O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti


-bet. Elektron ta’lim resurslari



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

 .101-bet.
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy 
tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Bu jarayonlarning asosi bo‘lib 
oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi 
bo‘ldi. 
8
(A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, 
V.A.Slastenin va b.q) Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini 
ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi 
ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini 
rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli 
tarzda qayta o‘z-o‘zini faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni 
imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu 
jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaning keyingi 
g‘oyasi pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq: talaba “o‘rganuvchi”, “o‘quvchi”, 
“o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi. Agar oliy o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas, balki yigit 
va qizlarni katta bo‘lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi 
pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan talabaning o‘z-o‘zini 
rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan pedagogik 
jarayonni ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham pedagog uchun imkoniyatlar 


36 
hisoblanadi. O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini pedagogik 
texnologiya asosida yetkazishdan, talabalarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida 
birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi” pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning 
kelajak kasbiy faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim 
texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi. Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan 
shug‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik qilmog‘i 
zarur. Bundan tashqari oliy ta’limda har bir fanlarni o‘qitish sohasida pedagogika va psixologiya 
fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanishlari kerak. 
Pedagogik ta’lim amalga oshirishining tashkiliy-tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish 
kerakligi e’tiborga loyiq. Bular: kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga 
qaratilishidan iborat. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida 
qaralib, ular o‘zlarining jilg‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan 
bevosita bog‘liq. Kichik darajadagi tizim – bu oliy ta’limdagi an’anaviy tizim hisoblanib, u 
qat’iy hisoblanib, bunda tor mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida o‘qitish variantlarini 
tanlash imkoniyati mavjud emas. Ko‘p bosqichli tizimda o‘rta maxsus ta’lim tizimi asosida oliy 
ta’lim olish uchun imkoniyatlar mavjud bo‘lib, o‘zaro bog‘lovchi o‘quv rejasi ishlab chiqilgan. 
Ushbu tizim ixcham hisoblanib, bitiruvchilarni uchinchi kursga qabul qilish bilan bog‘liq 
ko‘plab muammolar kelib chiqadi: qaysi mablag‘ asosida o‘qitish, birinchi o‘rinda pedagogika 
bilim yurti va pedagogika kollejlarida talabalarni egallagan bilimlari sifati masalasi turlicha 
gumon uyg‘otadi. 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq oliy 
ta’limning ko‘p bosqichli tizimi yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimini ishlab 
chiqish va joriy etishni kuchli innovatsion jarayon sifatida belgilash mumkin. Ushbu masalada 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tajribasi har tomonlama tahlil etilib, baho berildi va O‘zbekiston 
Respublikasi sharoitida o‘zimizning mentalitetimizdan kelib chiqib, oliy ta’limning o‘ziga xos 
ko‘p bosqichli tizimi yaratildi. Oliy pedagogik ta’limni ko‘p bosqichli mazmuni bizning 
sharoitimizda ikki darajali model: 

umumiy 
(bazaviy-bakalaviriat 
va to‘liq (magistratura) ko‘rinishida amalga
oshirilib, har biri o‘ziga avtonom hisoblanadi;

yaxlit tizim ko‘rinishiga ega; bozor iqtisodiyoti talablariga to‘la javob beradi;  

ta’limni ko‘pgina yo‘llari orqali egallash imkonini beradi;

o‘qiyotganlarni akademik va kasbiy yo‘naltirishga rag‘batlantiradi;

o‘z-o‘zini anglash, uning qimmatli yo‘nalishlarini va hayot tarzini belgilash asosida shaxs 
rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi. O‘qitish asosiga ta’limiy-kasbiy dasturlar 
qo‘yilgan bo‘lib, ular beshta blok-model prinsipidan tashkil topgan: 

ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy 
fanlar, ixtisoslik fanlari hamda qo‘shimcha fanlar tizimidan iborat. Texnologik jihatidan kasbiy 
ta’limning mazmuni, metodlari va metodikasini tanlashga madaniy yondashuv bilan bevosita 
bog‘liq. 

Ushbu dasturlarni ishlab chiqilishida har bir blokning vazifasi, bloklar o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik tashkiliy, didaktik-texnologik ishlar va malakali mutaxassislar bilan hamkorlikda 
amalga 
oshirilgani 
ko‘zga 
tashlanadi. 
Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, fakultetlarda oliy ta’limdagi ko‘p bosqichli 
tizim (OTKT) asosida ishlash va an’anaviy tizim bilan ishlash qiyosiy taqqoslab ko‘rilganda, 
talabalar (OTKT) yangicha ta’lim tizimida ongli, ijodiy ishlashga ko‘proq e’tibor qaratgani, 
talabalarda ta’lim motivatsiyasi darajasi yuqori ekanligi ko‘zga tashlanadi. Oliy ta’limni 
fakultetlari va kafedralarida tuzilmaviy-funksional va mazmunli-texnologik qayta qurish amalga 


37 
oshiriladi. Umuman olganda oliy ta’limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat sohasida 
bugungi kunga kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv pedagogik jarayoni ishtirokchilari 
o‘rtasida sub’ekt-sub’ekt munosabatlari rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish 
mumkin. Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting tizimida 
ularning faol ishtiroki ta’minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan talabalar faoliyatini 
boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi. 
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini 
tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz 
berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi 
jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan 
mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha 
o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga 
asoslangan 
metodlari 
va 
shakllariga 
ehtiyoj 
kuchaydi. 
Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o‘rganib borar ekan, insonni, 
uning ma’naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb 
qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam bo‘lib, unda katta olam (olami 
Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z aksini topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan 
oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqozo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi 
davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi 
deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi. 
Ta`lim - tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda 
esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat 
ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb – hunarga 
yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta ta`limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy 
etish, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik 
va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini 
o‘rganish ayni muddaodir. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir etadigan 
ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab 
ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda. 
Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib qolmay, 
«u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan. Ta`lim to‘g‘risidagi 
g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat – e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun 
ham AQSH ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, 
Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. 
F.Mitteran 
maktabni 
«Jamiyatini 
harakatlantiruvchi 
kuch» 
deb 
hisoblagan. 
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy 
muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, 
Yaponiyada ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar 
Universitetlar pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro 
ta`lim markazlari, masalan, AQSH da xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. 
Ko‘pchilikning faoliyati o‘quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. Maktab 


38 
dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv yo‘l bilan amalga 
oshiriladi.Birinchi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi ko‘paytiriladi; 
ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi yo‘l, ko‘pchilik 
mutaxassislarning e`tiroficha, maqbul hisoblanadi. 1961 yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari 
asosida AQSH o‘rta maktablarni islohot qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz 
tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch 
yil), kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta`lim joriy 
qilindi. 
XX asrning 80- yillarida majburiy ta`lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada 
chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va 
adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta`limning boshqa 
turlari esa ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi. Amerikadagi ko‘zga 
ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. 
O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni G’arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. 
Masalan, Buyuk Britaniyada ta`lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini 
ta`lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari 
o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili adabiyoti matematika, din darsi jismoniy 
tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab 
olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy matematik) ajratiladi. 80-yillardan boshlab Buyuk 
Britaniyada ham AQSH dagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi 
kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini 
tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota- onalar ixtiyoridadir. 
«Yangi dunyo» ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga ham sezilarli ta`sir 
etayotir. Germaniya to’liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab 
olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu 
o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni 
ham qamrab olmoqda. Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti 
hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat 
ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi. 
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushida keyinroq Amerika ta`limi yo’lidan bordi. Lekin 
shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada 
o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi 
maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan. 
Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDR dagi ta`limni bir xil milliy 
me`yorga solishdan iboratdir. Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta`lim tuzilmasini yangi me`yorga 
va o‘lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta`lim tizimiga o‘tkazib o‘qishdan iborat. 
Ammo, buning ham o‘ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag‘ masalasi bo‘lsa, 
ikkinchidan sobiq GDR dagi ta`lim jarayoni qatnashchilarining bu o‘zgarishga munosabatidir. 
Germaniyada ta`lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning 
iqtisodiy-ijtimoiy 
rivojlantirishga 
barakali 
hissa 
qo‘shib 
kelmoqda. 
Maktabgacha tarbiya Germaniya ta`lim tizimida muhim bosqich hisoblanib, uning 100 yildan 
ortiq tarixi bor. Germaniyada bolalar bog‘chalari ta`limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u 
davlat 
ta`lim 
tizimi 
tarkibiga 
kirmaydi. 
Eski yerlardagi (sobiq GDR ga kirmagan yerlar) 24000 dan ortiq bog‘chalarni mablag‘ bilan 
ta`minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy 
muassasalar zimmasidadir. Ota onalar ham qisman pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha 


39 
bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chasiga qatnaydi. Bog‘chalarda ta`lim tabaqalashtirib 
olib boriladi. Germaniyada bolalar bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar. 
Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Kuni uzaytirilgan guruhlar ham mavjud. 
Majburiy ta`lim 6 yoshdan 18 yoshgasha bo‘lgan bolalarga tegishli, bu jarayon 12 yil 
davom etadi. Bundan 9 yillik (ba`zi bir yerlarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qishini bitiradi, 
keyin hunar texnika bilim yurtlarida to‘la bo‘lmagan haftalik o‘qishida o‘qiydilar. O‘qish davlat 
maktablarida tekin. Xususiy maktablar ansha kam. Boshlang‘ish maktab. O‘qish 6 yoshdan 
boshlanadi va 4 yil davom etadi (Berlinda 6 yil). Dastlabki ikki yil o‘qish davomida bolalarga 
baho qo‘yilmaydi. Boshlang‘ish maktabda 4 yillik o‘qishdan keyin o‘quvshilar yo‘nalish 
bosqishidagi maktabga o‘tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqishdagi yo‘nalish maktab tipiga bog‘liq 
yoki bog‘liq bo‘lmagan holda maxsus dastur asosida o‘qitiladi bunda bolalarning ota-onalari 
maktab tipini tanlash yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Hunar ta`limi Germaniya ta`lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Buning sababi, 
Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talabning kuchliligidir. To‘liqsiz o‘rta 
maktabni bitiruvchilarning (9-10-sinflar) 79 foizi, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20 
foizi hunar ta`limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Germaniya hunar ta`limi tizimi turli 
tipdagi o‘quv yurtlari va o‘qitishning turli shakllariga ega. Eng ko‘p tarqalgan va rivojlangan 
shakli hunar ta`limining ―Dual tizimidir. Bu tizimda tayanch maktablarning 50 foizi va to‘liq 
o‘rta maktablarning 16 foizi o‘qishni davom ettiradi. 
Maxsus hunar bilim yurtlari va o‘rta maxsus bilim yurtlariga bu mamlakat tayanch 
maktablarining 25 foizgacha bitiruvchilari kiradilar. Bu turdagi o‘quv yurtlarining bitiruvchilari 
texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Oliy ta`lim muassasalarining 
xususiylari, cherkov va bundesvegga tegishlilaridan tashqari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari 
viloyatlar boshqaruvida bo‘ladi. Ularni yerlar bosh rahbari nomidan oliy ta`lim federatsiyasi 
boshqaradi. 
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o‘z ustavlarini qabul 
qiladilar Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylanadigan Prezident 
boshqaradi. Ko‘pchilik viloyatlarda talabalar mustaqil ravishda o‘z-o‘zini boshqaradilar. Oliy 
o‘quv yurtlarida o‘qish diplom olish, magistr unvonini olish yoki davlat imtihonlari topshirish 
bilan yakunlanadi. Shundan keyin o‘qishni davom ettirib, doktorlik ilmiy darajasini olish uchun 
imtihon topshiriladi. Ta`lim sohasidagi siyosat aholining ko‘plab qatlami uchun oliy o‘quv 
yurtlari darvozasini keng oshdi. Federatsiya va viloyatlar nemis oliy o‘quv yurtlarida chet elliklar 
o‘qishidan manfaatdordir. 1991 yili ular 76000 ni tashkil etgan. Fransiya jahondagi iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o`rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimi ham 
qadimiy va boy tarixga ega. Fransiya ta’limining asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol 
topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlarining kamol 
topishini taminlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash bozor munosabati sharoitida 
o`quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o`rgatish va shunga xos kasbga 
yo`naltirishdan iborat. Boshlang‘ich sinflardagi o`qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga 
bo`linadi. 
Fransiyada boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalar jalb 
etiladi. Fransuz maktablarida nafosat ta’limiga ham alohida ahamiyat beriladi. Bunday ta’lim uch 
tartibdan iborat: musiqa, tasviriy sanat va sport. O`quvchilar 11yoshda boshlang‘ich maktabni 
tugallab o`rta maktabga o`tadilar. 
Fransiyada oliy ta’lim professional ta’lim berish keyingi 20 yil davomida qaror topdi. 
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisoslik beruvchi oliy texnologik institutlar mavjud. Fransiya 


40 
ta’lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari muassasalar ko`zda tutilmagan. Biroq 
maktablarda va liseylarda turli to`garaklar mavjud. O`quvchilar uchun turli sport seksiyalari 
sayohatlar, musobaqalar o`quv muassasasining o`zida tashkil etiladi.Fransuz yoshlari, Fransiyaga 
bilim olish uchun kelgan chet el fuqarolari quyidagi bilim maskanlarida oliy ma’lumot oladilar: 
Universitetlar; 
Oliy texnologiya maktablari; 
Oliy muhandislik maktablari; 
Oliy arxitektura maktablari; 
Oliy tijorat maktablari; 
Siyosiy fanlar oliy maktabi; 
Oliy pedagogik va filologiya bilimgohlari; 
Oliy tibbiyot o`quv muassasalari; 
Oliy badiiy maktablar; 
O`zluksiz ta’lim [malaka oshirish] 
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnalogik institutlar mavjud. Ular 
odatda sanoat, maishiy xizmat ko`rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashtirilgan. 
O`qish muddati 2 yil bo`lib, darslar haftasiga 30-35 soatni tashkil etadi. O`qish davomida 8 
haftalik ishlab chiqarish amaliyoti ham ko`zda tutilgan. 
Fransiyada mingdan ortiq ana shunday insitutlar faoliyat ko`rsatib, qishloq ho`jaligi ishlab 
chiqarishi, san’at, informatika, ma’muriy boshqaruv, buxgalterlik hisobi, amaliy san’at bo`yicha 
mutaxassislar tayyorlaydilar. Bunday insitutlarga kirish imtixonsiz amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin