3.3.Yuksak psixik funksiyalarning substrati-miya.
Psixikaning vazifasi
Borliq voqeliklarini bir tekis in’ikos ettirish vositasi sifatida insonda his-
tuyg‘ular rivojlana boshlaydi. Inson bilan hayvonot olami orasidagi yana bir
tafovut his-tuyg‘ular orqali namoyon bo‘ladi. Lekin atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga
nisbatan befarqlik har ikkala toifadagi mavjudodlarda hukm surmaydi, biroq tashqi
ta’sirlar ijobiy yoki salbiy hissiy qo‘zg‘atishni vujudga keltiradi. Emotsional
holatlar hayvonlarda ustuvor rol o‘ynaydi, o‘zlarining ularga munosabatlarini
bildiradi. Biroq hayvonlardan farqli o‘laroq odam o‘zining yuksak his-tuyg‘ulari
(axloqiy, aqliy, nafosat, praksik - lazzatlanish) bilan jamiyatga va tabiatga nisbatan
munosabatini bildiradi, jumladan, quvonch, g‘am-g‘ussa, mehr-muhabbat,
achinish, hamdardlik, zavqlanish, faxrlanish, iftixor va boshqalar. Tabiat
manzaralari, mehnat mahsuli, turmush lahzalari, ezgulik, armon insonni faolikka
undaydi, har bir soniyadan maqsadga muvofiq foydalanish xohishlari motiv
vazifasini bajarishga o‘tadi. Yuksak his-tuyg‘ular inson xulq-atvorining
regulyatoriga aylanadi. Undagi vijdon, uyat, mas’ullik esa qadriyat tariqasida
xizmat qiladi. His-tuyg‘ularni boshqarish, nazorat qilish onglilikni taqozo etadi,
ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishni ta’minlashga yordam beradi.
Agarda psixikaning taraqqiyoti biologik evolyutsion qonunlar ta’siri bilan
ro‘y bergan bo‘lsa, inson ongining rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlari
tufayli amalga oshgan. Hayvon bilan odam psixikasidagi yana bir tafovut ularni
rivojlanish shart-sharoitlarida ko‘rinadi va muhit, munosabat, ta’sir orqali aks
etadi. Shaxslararo munosabatga kirishmasdan turib, yuksak his-tuyg‘ular
70
shakllanmaydi, yuksak psixik funksiyalar rivojlanmaydi, inson shaxsi kamol
topmaydi. Odam faqat ijtimoiy muhitda, shaxslararo munosabatda insoniy
fazilatlarni egallab, til, aql, ong yordamida kamol topadi, xolos. Shunga
qaramasdan, ong paydo bo‘lishining biologik shart-sharoitlari mavjudligi
to‘g‘risida
mulohaza
yuritish
mumkin.
Chunki,
dastlabki
ijtimoiy
munosabatlarning biologik shart-sharoiti ibtidoiy jamiyatdagi to‘dadan iborat edi.
Shaxsning biologik shartlangan jihatlaridan tashqari, uning ijtimoiy omillari ham
mavjud bo‘lib, u muayyan ma’noda ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Bunga
ijtimoiy muhitdan tashqarida (o‘rmonda) shakllangan inson farzandlarining
qiyofasi yaqqol misoldir.
Muhitdagi keskin halokatli o‘zgarishlar tufayli inson o‘zining moddiy
ehtiyojini qondirish maqsadida mehnat faoliyatini kashf etdi va u ijtimoiy
munosabatlarning rivojlanishiga, turmush shart-sharoiti yaxshilanishiga, ongning
takomillashuviga, fikr almashish, axborot uzatish imkoniyatining tug‘ilishiga olib
keldi. Tartibsiz to‘dalardan kishilik jamiyati paydo bo‘lgunga qadar bir qancha
davrlar o‘tdi, odamning qo‘li mo’jizakor ish qurollarini yasaydigan, ularni
takomillashtiradigan, keyinchalik foydalanishi uchun asraydigan ongli mavjudodga
o‘sib o‘tdi. Mehnat faoliyatida odamning ongi aks ettirishning yuksak shaklini
egalladi, faoliyatning obyektiv xususiyatlarini farqlash, ularni maqsadga
muvofiqlashtirish tufayli atrof-muhitni o‘zgartirish, unga ta’sir o‘tkazish qudrati,
qobiliyati, layoqati vujudga kela boshladi. U faqat qurollardan muvaqqat
foydalanishdan voz kechib, avlodlarga qoldirish, asrashni ong ta’sirida ro‘yobga
chiqara bordi, buning natijasida insonning har xil shakldagi faoliyati ongli
faoliyatga aylandi, o‘zaro munosabatlar mazmuni, ko‘lami kengaya boshladi,
shaxsiy mehnat ulushi jamoa ehtiyojini qondirishni asosiy manbaiga aylandi.
Tabiatga ta’sir o‘tkazish, uni o‘zgartirish to‘g‘risidagi maqsad o‘z funksiyasini
o‘zgartirdi, qo‘l esa yangidan-yangi mo’jizalar ijodkoridan asta-sekin aks ettirish
quroliga, sezish, payqash, paypaslash, his etish organi vazifasini bajarishga o‘sib
o‘tdi.
71
Kishilik jamiyatida mehnat faoliyatining takomillashuvi, shaxslararo
munosabatning yangi shakllarining paydo bo‘lishi, til va nutqni vujudga keltiradi,
ularning barchasini maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlovchi ong jadal
sur’atlar bilan rivojlandi. Ong faqat faoliyat, xulq-atvor, muomala, his-tuyg‘ular
regulyatori emas, balki yakkahol shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini
to‘g‘ri amalga oshishining asosiy manbai rolini bajara boshladi.
Shunday qilib, insonning ongi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli bo‘lish
bilan birga, u mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishda, hamkorlikdagi
o‘zaro ta’sirda, tabiatga, jamiyatga nisbatan munosabatlar mohiyatida vujudga
kelgan. Buning mahsulasi, shakli sifatida individual, guruhiy, etnik (milliy),
ijtimoiy ong namoyon bo‘lgan va ularning barchasi taraqqiyot tufayli o‘zining
yangi bosqichlariga o‘sib o‘tgan hamda keyinchalik fan, texnika yaralishiga puxta
zamin hozirlagan.
Dostları ilə paylaş: |