qiziqdi. Bu qishiqishlar tufayli olim turli arxivlar va qo`lyozmalarni o`rgandi. Natijada, sho`rolar davrida shaxsi qoralangan xukmdorlar,sarkardalar, ziyoli savdogarlarga oid ma’lumotlar yig`ildi. Professor Sharif Yusupovning “ Xufiya qatlamlar” asarini 1984-yilda yozilgan “Furqat yo`llarida” kitobining mantiqiy davomi deb atasak ham bo`ladi. Zero , “O`tmishdagi qadriyatlarimiz o`z munosib bahosini olayotgan hozirgi sharoitda yurtimiz , xalqimiz shon-shuxratini uzoq-uzoq mamlakatlarga yoygan el faroonligiga munosib hissa qo`shgan savdogar bobolarimiz bizga meros qoldirgan ajoyib ibrat namunalarini yoshlar, albatta, bilishi va ulardan yorqin istiqbolni yaqinlashtirish yo`lida keng foydlanishi zarur deb hisoblaymiz” ‒deb yozadi olim.
Professor SH. Yusupovning “Xufiya qatlamlar” asarida Xudoyorxon va uning ajdodlari, xonning ma’rifatparvar shoir o`g`li Fansurullobek, jasur sarkarga Alimquli, mustaqillik fidoyisi Hakimxo`ja qozikalon, mustamlaka Turkistonda tijoratchilik iftixori bo`lgan Valixojiboy ,Tojimuhammad ,Mirzo Abdulloboy,Yusuf boyvachcha, Hoji A’zam, Qori Siddiq, Mirzo Halil , Abdulazizxon haqidagi yangi fikrlarni keltirdi.
Kitob bilan tanishar ekanmiz, dastlab olim Po`latxon boshchiligidagi ozodlik kurashiga to`xtalib , bu kurashga to`g`ri nigoh bilan qarashga undaydi. Asarda ,shuningdek, Oltin Beshik voqeasini ham to`liqroq yoritadi. Unda Bobur nega Oltin Beshik haqida “Boburnoma”da qayd etmaganini quyidagicha yoritadi:
Bobur o`z diyoriga tashlab ketishga majbur bo`lgan Oltin beshik voqeasini o`zining shoh asarida aks ettirsa, endilikda bu yurt hukmori bo`lgan Shayboniyxon va uning atrofidagilar bir zumda xabar topib, begunoh shahzodaning boshini sapchadek uzib tashlashlari muqarrarligini xayoliga keltirmadimikin?”. Bu ish olim nazdida Boburning uzoqni ko`ra oluvchi shaxs ekanligiga bir ishora edi.
Asarning keyingi qismida Rossiya bosib olgan paytda shaharning qozikaloni
bo’lgan Hakimxo`ja eshon Norxo`ja eshon o`g`lining qanday qilib qozikalon mansabiga ega bo`lgani, uning naqadar zo`r iymon va e’tiqod egasi bo`lganligi aks ettiriladi.
Navbatdagi qismda amirlashkarAlimquli haqida so`z boradi. Olimning bu shaxsni o`rganishga bo`lgan jo`shqin shijoatini quyidagi jumlalarda ko`rishimiz mumkin:
Vatan osmonida bir chaqmoq bo`lib, hammayoqni bir yo`la yoritgan ,afsuski, chaqmoqday qisqa umr ko`rgan bu bahodirning xalqqafidoyiligi o`lkani zabt etgan o`ris mustamlakachilari-yu ularning yurtimizdagi hamtovoqlariga ham , ulardan o`n barobar yuz barobar zolim bo`lgan sho`ro jallodlari ga sira yoqqan emas. Shu vajdan Alimqulining nomini ham ishlarini ham xalqdan yashirishga ., yahirishning iloji bo`lmagan hollarda unga tuxmat qilishga odatlangan edilar”. Maqola so`ngida olim Alimqulining nomi xalqimiz tarixida oltin harflar bilan bitilishi kerak deb hisoblaydi.
Sharif Yusupov o`z tadqiqotlarini ma’lum bir izchillik bilan yozgan . Ya’ni, Furqatning “Sabog`a xitob” asaridagi nomi keltirilgan shaxslarni ketma-ketlikda o`rgangan. Buni “Xufiya qatlamlar”ning keyingi qismlaridan ham bilishimiz mumkin. Bir qancha tadqiqotlarini ziyoli va fidoyi savdogarlarga bag`ishlagan olim navbatdagi maqolasini ham Mirzo Adullaboy va uning ukasi Tojimuhammad Isamuhammedovga ataydi . Furqatning “Sabog`a xitob”ida ular haqida quyidagi jumlalar keltirilgan:
O`t andin so`ngra Darxon ko`chasig`a,
Ki bir do`st-u qadrdon ko`chasig`a.
Muhabbarpesha yaxshi oshinomiz,
Daroz andeshalik Mirzo akamiz‒

Yüklə 58,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin