O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Mahallalar qadim-qadimdan ezgulik beshigi, tarbiya o‘cho- g‘i, yashash tarzi, milliy 
udumlar, urf-odat va an’analar shakl- langan maskan bo‘lib kelgan. Odamlarni bir-biriga 
mehr-oqibat- li, muruvvatli, saxovatli qilib qo‘yishda, o‘ziga xos jamoani shakllantirishda 
mahallalar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, bugungi kunda mahallalar davlat 
boshqaruvining birin- chi bo‘g‘inlari, asosiy ustunlari sifatida e’tirof etilayotgani ham bejiz 
emas. Mahalla — yurtimizda asr-asrlar mobaynida shakllan- gan tamoman o‘ziga xos, butunlay 
sharqona o‘zini o‘zi boshqa- rish tizimidir.
O‘rta osiyo muhitida jamoa, mahalla bo‘lib, bir-biriga mehr- oqibatli bo‘lib yashaydigan 
insonlar, davr qanchalik o‘zgar- masin, tarix sinovidan o‘tgan o‘z qadriyatlariga sodiq bo‘lib 
ya- shashni ma’qul ko‘rar ekan, buni zamonoviy fikrlaydigan, dun- yoga teran nazar 
tashlaydigan odam to‘g‘ri tushunishi, tan oli- shi va uni hurmat bilan qabul qilishi lozim. 
Azaldan o‘zbek mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib kelgan. O‘zaro mehr-
oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, 
yetim-yesirlarning bo- shini silash, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan 
bamaslahat o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga 
xos urf-odat va an’analar, avvalambor, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov „Yuksak ma’na- viyat — yengilmas kuch“ 
asarlarining birinchi bobidagi „Ma’na- viyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar“ deb 
nomlangan fas- lida mahalla boshqaruvi, uning ma’naviyatimizni shakllantirish- dagi o‘ziga xos 
o‘rni va mavqeyiga alohida to‘xtalib o‘tadilar. Bu asarda mahallaning azaldan milliy qadriyatlar 
maskani bo‘lib kelgani aytilib, jumladan, shunday yoziladi: „Xalqimizga xos o‘zini o‘zi 


31 
boshqarish tizimining bu noyob usuli qadim-qadim- dan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, 
butun hayotida chuqur joy egallagani bejiz emas. Biz „Mahalla — ham ota, ham ona“ degan 
hikmatli naqlni ana shu hayotiy haqiqatning ifodasi sifatida qabul qilamiz“.
Shuningdek, muallif mustaqillik yillarida mahalla hayoti bilan bog‘liq ko‘plab qadriyatlar, udum 
va an’analarimiz qayta tiklanib, zamon talablari asosida boyib borayotganini alohida qayd 
etadilar. „Mahalla“ tushunchasining Konstitutsiyamizga kiritilishi esa, Yurtboshimiz tarafidan 
siyosatning xalqchilligiga dalolat sifatida tilga olinadi, bunga „Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat 
sari“ degan tamoyilning amaliy ifodasi sifatida qaraladi. Milliy tariximizga xolis baho berishga 
kirishdik. Bir vaqtlar hukmron mafkura badnom qilgan ne-ne zotlar nomi tiklandi. Bular 
orasida sohibqiron Amir Temur, buyuk avliyolarimiz — Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja 
Ahmad Yassaviy, Xoja Baho- uddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy va boshqalar, buyuk islom 
olimlari — Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy va 
boshqalar, sho‘ro qatag‘oniga uchragan, asarlarni o‘rganish taqiqlab qo‘yilgan Abdurauf Fitrat, 
Abdulhamid Cho‘lpon va boshqalar bor. 
Bola shaxsining shakllanishida butun ijtimoiy voqelik, xususan, uning o‘zi tug‘ilib 
o‘sgan oila muhiti hal qiluvchi vazifani bajaradi. Oiladagi turmush madaniyati, mehnat 
xarakteri, ota- onaning axloqiy saviyasi ijtimoiy masalaga, bolaning komil in- son bo‘lib 
yetishishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat tarbiyasi hozirgi kun tarbiyasining zarur sharti, 
shaxsdagi professional barkamollikning asosidir. Mamlakatimizda umumdavlat ishi bo‘lgan ana 
shu tarbiya, ya’ni o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy ishlab chiqa- rishning turli sohalardagi mehnat 
faoliyatiga tayyorlash, asosan, maktabning o‘rta va yuqori sinflarida amalga oshiriladi. Lekin bu 
ishning muvaffaqiyatli bajarilishi boshlang‘ich sinflarda va oilada turli darajada tayyorlanishga 
bog‘liq. Bolalarga mamlakatimizda har qanday mehnat sharafli ekanini, halol mehnat qilgan 
kishi yuksak qadrlanishini, mehnatdan qochadigan axloqsiz odamlar- ni hech kim hurmat 
qilmasligini, boshqalar hisobiga yashash, umuman, aqlli, zukko odamga to‘g‘ri kelmasligini 
maktabdan, ota-onalarning suhbatlaridan va ularning kuzatishidan iloji boricha ertaroq 
bilib olishlari lozim. Mehnat tarbiyasini oilada ham muvaffaqiyatli tashkil etishga imkoniyatlar 
ko‘p. Bolaninng boshlang‘ich mehnat faoliyatida ota-onalarning mehnatga bo‘lgan 
munosabatlari, harakatlari namuna sifatida xizmat qiladi. Bolalar artofidagi „mehnat“ni 
ko‘rib tursa ham mehnatsevarlik fazilati tarkib topaveradi. Bunda ota-onalar o‘ylab, 
ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rishlari lozim. Masalan, bolalarni mustaqillikka o‘r- gatishda ularga 
kiyinish usullarini tushuntirib, ko‘rsatib berish lozim. Bola eshikdan kirib kelgan ustki 
kiyimlarini tartibsiz holda yechib tashlamasdan, aksincha, maxsus kiyim ilgichga ilishga 
odatlanishlari zarur. Oilada bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, maktab, 
mahalla bilan hamkorlikda ularning yoshlariga mos topshiriqlar berib borish, kundalik 
vazifalarni taqsimlab, mehnatsevarlikni tarbiyalash maqsadga muvofiq hi- soblanadi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin