O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma’naviy axloqiy bilimlar tizimi
ishonch, e’tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. 
Mustaqil O’zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko’rsatuvchi avlodni 
tarbiyalash mazmuni tamoman o’zgacha xarakter kasb etmoqda: 
- fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi; - vatanini har doim 
turli oqimlardan himoya etuvchi; 
- diniy bag’rikenglik va mehr-muravvatli bo’lish; 
- davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo’lish; 
- o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash; 
- yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda; 
- maqsadni aniqligi va uni to’g’ri yo’naltirish madaniyati; 
- tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati; 
- o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e’tiqodligi va ixtiyorlik.


13 
Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, “Milliy istiqlol 
g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi g’oyalarni bolalarning ongida o’ziga xos va 
mos ravishda singdiradi.
-Xalqimizning boy ma’naviy, an’ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan 
foydalanish. 
-O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni 
tarbiyalash. 
- Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
- Mehrli-muruvvatli va bag’ri kenglik. Ayniqsa kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning 
ta’limiy- tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy tajribalarning 
kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur 
munosabat bildira olmasligi kabilar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini 
rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir: 
1. Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o’rganish. 
2. O’quvchilarning oilaviy hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini 
qanday his etishi. 
3. Kundalik o’zgarishlarga o’quvchilarning munosabati. 
4. O’quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar haqidagi bilim darajasi. 
5. Qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning 
ijodiyotidan namuna bilishlari. 
Mazkur qoidalar boshlang’ich sinflarda sodda holda qo’llaniladi. Yuqoridagilarni 
aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o’rinlidir. SHundagina har bir o’qituvchilarning 
betakror, bir-biriga o’xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar 
tarbiyaviy ta’sirga ega bo’lib maqsadga erishtira oladi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin