O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
Mamlakatimiz 
istiqlolining 
dastlabki 
kunlaridanoq, 
buyuk 
ma’naviyatimiz va 
qadriyatlarimizni, xalqimizning yaratgan boy madaniy merosini avaylab-asrash va keyingi 
avlodga yetkazish oldimizda turgan muhim masalalardan biridir. Ma’lumki, har qanday 
jamiyatning kelajagi yosh avlodni qanday ta’lim olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bogʻliq. 


22 
Qadriyatlar - inson uchun ahamiyatli boʻlgan millat manfaatlari yoʻlida xizmat qiladigan 
yerkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, haqiqat, ma’rifat, goʻzallik, yaxshilik, halollik, burchga sodiqlik 
singari fazilatlarni oʻzida mujassamlashtiradi. Qadriyatlar oʻzining mazmun-mohiyatiga koʻra bir 
necha turlarga boʻlinadi, ya’ni: 
- tabiiy qadriyatlar (yashash uchun zarur bulgan tabiiy shart-sharoitlar); 
- iqtisodiy qadriyatlar (ishlab chiqarish kuchlari va vositalari); 
- ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar (yerkinlik, tenglik, adolat, tinchlik, hamkorlik); 
- ilmiy qadriyatlar (bilimlar, tajribalar, yutuqlar); 
- falsafiy qadriyatlar (gʻoyalar, mafkuralar, konsepsiyalar); 
- badiiy qadriyatlar (san’at, adabiyot, madaniyat); 
- diniy qadriyatlar (iymon, ye’tiqod, vijdon, savob). 
Shu bilan birga, fanda qadriyatlarning milliy va umuminsoniy turlarga ajratilishi an’ana 
tusiga kirgan. Milliy qadriyatlar ma’lum bir millat, xalq va yelatlarning oʻz tarixiy taraqqiyotida 
yaratadigan barcha moddiy va madaniy (ma’naviy) boyliklari yigʻindisidan iboratdir. 
Qadriyatlar turli-tuman boʻlib, bular ichida “eng oliy qadriyat – inson” hisoblanib, qolgan 
barcha qadriyatlar unga xizmat qiladi. Inson qadriyatining ma’naviy, tarixiy hamda ta’limiy 
jihatlari oʻziga xos yangicha fikrlash va yondoshishlarga asoslanadi. Jamiyatda milliy 
qadriyatlarni oʻz qalbida mustahkam saqlash, atrof-muhit, tabiat va hayotni goʻzal, farovon qilish, 
demokratiya asoslari hamda jamiyatda amal qilayotgan progressiv gʻoyalar buyuk qadriyat 
hisoblanadi. Inson qadriyati uning dastavval oʻz-oʻziga va shu jamiyatga boʻlgan hurmati hamda 
munosabati, xulq-atvori bilan chambarchas bogʻliq boʻladi. Bu insonga oʻz xulq-atvorini tartibga 
solishi, oʻziga nisbatan talabchanlik va nazoratni kuchaytirishga imkon beradi. Insonning shaxsiy 
qadrqimmati milliy qadriyatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy xususiyatlardan boʻlib, uni 
yuksaklikka olib boruvchi oliyjanob bir kuchdir. Shu jihatdan qadriyatlar insonning ijtimoiy 
erkinligini va ma’naviy pokligini ta’minlovchi bir buyuk manbadir. Bir soʻz bilan aytganda, 
mutafakkir olimlar yuksak ma’naviy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin 
yetdilar va targʻib qildilar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ma’naviy omillarni yuksak 
baholadilar. Shu ma’noda oʻsib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni 
tarkib toptirish zaruriyati yuzaga keldi. Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida 
vujudga kelib, tarkib topgan, takomillashib kelgan me’yor va qoidalardan iborat boʻlib, ular 
kishilarning jamiyatga boʻlgan munosabatlarini tartibga soladi. Bu me’yor va tartibqoidalar 
kishilardan jamiyat uchun zarur boʻlgan axloqqa ega boʻlishlikni talab qiladi. Axloq insonning 
dunyoqarashi, xulqini belgilovchi insoniy fazilatdir. Shu bois dunyoqarash oʻzgarmaguncha inson 
ham oʻzgarmaydi. 
Oʻzbek milliy pedagogi Abdulla Avloniy axloqqa quyidagicha ta’rif beradi: “Axloq 
insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning 
yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va isbotlar ila bayon qiladigan kitob axloq 
deyilur”. 
Axloq - inson hayotida oʻz-oʻzini idora qilish me’yorlarini, boshqalar bilan munosabatda 
boʻlish madaniyatini, halol ishlab, toʻgʻri hayot kechirish mezonlarini oʻrgatadi. Axloq - tarixiy 
hodisa. Axloqiy qonun-qoidalar barcha zamonlar uchun bir xil, oʻzgarmas boʻlishi mumkin 
yemas. Muayyan jamiyat uchun ayrim axloqiy qoidalar toʻgʻri boʻlsa, boshqa davrga kelib 
notoʻgʻri boʻlib qolishi mumkin. Oʻzbekona, milliy axloqda ota-bobolarimizning tarixiy 
tajribalari, davrlar sinovidan oʻtgan saboqlari va bizga doimo madad boʻlib turgan ruhiy quvvatlari 
jamuljamdir. Mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar 
zarur. Barkamol insonni axloqiy tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida mutafakkirlarimiz bir qator 


23 
asarlar yaratishgan. Chunonchi, Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Boʻston”, 
Amir Temurning „Temur tuzuklari“, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning 
“Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi muhsiniy” va boshqalarni koʻrsatishimiz 
mumkin. Oʻzbekiston mustaqillikka yerishgandan soʻng ta’limtarbiya sohasida jiddiy oʻzgarishlar 
roʻy berdi. Ta’lim-tarbiyada milliy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish asosiy oʻrinni 
egalladi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarga e’tibor kuchaydi. Bugungi kun yoshlari 
mustaqilligimizni mustahkamlashda oʻz e’tiqodi, gʻayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni 
tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadilar. Ular jamiyatda, jamoada xalqlar va millatlar oʻrtasida 
doʻstlik, sogʻlom turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan muhitni vujudga keltirishga intiladilar. 
Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada sogʻlom ma’naviy muhit barqaror 
boʻlishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sogʻlom muhit natijasidagina axloqiy fazilatlar 
tarkib topadi. Kishi oʻz hayotida axloqiy kamolotga qanchalik koʻp intilsa, shunchalik oʻz xato-
kamchiliklarini anglab boradi. Turon zaminimiz xalqlari axloqiy tarbiya sohasida boy an’analarga 
ega. 
Axloq-odob insonning jamiyatga boʻlgan munosabatining negizini tashkil etadi. Shuning 
uchun 
ham 
oʻquvchida jamiyatga boʻlgan hurmatni yuksaltirish mustaqilligimizni 
mustahkamlashga, axloqiy madaniyat yegasi boʻlishga, oʻzini-oʻzi anglab etishga, yaxshi 
insonlarga boʻlgan e’tiqodni rivojlantirishga olib keladi. Maktab oʻquvchilari dars va darsdan 
tashqari jarayonlarda doʻstlik, hamjihatlik, hamkorlik, bir-birini qoʻllab-quvvatlash, birovning 
dardiga darmon boʻlish kabi fazilatlar xalqimiz va millatimiz kuch-qudratining asosi, ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotning negizi yekanligini oʻz oʻquvchilariga tushuntirishlari darkor. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiya - ma’naviy ongni bir maqsadni koʻzlab tarkib toptirish, axloqiy 
tuygʻularni rivojlantirish hamda xulq-atvor koʻnikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi: jamiyat talablariga bogʻliq boʻlib, bu talablar, oʻz 
navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni oʻqitish va 
tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni 
Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalash tuzimini takomillashtirishda boshlangʻich maktab muhim oʻrin egallaydi. Insonning 
jamiyatga boʻlgan munosabatini shakllantirish, salbiy illatlarga qarshi nafrat uygʻotish, ongli 
intizomni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish kabilar axloqiy tarbiyaning vazifalaridir. 
Axloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga boʻlgan munosabatini yuqori 
pogʻonaga koʻtarishdir. Iymon va insof, soʻz va ish birligi, insonparvarlik yangi qurilayotgan 
jamiyatning asosiy xususiyatlari boʻlib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning 
baxt-saodati uchun kurashish mas’uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal qilishi 
lozim. 
Yoshlarni tarbiyalashda sharqona va milliy axloq-odob normalari asosida ish yuritish bilan 
birga jamiyatga hurmat, mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda boʻlish 
kabi fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. Oʻquvchining jamiyatga boʻlgan munosabatida milliy 
birlik, birdamlik va hamkorlik tuygʻulari, turli xalqlarga boʻlgan hurmat kabilar yaqqol namoyon 
boʻlishi zarur. Oʻzbekiston mustaqilligi, yurtimiz ravnaqi yoshlarni oʻqish, izlanish va mehnatdan 
qochmaydigan, har qanday qiyinchiliklardan hayiqmaydigan, salbiy illatlarga nafrat bilan qarash 
ruhida tarbiyalashni talab qiladi. Shunga koʻra bugungi jamiyatimizda yashayotgan har bir yosh 
kelgusida shu oʻlkaning haqiqiy egasi boʻlib yetishishi, uning gullab-yashnashi haqida 
qaygʻurishi, erishgan yutuqlarini mustahkamlashi lozim. 
Diyorimizda mustakqillik tantanasi tufayli ta’lim-tarbiya tizimida tub oʻzgarishlar vujudga 
keldi. Milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa, sharqona odob-axloq 


24 
an’analariga ye’tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. Oʻlkamizda buyuk rejalar, bunyodkorlik 
ishlari aql-idrok, sabr-qanoat bilan, tarixiy an’analarimiz, tajribalarimizni hisobga olgan holda 
qadam-baqadam amalga oshirilmoqda. 
An’ana - bu oʻziga xos ijtimoiy hodisa boʻlib, kishilarning ongida, hayotida oʻz oʻrnini 
topgan, avloddan-avlodga oʻtadigan, takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki 
ma’lum guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalardir. 
Odat (“urf-odat”) - kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib 
turuvchi xatti-harakat, koʻpchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari. Masalan: 
- kichiklarning kattalarga salom berishi; 
- yerta turib uy-hovlini tartibga keltirib qoʻyish; 
- mehmonlarga alohida hurmatda boʻlish; 
- bayram arafasida kasal, ojiz, qiynalganlardan habar olish; 
- yordam lozim boʻlganlarnikiga hasharga borish kabilar oʻzbek xalqining yaxshi odatlari 
hisoblangan. 
Agar an’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning hamma sohalariga xos boʻlib, 
hodisalarning juda keng doirasini qamrasa, odat ijtimoiy hayotning ma’lum sohalarida, ya’ni: 
- kishilar turmushi; 
- mehnati; 
- xulq-atvori; 
- muloqoti; 
- oilaviy munosabatlarda koʻproq mavjud boʻladi. 
Marosim - an’ana va urf-odatning tarkibiy qismi boʻlib, inson hayotidagi muhim 
voqyealarni nishonlashga qaratilgan rasmiy va ruhiy koʻtarinkilik, tantanavor vaziyatda oʻtadigan 
oʻzining umumiy qabul qilingan ramziy harakatlariga ega boʻlgan hayotiy tadbir. Masalan: 
- ism qoʻyish marosimi; 
- nikohdan oʻtish marosimi; 
- xotirlash marosimi; 
- urugʻ qadash marosimi; 
- oʻrimga kirish marosimi va boshqalar. 
Odat kundalik hayotning turli vaqtida uchrashi mumkin boʻlsa, marosim yesa inson 
hayotidagi muhim hodisalar sodir boʻlganda vujudga keladi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin