O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
O`qituvchi o`z-o`zini tarbiyalashi uchun, avvalo o`zini atroflicha chuqur o`rganishi, o`z 
ishidagi yutuk va kamchiliklarni ko`ra olishi kerak. O`z-o`zni o`rganish va boshqa kishini anglash 
uchun ham zarurdir. Boshqa yutuqlarni o`rganmay, o`zini boshqalar bilan qiyos qilmay turib, 
o`zini shaxs sifatida o`rganish mumkin emas. O`zini anglash, o`zini baholash xususiyati boshqa 
kishilar bilan munosabat jarayonida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi. 
Pedagogik vazifasi-faqat irodaviy fazilatlar doirasini ko`rsatib berishdan, ularning muhim 
axloqiy prinsplari bilan ichki aloqasini ochib berishdan tashqari o`z irodasini o`zi tarbiyalashga 
intiluvchi o`quvchiga yordam berish, irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning qanday usullari kam 
samarador va qaysi birlari jiddiy yordam bermasligini ko`rsatishdan iboratdir. Agar pedagogik 
adabiyotda ta`rif-tasvirlanayotgan yoshlar qo’llayotgan sodda va yasama usullarga e`tibor 


27 
beradigan bo`lsak, yana xam muhimdir. O`quvchilardan biri «sabr-toqatini rivojlantirish» uchun 
kinokomediya ko`rsatilayotganda kulmaslikka harakat qildi, kimdir qo`lini pichoq bilan kessa 
yoki dunyo bo`ylab sayohat qildi va hokozo? Irodani mustakil tarbiyalashning ana shu usullari 
samarasizligi eng avvalo shundaki, o`spirin bir lahzalik «irodaviy xatti-xarakat»ni amalga oshirib, 
o`zining irodasi kuchli ekanligi to`grisidagi fikrni tasdiqlay oladi. Aslida esa irodani kundalik 
hayotda, o`qishda va birinchi navbatda uchraydigan qiyinchiliklarni muntazam ravishda bartaraf 
etishni tashkil etadi. 
Buning ustiga mehnat,
o`qish, sport faoliyatining har bir daqiqasi irodani 
chiniqtirish uchun o`quv, mehnat va boshqa faoliyatni amalga oshirishga xalaqit beradigan bir 
daqiqalik istaklarni bartaraf etish uchun sharoit yaratadi. 
Eng avvalo o`qituvchi o`zida pedagogik qobiliyatning qanday xislatlari borligini o`rganishi 
kerak. Pedagogik faoliyatga muhabbati yuksak o`qituvchi ishga chin ko`ngildan berilib ishlaydi, 
hechqanday formalizmga yo`l qo`ymaydi. O`z kasbini sevgan o`qituvchi doimiy ravishda 
g‘oyaviy-siyosiy saviyasini oshirish va bilim doirasini kengaytiradi, o`z predmetini chuqur bilish 
ustida qunt bilan ishlaydi. 
Ma`lumki, insoniyat kamolotga chorlovchi imkoniyatlari shunchalik ko‘pki, ularga erishish 
maqsadlari intilishida sabr-toqat bilan o`z ustida ishlash orqali erishishi mumkinligini tarixiy 
faktlarda ko‘ramiz. 
Buyuk nemis pedagogi D. Disterverg xar bir o`qituvchi o‘z-o`zini tarbiyalashni o`z oldiga 
sharafli vazifa qilib belgilashi lozim. 
Rus pedagogi A.B. Lunacharskiy; «Pedagog uzida insoniyat idealini shakllantirishi lozim» -
degan edi. 
Aynan insoniyatning go‘zal fazilatlarini o‘zida shakllantirish har bir pedagogning kasbiy 
tayorgarligining poydevorini tashkil etadi. Ushbu poydevorda pedagogning kasbiy mahorati o`z 
ustida ishlash tufayli kundan-kunga o‘sib borishi mumkin. 
A.S. Makarenko kasbiy takomillashtirish masalasida shunday degan edi. «Men pedagogik 
talantga ega edim. Pedagogikaga kutilmaganda kirib keldim va o‘rgandim. Men o`z ishimning 
ustasi darajasida ko‘tarildim O`z ishimning ustasi darajasiga xar bir intiluvchi pedagog erishishi 
mumkin.» Bunda unga yordam berishi, o‘zi ustida ishlash asosiy rol o‘ynaydi. 
Otto Yulyevich Shimit umrining xar bir daqiqasidan sermahsul foydalanadi. Yerning va 
sayyoralarning paydo bulishi nazariyasining asosi. U o‘z- o`zini tarbiyalash bilan 
shug‘ullanib,inson imkoniyatlari keng ekanligini isbotladi. A.A Lyubishev, shunday degan, inson 
uchun yomon, bo‘sh, ortiqcha vaqt bo‘lishi mumkun emas. U o`z umrining daqiqalarini ongli 
holda xisoblashdan qo‘rqmas edi. 
K.D Ushinskiy o‘z-o`zini tarbiyalash orqali quydagilarga erishdi. 
1) xotirjamlik 2) so‘zda ishonch va to‘g‘rilikka. 3) xatti-xarakatga mulohaza bilan 
yondoshish 4) qatiylik 5) o‘zi haqida sababsiz biror og‘iz gapirmaslik. 6.) lozim narsalardangina 
foydalanish. 7) har kuni kechasi o`ziga o‘zi hisobot berish. 8) biror marotaba maqtanmaslik. 
Shuni 
aytish joizki, 
ko‘plab insonlar o`zining bebaxo vaqtini bekorga o‘tkazib yuboradi. 
Inson o`z odatlarning bir xillik kun tartibi hukimronligi ta`siriga kirib, o`zining rejalarini keyingi 
kunga yoki xaftaga yoki yillarga qoldira boshlaydi. O‘z-o`zini ishontirish, sobit qadam iroda 
orqaligina o`zining qobiliyatlarini namayon etishga erishish mumkin. O`zini tarbiyalashning 
psixologik sharoitlardan biri o‘z-o‘zidan norozilik bulib, uni L.N. Tolstoy, «. . . Men telba, 
o‘zgalarga qizig‘i yo‘q, chidamsiz va bolalardek uyalchangman». 
O‘z-o`zini tarbiyalash o`z faoliyatini tahlil qilishdan va o`z shaxsini takomillashtirishdan 
boshlanadi. O`qituvchi o`z ustida ishlashi, o‘z-o`zini tarbiyalashda quydagi uslublardan 
foydalanadi: 


28 
O`z-o`zini bilish: 
a) o`zini kuzatish. 
b) o`z xarakatlarini tahlil etishi. 
d) o`z-o`zini sinashi. 
e) o`rtoqlarining fikrini tushuna olish 
o`ziga baho berish: 
a) o`zini kuzatish. 
b) o`ziga xarakteristika berish. 
d) o`z-o`zini taqdirlash. 
O‘z-o`zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi. O`z shaxsiy fazilatlarini 
tahlil qilishga, xatti-xarakatlarini uylashga o‘rgatadi. O‘z-o`zini nazorat qilish uchun o`zining 
yurish-turishi, intizomi, ijobiy odatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib 
borishini kuzatib boradi. O‘z-o`zini baholash o`qituvchini, o`z imkoniyatlarini baholashda
o‘zidan qoniqish hosil qilishda yordam beradi. 
O`qituvchi o`z-o`zini tarbiyalash bilan birga o`z ustida tinmay ishlab, o`zining g‘oyaviy-
siyosiy ongini doimiy ravishda o‘stirib va pedagogik mahoratini takomillashtirib boradi. 
M.I.Kalinin o`qituvchilarga qarata shunday degan edi: «O`qituvchi o`zini butun kuch-
quvvatini, imkonini, o‘zida bor hamma qimmatbaho narsalarni o`z uquvchilariga, xalqqa beradi. 
Ammo, o‘rtoqlar, agar siz o‘zingizda bor narsalarning hammasini bugun, ertaga, 
indinga 
bersangiz-u
, lekin o‘zingizda bunda o`z bilimlaringizni, o`z kuchingizni, o`z quvvatingizni yana 
va yana to‘ldirib bormasangiz, u holda o‘zingizda hech narsa qolmaydiku, axir. O`qituvchi, bir 
tomondan, o‘zida borini beradi, ikkinchi tomondan, hayotdan, fandan hamma yaxshi narsalarni 
olib xazm qiladi va bu hamma yaxshi narsalarni yana yangidan bolalarga beradi». 
Ilg‘or o`qituvchi hamma vaqt pedagogika sohasidagi yangiliklarni 
bilishga intiladi,
boshqa 
o`qituvchilarning tajribalaridan foydalanishga hamda o`z shaxsiy tajribalaridan foydalanishga, 
hamda o`z shaxsiy tajribalarini umumiylashtirishga harakat qiladi. 
Agar shaxs izlansa, o`z qobiliyatlari ustida ishlasa, o‘zidagi yaxshi fazilatlarni kamol 
toptirsa, uning obro‘si, mavqei ham shu darajada yuksaladi va doimo el nazarida bo‘ladi. 
O`qituvchi o‘zida kuzatuvchanlikni, g‘amxo‘rlikni tarbiyalashi lozim. O`qituvchining mustaqil 
bilim egallashi va malakasini oshirishi zaruriy shartlardandir. Sharq mutafakkirlari o`qituvchi o‘zi 
o‘qib tursagina – o`qituvchi bo‘la oladi, agar o‘qishni to‘xtatib qo‘yar ekan, deb haqqoniy 
aytganlar. 
Iroda va xarakterni shakllantirishda o‘z-o`zini tarbiyalash. O`qituvchilik faoliyatida 
o`qituvchi xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bunda iroda,
his-tuyg‘ularini boshqarish katta 
ahamiyat kasb etadi. O`zini-o‘zi tarbiyalash ma`lum natijalarga olib kelishi lozim. Bunda: o`zini 
idora eta olish, yaxshi kayfiyat, o`ziga buyruq berish, ishontirish, shaxsiy rejimga rioya qilish va 
o`z qoidasiga ega bo‘lish. 
L.N.Tolstoy o‘z-o`zini tarbiyalashda quyidagi qoidalarga amal qilar edi. Nima belgilasa 
hech narsaga qarmay tezkorlik bilan bajarar. Nimani bajarsa yaxshi bajar. 
Doimo aqliy, o`z imkoniyati doirasi asosida faoliyat ko‘rsatishga harakat qilardi».
V.Shekspir shunday yozgan edi. «Uyqu ona tabiatining g‘aroyib, shirin taomidir tanavvul 
qilish me`yorini bilish lozim». 
O`z-o`ziga buyruq berish, o‘z-o`zini tarbiyalashning muhim usullaridan biri. Masalan, 
A.Meresyev «Olg‘a, olg‘a chidash kerak!» . . . 
U.G.Shuls faraziga ko‘ra o‘z-o`zini tarbiyalash programmasi (dasturi): 
Bir kunlik yoki xaftalik ish rejasini tuzish, uni bajarish; 


29 
Umidsizlikka 
t
ushmaslik
, kamchilikdarni bartaraf etish; 
O`ziga, muvaffaqiyatga ishonish; 
«Men o‘zimga ishonaman», «Men buni qilishni xoxlayman», «Men qila olaman»
kabi o‘z-o`zini ishontirish formulasini qo‘llash. 
O`zini tarbiyalash: 
Jiddiy, o‘ylab ish ko‘rish; 
Ma`ruza, seminar darslarida e`tiborsizlikka berilmaslik; 
«Men diqqat bilan eshityapman», «Mening diqqat e`tiborimda» formulasini qo‘llash. 
O`z-o`ziga buyruq berish. «Pedagog fikrini kuzatib borish lozim». 
O`ziga-o‘zi hisobot berish, kun yoki xafta yakunini qilish. 
Xulosa, ma`lumki, jamiyat taraqqiyotida ta`lim-tarbiya, 
uning mazmunini,
maqsad vazifalari 
muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir tuzim ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy taraqqiyot o`z yo‘nalishini 
belgilashda yosh avtorga nimani o‘qitish kerak? Qanday o‘qitish lozim? Kimlarni o‘qitishi kerak? 
Kabi savollar jamiyat oldidagi ko‘ndalang qo‘yiladigan savollarga javob izlab kelingan. Mazkur 
savollarga javob topish, ya`ni ta`limni yangilash, uning tizimini, mazmunini qayta qurish, yangi 
xolatga yo‘naltirish Respublikamizning ustivor yo ‘nalishlaridan biridir. Albatta, bu yo‘nalish 
keng qamrovli, bosqichma-bosqich ravishda amalga oshiruvchi jarayondir. 
Yoshlarda mustaqil ravishda bilim olish va uni hayotga qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish, 
axloq va odobni yaxshilash zarurati talabalik davrida shakllanadi. 
Yoshlarni talaba bo`lganiga qadar ota-onasi, maktab o`qituvchilari, karindosh-urug‘i, 
mahalla-kuy 
nazorat qilib borsa,
talaba bo‘lgandan keyin bu nazorat susayib ketadi. Bu holatni 
talabaning o‘zi anglab yetishi lozim, shundan keyin boshqaruv nazariyasining asosiy tamoyili, 
tushuncha 
va 
qoidalarini 
egallagan 
holda 
o`zini-o‘zi 
tarbiyalay 
boshlashi 
kerak. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin