76
bilan bilimlarini o‘zgartiradi, ajdodlar tomonidan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti
davomida yuzaga keltirilgan tajribalar majmuasi tilda mustahkamlanadi, u o‘zining
tafakkuri orqali hayoti va faoliyatini boyitadi. Til alohida obyektiv tizim sifatida
namoyon bo‘lib, unda ijtimoiy-tarixiy jarayonlarda vujudga kelgan an’analar,
marosimlar, qadriyatlar, g‘oyalar majmuasi tariqasida
ijtimoiy ongda aks
ettirilgandir. Psixologik talqinlarga qaraganda, alohida, yakkahol shaxs tomonidan
egallangan til boyliklari, qoidalari ma’lum ma’noda uning yaqqol, individual ongi
sifatida yuzaga keladi, shaxsiy hayoti va faoliyatini muvaffaqiyatlar amalga
oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Til bilan nutq borliqni anglashning aloqa quroli
hamda
vositasi funksiyasini bajarib, shaxsning boshqa mavjudodlaridan farqlash
sharti hisoblanadi va unda til bilan tafakkur birligi ong uchun moddiy negiz
vazifasida ishtirok etadi, qaysidir ma’noda mexanizm rolini bajarishi ham mumkin.
Shunday qilib, ontogenezda ongning paydo bo‘lishi («Men» davrining
boshlanishi),
uning taraqqiyoti, tarkibiy qismlari, unda ijtimoiy muhitning, zarur
shart-sharoitlarning roli, biologik va ijtimoiy shartlanganlikning ta’siri, tarbiyaning
ustuvorligi to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari mazkur
muammoning psixologik
tavsifini ishlab chiqishga muhim negiz yaratdi.
Dostları ilə paylaş: