O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Xarakter aksentuatsiyasi 
(yunon. charakter-xususiyat, nishon, belgi, 
akcentus-urg’u)- xarakterning alohida xususiyatlariga ortiqcha urg‘u berilishi.
Xarakterning ma’naviy sifatlari - 
odamoshavandalik, samimiylik
rostgo’ylik, gumanizm, mehribonlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, o‘z qadr 
qimmatini bilishlik kabilardan iboratdir. 
Xarakter xislatlari - 
ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topgan, shaxsning xatti-
harakatlarida muntazam uchraydigan doimiy xususiyat va sifatlari yig‘indisi. 
Xolerik
(yunon.chole-safro, sariq o’t) - temperament turi, u hissiyotning 
jo’shqinligini, kayfiyatning birdaniga tez o‘zgarib qolishi, hissiyotning
muvozanatsizligi va umuman harakatchanligi bilan ifodalanadi. 
Xudbinlik-
kishining faqat o‘z manfaatini ko‘zlovchi salbiy xarakter xislati
boshqalar manfaati bilan hisoblashmaslik. 


423 
Xayol
-mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik 
aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol va tasavvur 
xayol turlariga ajraladi.
Xayolparast 
(yunon.phantasia-tasavvur, xayol)- kishining voqea, dalillarini 
asta-sekin buzib, ularni o’z xohishiga qarab fikri -xayoliga moslab tasvirlab 
berishi. 
Eksperiment metodi
– yangi psixologik bilimga ega bo’lish uchun obyektiv 
tarzda ilmiy bilishning asosiy vositasi. U laboratoriya va tabiiy E. metodlarga 
bo‘linadi. 
Empirik metod 
(yunon.emperia-tajriba, methodos-tadqiqot) tekshiriluvchi 
haqidagi ma’lumotlarni tajribaga asoslanib, amaliy tajribalar bilan aniqlash usuli. 
Eksteroretseptiv sezgilar
– tashqi olamdagi narsa va hodisalarning turli 
xususiyatlari haqida darak beruvchi, tana sirtida joylashgan retseptorlar, sezgilar. 
Mas: ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilishdan iborat tashqi sezgilar.

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin