O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti


 O’zbek tilining sofligi – xalq iftixori



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

3. O’zbek tilining sofligi – xalq iftixori
a) Har bir millatni ona tili va unga mehrli milliy g’ururini gul tojisi ekanligi (xalqning 
maqol, rivoyat, hikoyatlaridan foydalanish).
b) O’zbek tilnning tarixi, rivoji.
v) O’zbek tilining istiqboli. 
g) «Til bilgan elni biladi» (dunyo tillarining mohiyati haqida). 
d) Millatlararo totuvlik. 
4. O’zbek milliy urf odat, rasm-rusumlar va marosimlar
a) Oilaviy urf-odatlar.
b) Rasm-rusmlar va ularning tarixi.
v) Marosimlar ularning turlari, tarixi va mazmuii. 
O’zbekona insoniy, yuksak axloqiy sifatlar
a) Allomalarning o’g’il va qizlarga aytgan nasihatlari.
b) Qizlik iffati, hayosi, g’ururi. 
v) Oila va jamoat mehnatiga to’g’ri munosabatda bo’lish. 
g) Inson go’zalligini anglatuvchi belgilar. 
d) «Yaxshilik» va «yomonlik»ni keltiruvchi hasob, uning sabablari, obro’ qozonish oson 
ish-mi?
e) Sayoq yurgan tayoq yer. yo) Bozor qilish odobi.
j) Tabiat go’zalligini saqlash. 
O’quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli 
hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o’zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko’p 
jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog’liqdir. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy 
faoliyatini to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga 
ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog’lanishiga zamin yaratadi. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p 
qirralidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
2. O’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni o’quvchilar 
tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish.


15 
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda 
o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish.
4. Umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda 
qatnashish. 
5. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari 
hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy 
tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy. 
Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi. Tashkilotchining 
tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator kishilarni kiritish mumkin: 
1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish. 
2. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va 
usullarini aniqlash.
4. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning 
mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. 
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va 
munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, 
qayta ishlanadi. Shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda 
qatnashib turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. 
Shuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, 
ularning munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi. 
Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoadagi ishlarni o’rganadilar. Ijtimoiy 
mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar. Jamoatchilik fikriga 
bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyatga 
quyidagilar kiradi: 
1. Og’zaki ish usullari: majlislar, yig’inlar, ma’ruzalar, kutubxonalar, konferentsiyalar, 
munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar. 
2. Amaliy ish olib borish usullari turli joylarga sayyohatlarga, sport musobaqalari, 
tabiatshunoslar to’garaklari, shanbaliklar, yangi kitoblar ko’rgazmalari. 
Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo etadi. Sinf 
rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi kursi bir-biriga 
bog’liq va uning davomiyligidir. Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida 
o’quvchilar turli qo’llanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni 
o’rganadilar, o’z-o’zini tekshirish uchun turli ma’lumot va tayanch materiallarini jalb etish 
ko’nikmalarini egallaydilar. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh xususiyatlariga
maktabning joylashgan shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga, ilmiy markazlar bilan o’zaro 
aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o’rinbosarining faoliyati, o’z ifodasini topgan 
xujjatlar ro’yxati, xalq ta’limi tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» kontseptsiyasi xalq vazirligi tomonidan 
1993 yilda tasdiqlangan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun 
tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ishlab chiqiladi. Sinfdan tashqari ishlarni 
tashkil etishda o’qituvchining yo’naltiruvchi ta’siri ostidagi o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat 
qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida 
o’tkaziladigan mustaqil mashg’ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari 
ishda ta’limning moddiy bazasi: qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari laboratoriya 


16 
uskunalari, ko’rgazmali qo’llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona 
foydalanish ko’zda tutiladi. Ular o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
- darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini olgan, nazariy 
bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlovchi; 
- tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni loyihalashni, maketlar, modellar va 
hokazolarni tayyorlashni olgan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar sistemasi maqsadga 
muvofiqdir. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va bo’limiga sinf rahbarlarining 
ishlari, maktab ma’muriyatining tarbiyaviy ishlari kiritiladi. Bunda o’qituvchilarning o’quvchilar 
bilan muomilasi, adolatli bo’lishi, ta’sir ko’rsata olishi kerak. 
O’quvchi yoshlarni hozirgi zamon ma’naviyati bilan ongini sug’orish, ya’ni singdirish 
kerak. O’quvchilarni qadriyatlarimiz asosida urf-an’analarimiz asosida tarbiyalash har bir 
o’qituvchining vazifasi.
O’quvchi atrofini o’rab turgan vositalar, yaxshi-yomon odatlar, o’kituvchilar, maktabning 
muhiti, o’quvchilar tarbiyasini to’g’ri, ongli ravishda o’rganish va qabul qilish. Sinfdan tashqari 
ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin: 
To’garak turlari: 
1. Fan to’garaklari. 
2. Mohir qo’llar.
3. Duradgorlik.
4. Sport musobaqalari.
5. Badiiy havaskorlik. 
Ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy 
tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni 
ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari hamda 
qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir. Tarbiyaning asosiy 
vazifasi- shaxsning aqliy-axlooqiy tarbiyalashda erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning 
qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagi pedagogik talablar mavjud:
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to’garak qatnashchilari ongida yuksak 
ma’naviy axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak. 
To’garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so’nggi yutuqlaridan 
xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish o’rin tutadi. 
To’garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo’lishi, ular davlatimiz 
ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilish kerak. Maktabdan tashqari ta’lim 
o’qishlariga, hohishlariga asoslangan holda darsdan bo’sh vaqtlarda o’quv tarbiya jarayonini 
to’ldiradi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha to’garak qatnashchilariga talablar qo’yilishi kerak:
1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;
2. Estetik ta’lim;
3. Sayyohli yo’nalishi bo’yicha to’garaklarga qatnashish. 
4. Ekologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha to’garaklar;
5. O’quvchilarni ma’naviy axloqiy yo’nalishi bo’yicha;
6. Xuquqiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha; 
7. Texnik ijodkorlik yo’nalishi bo’yicha;
8. Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar; 
9. Iqtisodiy ta’lim. 


17 
O’quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo’lganida mustaqil tayyorgarlik amalga 
oshirilish mumkinligini hisobga olish muhimdir, albatta bu esa ular shaxsining shakllanishiga 
shubhasiz ta’sir ko’rsatadi. Ayrim o’quvchilarning ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining 
aralashuvini talab etmaydi, chunki o’quvchilarning o’zlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni 
hal etish yo’llarini ancha yaxshi tushunadilar. Bolalar tarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda 
tarbiyachining aralashuvi maqbul emas. CHunki bunday holat bolalarning mehnatsevarligini, 
bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng katta imkoniyatga egadir.
O’quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o’z ishini tarbiyalashning fikri va bahosiga bog’liq 
qilib qo’ygan paytda tobe mustaqil holat vujudga keladi. Ish qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa 
ham mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida ishonchsizlik jihatlari mavjud bo’ladi.
3. Sinf rahbarining rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan o’quvchilar toifasida 
majburiy ijro etish holati paydo bo’ladi. Bunda o’quvchilar ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar. 
Ular ko’pincha sinf rahbarining yordamini so’rab murojaat qiladilar, kuchli o’quvchilarning 
qo’llab-quvvatlashidan foydalanishga intiladilar, agar bunday qo’llab-quvvvatlash bo’lmasa, ishni 
davom ettirishga irodalarini ishga solmaydilar. Bunday o’quvchilarda tashqaridan majbur qilish 
vaqtida harakat qilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo’lib qolsa, u 
o’quvchining faqat aqli emas, shu bilan birga ma’naviy rivojlanishiga ham to’sqinlik qilishi 
mumkin. 
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa 
orasida shakllanib boradi. Bunda o’quvchilarning bir-biriga bo’lgan muomala madaniyati ham 
shakllanadi. O’quvchi o’qituvchiga taqlid asosida yoki do’stlari orasida o’rgangan tarbiyasi 
muomilasiga ta’sir qilish mumkin. O’qituvchi o’quvchilar orasida muomala-madaniyatni 
shakllantirish uchun avvalambor o’quvchining o’ziga bo’lgan muomalasini etiborini o’rganishi 
kerak. 
O’quvchi maktab qoidalariga rioya qilish bilan birga, o’qituvchi talabiga ham javob berishi 
lozim. O’qituvchi talablariga: 
1. Darslarga to’liq qatnashish. 
2. O’quv qurollari bilan ta’minlanganligi.
3. O’qituvchini diqqat bilan eshitish.
4. Topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish. 
5. Tashkiliy ishlarga faol qatnashish. 
6. Sinf intizomiga rioya qilish.
7. Tozalikka rioya qilish. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni nazoratsiz ijro etish holati rasmiy ijrochilik, ishtiyoq 
va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan o’quvchilarda kuzatiladi. 
Bunday holatning uzoq vaqt mavjud bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, aks holda o’quvchilarda 
ishiga nisbatan rasmiy munosabat jihatlari paydo bo’ladi, bu esa ularni mehnatdagi tashqi faollikni 
yo’qqa chiqaradi.
Sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarda o’quvchilarning hatti-harakatlari oldindan juda 
qattiq tartibga solib qo’yilganligi xususida e’tirozlar bildirilmoqda. Mustaqillikni tarbiyalash 
vazifasi qo’yilmagan, bolaning har bir qadami pedagogning irodasiga bo’ysungan joylarida ana 
shunday holat mavjuddir. Xuddi shuning uchun mustaqil tayyorgarlik samaradorligi, 
o’kuvchilarning mustaqilligini rivojlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qiladigan o’qituvchi, sinf 
rahbari o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish vositalarini puxta o’ylab tanlaydilar, ularning ishlashi uchun 
oqilona shart-sharoit yaratishga intiladilar.


18 
Maktab o’quvchilarining mustaqil tayyorgarligiga pedagogik rahbarlik shunday qurilish 
kerakki, u o’quvchilarni charchatib qo’ymasin, doim bir xil tusda bo’lmasin, yoki haddan tashqari 
oson, aqliy va irodaviy kuch-g’ayratini sarflashni talab qilmaydigan bo’lmasin. Sinfdan va 
maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishda tarbiyachi eng muhim vazifa o’quvchilarni 
o’quv vazifalarini hal etishga o’rgatishdan, buning uchun harakat usullarini to’g’ri tanlashdan, o’z 
hatti-harakatlariga rahbarlikni faoliyatini nazorat qilishdan, mustaqil ish ko’nikmalarini boshqa 
muhim hayotiy vaziyatlarga o’tkazishdan kelib chiqishdan lozim ekanligini nazarda tutish lozim. 
Bunda mustaqillik mazmuniga fikrlash faoliyatining mustaqilligi, intizom, uyushqoqlik va 
o’z-o’zini nazorat qilish kabi to’rt tarkibiy qismi kirishini hisobga olish muhimdir. Mazkur 
jihatlarni shakllantirish ustidan nazoratni amalga oshirish sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik 
qilayotgan o’qituvchining muhim va murakkab vazifalaridan biridir. Buning uchun o’quvchi 
faoliyati natijalarini hisobga olishni va bu jarayonni tahlil etishni uyushtirish zarur.
O’qituvchi sinf-dars faoliyati uchun xos bo’lgan shakllarni istisno etib, nazorat qilishning bir 
qancha usullarini qo’llashi mumkin. Eng kuchli va qobiliyatli o’quvchilarga homaki yozuv bilan 
ishlash xuquqi beriladi. Unda qoida ko’rsatiladi, bu qoidani tasdiqlovchi misollar keltiriladi, o’quv 
vazifasi qayd etiladi. Yozuv juda qisqa bo’ladi, lekin u o’quvchining fikrlashi qanday borganligini 
ko’rsatadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’quvchilarni ayrim ko’nikmalarga o’rgatishni 
nazorat vositasi deb hisoblash kerak. 
O’z-o’zini tekshirish, o’zaro tekshirish usullariga o’rgatish o’qituvchining o’quvchilar bilan 
shunday aloqasini talab etadiki, bunda ularning fikrlash ishi jarayoni ravshan bo’ladi. 
O’quvchilarning o’zlari harakatni taklif etadilar vash u bilan pedagogga mo’ayyan ma’lumot 
beradilar. Sinf rahbari ishida o’quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, 
chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyilidir. Bolalar jamoasini 
shakllantirish metodikasi yangi pedagogikada to’la ishlab chiqilgan.
Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kurslarida bayon etilgan jamoa va jamoada 
shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish 
metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo’yish, 
faollarni tarbiyalash, o’quv-mehnat, ijtimoiysiyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi 
istiqbollarni tashkil etish, sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va 
ko’paytirish. 
Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qo’llanma 
hisoblanadi.
4. O’rta umumta’lim maktablarida sinfda va maktabdan tashqari ishlarda sinf rahbari va 
tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi.
Sinfda va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy 
faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi to’g’ri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga 
ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog’lanishaga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham 
ko’p qirralidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar 
kiradi: Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish. 
O’quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, 
o’quvchilar, tashkilotlar, sinf faollari yordamida yo’lga ko’yish. Sinfdan va maktabdan tashqari 
ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar 
o’quvchilar, tashkilotchilar sinf faollariga yordam ko’rsatish. Umummaktab va maktablararo 
tarbiyaviy tadbirlarga qatnashish.


19 
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda 
jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini 3 ta asosiy tomonini 
ko’rish mumkin: tashkilotchilik, umumiy va ma’muriy.
Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’ladi. Tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni 
kiritish mumkin: 
1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish; 
2. Tarbiyaviy ishlarni maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni hamda shakl 
usullarini aniqlash.
4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni guruhlashtirish boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. 
Shular asosida yangi bilimlarni hosil qiladi. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda 
qatnashib, turli kishilar bilan muayan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatlarga duch keladilar. 
Shuning uchun ham maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning 
munosabatlari shunchalik boy bo’ladi. Maktab tashqaridagi ishlarda o’quvchilar jamoadagi 
ishlarini o’rganadilar. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning 
ma’naviyma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z ishini reja asosida olib boradi va uning 
bajarilishini ham nazorat qilib boradi.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning umumiy rejasi, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, 
yetakchi ota-onalar qo’mitasi, ish rejalari ishini ham e’tiborga olishi kerak. Ish reja maktab 
direktorii tomonidan tasdiqlangan. Ish rejasida boalalarning yosh xususiyatlariga maktabning 
joylashgan shart-sharoitiga, ijodiy birlashmalariga ilmiy markazlar bilan o’zaro tarqalgan aloqasi 
kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o’rinbosarining faoliyati o’z ifodasini topgan hujjatlar 
ro’yxati xalq ta’limi vazirligi tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi. 
A. Jo’raevning «Tarbiyaviy darslarni o’tish» risolasida mustaqillik g’oyasi bilan bog’langan 
tarbiyaviy tadbirlardan qoidalarga asoslangan qonunlar belgilangan. Ijodkor rahbar hamda ilg’or 
o’qituvchi tarbiyachilar o’z faoliyatlar ijarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi 
tamoyillarni asos qilib oladilar: 
-tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish; 
-ma’naviyatni yosh avlod ongiga singdirish e’tiqodga aylantirishdan iborat ekanligi; 
-tarbiya jarayoni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lab bola qalbiga va ongiga 
ta’sir ko’rsatish; 
-tarbiyaviy ishlarni o’quvchilar jamoasi jipslashtiruvchi omillar bilan boyitib tarbiyaning 
ta’lim bilan uzviyligini ta’minlash; 
-tarbiyaviy jarayonda bolalarni tarbiyalash darajasini aniqlash va ijobiy tomonlarini 
o’stirish; 
-bola shaxsiga hurmat va talabchanlik; 
-bolalarning yosh va ruhiy holatini hisobga olish; 
-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tomonlari barkamol insonni tarbiyalashda keng 
imkoniyatlarga ega bo’lib, uni qay darajada olib borish sinf rahbari va tarbiyachining pedagogik 
mohiyatiga bog’liq. 
Sinf rahbarining o’quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik jamoasiga va ota-
onalarga nisbatan talabchan bo’lgan holda ish tutishda va muntazam o’z ustida ishlab, sabr-
bardoshli, o’z fikrlarini puxta bayon qilib, o’zgalarni o’ziga jalb qila oladigan xislatlarni o’ziga 
mujassamlaydi. 
Davlat va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar mohiyatini, Prezident 
asarlarini yaxshi bilishi, uni o’quvchi-yoshlar orasida targ’ib eta olishi, xalq pedagogikasi 


20 
an’analarini, o’zbek xalqi milliy urf-odatlari, qadriyatlari, allomalari o’gitlarini yaxshi bilishlari 
lozim. 
– Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni o’z faoliyatida 
hisobga olishi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari hamda yangicha usul va 
metodlarini yaxshi bilishi; 
– radio, televidenie va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali berilgan eng so’nggi 
yangiliklardan boxabar bo’lishi hamda ularning mohiyatini o’quvchilarga yetkaza olishi;
– sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o’tkaza bilishi;
– tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi; 
– maktabda o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga metodik tavsiyalar 
berib borishi;
– muntazam ravishda o’z malakasini oshirib turishi, o’z sohasi bo’yicha o’tkaziladigan 
seminarlarda ishtirok etish. Fuqarolik faoliyati o’z davlati oldidagi huquq va burchlarini tan 
olishni, jamiyat belgilagan yashash va axloq me’yorlariga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada 
faollikni, ma’naviy yetuklikni barqaror etadi: 
– islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli 
uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosati yurituvchi;
– siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatning ichki va xalqaro siyosatini tushunish 
va idrok qilish. Vatanparvarlik va baynalmilallikni his etish, ijtimoiy siyosiy hayotda faol 
qatnashishga shay turish;
– xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni qonunchilik tamoyillarini, o’zining Vatan, 
mahalla, oila oddidagi huquq va burchlarini bilishi, ularga qat’iy amal qilishi. Qonunchilikning 
buzilishiga murosasiz munosabatda bo’lish; 
Tarbiya jarayonining mohiyatini chuqur bilib, uni tashkil etishda tashabbus ko’rsatish, 
ishbilarmonlik va epchillik, barcha yangi va ilg’or narsalarni amalda samarali qo’llay bilish 
maktab o’quvchisi shaxsini rivojlantirish jarayoniga rahbarlik qilish printsiplaridan biridir.
Samarali sinf rahbarlik uslubini maktab hayoti va faoliyatiga tatbiq, etishishshg namunasi 
bo’lgan kollegial va yakka rahbarlikning birga qo’shib olib borilishi bolalar takdiri, ularning 
tarbiyasiga pedagoglar jamoasi javobgarligini va direktorning shaxsiy javobgarligini ta’minlaydi. 
Sinf rahbarlikning zarur printsipi rejalilik bo’lib, uning yordamida pedagogik ta’sirlar tizimi 
va tarbiyaviy ishda izchillikka erishiladi. Rejalilik sinf rahbariga tarbiyaning barcha masalalarini 
aniq amalga oshirish istiqbollarini namoyon qiladi.
Mazkur ta’limotga asosan maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va uning amalga 
oshirilishiga rahbarlik hamda nazoratni uyushtirib borish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning umummaktab rejasini ma’naviy va ma’rifat 
bo’yicha direktor o’rinbosari rahbarligida, sinf rahbarlari, metodik birlashmasi, tajribali 
o’qituvchilar, maktab kutubxonasi, o’quvchi-yoshlar tashkiloti, o’quvchilar uyushmasi, ota-onalar 
komiteti hamda to’garak rahbarlarining faol ishtirokida tuzish hamda uni maktabning yig’ilishida 
muhokamadan o’tkazib tasdiqlash maqsadga muvofiqdir.
Maktabning tarbiyaviy jarayoniga rahbarlik qilishda direktor boshlang’ich va o’quv sinflar 
tarbiyaviy ishida izchillikka rioya qilishga alohida e’tibor beradi, bu bilan ta’lim jarayonida ham, 
shuningdek, darsdan tashqari vaqtda ham tarbiyaning uzluksizlik va pritsipini amalga oshiradi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin