O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat


Sharif Yusupovning “Tarix va adab bo`stoni”



Yüklə 58,66 Kb.
səhifə9/12
tarix16.10.2023
ölçüsü58,66 Kb.
#156392
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-hozir.org

Sharif Yusupovning “Tarix va adab bo`stoni”
kitobida Furqat haqida
Bir qancha tadqiqotlarida adabiyot va tarixni hamnafaslikda o`rgangan olim Sharif Yusupovning ushbu kitobi 2003-yilda nashr etilgan. Olim kitobning so`zboshini quyidagi so`zlar bilan boshlaydi:
Hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan bo`lmish milliy mafkurani shakllantirishda boy tariximizni ilmiy halollik bilan, istiqlol bergan keng imkoniyat darajasida yoritish aryicha ahamiyat kasb etadi.” Shu sababli ham olim tarix yashirib kelgan bir qancha voqealarni o`rgangan edi. Kitob ikki bo`limdan iborat , birinchi bo`lim “Tarix mas’uliyati” deb nomlangan. Unda tarixiy shaxslarning bir qanchalari Jo`rabek Qalandarqori o`g`li , Sebzor dahasi qozisi bo`lgan Muhiddinxo`ja,Sheralixonning xotini, Xudoyorxonning onasi, tarixda “Hokim oyim” nomi bilan qolgan malika, yanigicha yo`nalishdagi o`zbek ma’rifatparvartligining ilk namoyondasi Sattorxon hayotlari yoritilgan. Ikkinchi bo`lim “Adab bo`stoni “ `deb nomlanib, undan birinchi yetuk ma’rifatparvar Zokirjon Furqatga oid yangi ma’lumotlar,uning matbuotdagi so`nggi asari, “toji ush-shuaro” Muhyi Ho`qandiy, Haziniy, Chustiy haqida olimning yangi mulohazalari o`rin olgan.
Sharif Yusupovning Zokirjon Furqat ijodiga yana bir bor murojat qilishdan maqsadi shoirning publistika sohasidagi xizmatlarini e’tirof etish, o`quvchilarga uning vatanjudolik yillarida iztiroblarini yaqqolroq ko`rsatish.Olim Furqat hayotini chuqurroq o`rganish kerak deb hisoblaydi . Zero,
Bu azamat ijodkor nomi “dahr ichra alam” bo`lgan Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz, Nasimiy, Navoiy, Fuzuliy, Mashrab va boshqalardan olgan saboqlarini iftixor
Bila tasvirlagan, o`zbek xalqining eng ibratli udumlarini, marosimlarini ulug`lovchi “Gap xususida”, “Aza xususida”, “To`y xususida” singari ilmiy-ommabop asarlar yozgan, G`arbiy Yevropa va rus kompozitorlarining eng yaxshi musiqalarini tinglar ekan, ularda o`zbek maqomlari va klassik kuylariga botiniy hamohanglik mavjudligi uchun sevib qolgan, kelajak naslla ulardan bahramand bo`lajagini bashorat qilgan.” ‒deydi olim.
Furqatning hayoti sho`rolar davrida o`rganilar ekan, unga rus bosqinchilariga xizmat qilganligi haqida soxta ma`lumotlar singdiriladi. Sharif Yusupov esa bu zabardast so`z ustasiningf asarlarini o`qirekan hamisha uning botiniy mzmuniga ahamiyat bergan . Olimning fikricha, shoir xorijda yashar kan, bir tomondan “Turkiston viloyatining gazeti” muharriri N. Ostroumovning buyurtmasiga, ikkinchi tomondan yokentlik xo`jayin Komiljonboyninh farmoyishiga ko`ra rus-yapon urushi mavzusida bir nech she’rlar e’lon qildiradi. Aslida, chorizmning bosqinchilik siyosatini tanqid qilish Furqat asarlarinng zamiriga, botiniga singdirib yuborgan. Bu fikrga dalil sifatida shoirning “Qasida”ga yozgan so`zboshisi keltirilgan: “Arbobi nazardin umid ulkim,ushbu jaridag`a munsifona ko`ngul birla mutolaa va mulohaza aylagaylar. Mabodo xotirlarig`a qilmog`aykim, bu so`zlar xushomadgo`ylig`, yuzidin ado topqon bo`lg`ay deb. Chunki maqsudimiz asli boshqa yerga resh chekmakligi ko`nglumiz ganjinasida maktum va mazmirdir, vassalom” . Bu bilan shoir o`z asarlarining ichki mazmunini tushunib o`qishni iltijo qilgan. Sharif Yusupov “Rus askarlari ta’rifida” she’rining kirish qismi va boshqa asarlaridagi mazmunni shoir o`zi istagandek tahlil qiladi. Olim “Furqat kirish so`zidagina emas, balki asarlarning matnida ham rus-yapon urushining adolarsiz tabiatiga, begunoh yapon xalqi boshiga keltirgan so`ngsiz kulfatlarga ishora etadi” degan xulosa keladi. Yirik ma’rifatparvar shoir o`zining chorizm siyosatiga mohiyat e’tibori bilan zid kelgan qizg`in faoliyati uchun 1891-yildan to umrining oxirigacha vatanjudolikda yashashga majbur bo`lgan. Furqatning yor-u birodarlari bu vatanjudolikni “sayohat” o`ylaydilar , shoirga yo`llagan maktublarida ham buni aks ettiradilar. Sharif Yusupov shoirning barcha xabar va maqolalari o`qib tahlil qilgach “aslida bu sayohat emas, majburiy vatanjudolik ekanini , undan qutulish hayratafzo tilsimdan qutulishdek chorasiz ekanini” tushunib yetadi. Buni olim Furqat 1903-yilda marg`ilonlik do`sti Toshboltuga yo`llagan maktubi orqali dalillaydi:

Yüklə 58,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin