48
Tarbiya turlari.
Aqliy tarbiya
. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va
faktlardan foydalanishning
o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash,
xulosa chiqarish, umumlashtirish,
tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash
lozim bo‘ladi. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarga
mustaqil bilim olishda eng
muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil
etish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘zo‘zini nazorat qilish malakasining hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Aqliy tarbiya o‘quvchilarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirani mustahkamlash, fikrlash
operatsiyalarini ratsional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi. Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli,
zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik —bu
donolik. Donolik —bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik noyob ne’matdirki, u
har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida „Aql toji oltindan,
oltin har kimda ham bo‘lmas“, deyiladi.
Dostları ilə paylaş: