O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti


Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati
Boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi oʻz oʻquvchilarining har tomonlama rivojlanishiga 
zamin yaratishi, ya’ni ularni oʻqishga, ta’lim olishga qiziqtirishi va ishtiyoq uygʻotishi bilan birga 
ularning idrok yetish, fikrlash qobiliyatlarini, dunyoqarashini kengaytirish kabi sifatlarini 
oʻstirishga oʻz kasbiy faoliyatini toʻliq safarbar yetmogʻi lozim. Bunda ular oʻz oʻquvchilarining 
ruhiy holati va imkoniyatlari, layoqati, yetukligi (yoshi nuqtayi nazaridan), ma’naviy yehtiyoji
yashash muhiti (oiladagi turmush tarzi va ular yashaydigan jamoa - mahalladagi muhit 
umumsogʻligi) kabi omillarni ye’tiborga ola bilish qobiliyatiga yega boʻlmogʻi lozim. 
Boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi oʻz kasbiy sohalarida quyidagi xislatlarga yega 
boʻlishi lozim boʻladi: oʻz oʻquvchilarini sevish va ular bilan ishlashga qiziqish; pedagogik 
faoliyatni sevish va bu faoliyatni oʻzining hayotiy yehtiyojiga aylantirish; ruhiy va pedagogik 
jihatdan ham ziyrak, kuzatuvchan, sinchkov boʻlish; pedagogik taktik va tasavvurga hamda 
tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlish; adolatlilik, dilkashlik, talabchanlik va qat’iyatlilikni 
uygʻun holda olib bora olishlik; maqsadga intilishda toʻgʻri yoʻlni tanlay olishlik; vazminlik, 


25 
dilkashlik, oʻzini idora qilishlik, shuningdek, kasbiy faoliyatga layoqatning yuksakligi va shu 
kabilar. 
Shuning bilan birga boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi yoshlardagi burchga mas’uliyat 
(javobgarlik hissi)ni tarbiyalash sir-asrorlarini mukammal yegallamogʻi lozim. Ushbu sohada olib 
borgan izlanishlarimiz natijalarining koʻrsatishicha, boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchisining 
ma’naviy qiyofasi shakllanishida, asosan, quyidagilarga e’tibor berish kerak ekan: 
- oila, mahalla va maktabni muqaddas deb bilish; 
- bola xatti-harakatini tahlil qila bilish va rejalashtirilgan ta’lim-tarbiya, bola ongi va 
tasavvuriga mos qilib, halol va harom, toʻgʻrilik va yegrilik, yaxshi va yomon, mardlik va 
nomardlik, ma’naviyatlilik va vaxshiylik kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini singdira olish 
qobiliyatiga yega boʻlish; 
- bolaning yerkin, mustaqil va toʻgʻri, keng koʻlamli fikrlashini shakllantirishning shakl
usul va vositalarining optimal variantlarini tanlay olish; 
- oʻtmish boy milliy-ma’naviy merosimizga hurmat uygʻota bilish uslubiyatini yarata bilish; 
- milliy gʻururni uygʻotish, davlat ramzlariga hurmat va unga mos gʻururni shakllantirish, 
fidoyilikni shakllantirishning sir-asrorlarini oʻrgata bilish; 
- oʻz oʻquvchilarini goʻzal, ziyrak, aqlli, ongli, milliy gʻururli, sezgir, sinchkov, farosatli, 
madaniyatli, ma’naviyatli va shu kabi xislatlarni shakllantirishga innovasion yondashuvlar qila 
olishga erishish; 
- oʻz oʻquvchilarini vatanparvar, baynalminalchi, fuqarolik burchini chuqur his qiluvchi va 
shuningdek, milliy istiqlol gʻoyalariga sodiq ma’naviyatli kishilar darajasida tarbiyalashga 
yangicha munosabatlarni shakllantirish va shu kabilar. 
Umuminsoniy qadriyatlar oʻzining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilinishi, 
dunyodagi koʻplab xalqlar (elatlar, millatlar)ning oʻtmishdagi, hozirdagi hamda istiqboldagi 
(kecha > bugun > ertaga tizimi boʻyicha) taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, oʻzida 
jahon sivilizasiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan mintaqaviy va milliy 
qadriyatlardan tubdan farq qiladi. 
Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlarning va millatlarninggina emas, balki bashariyat 
(insoniyat)ning mulkidir. Demak, umuminsoniy qadriyatlar eng oliy qadriyat boʻlmish odamning 
oʻzidan boshlab, uning turmush tarzi, hayot mazmuni, oilasi, jamoasidagi oʻrni bilan bogʻliq 
boʻlgan butun insoniyat va jamiyatga tegishli boʻlgan jihatlar ekan. Umuminsoniy qadriyat jamiki 
insoniyatga xos boʻlgan, ularning insoniy fazilatlari, xislatlarini ifodalaydigan an’analar, urf-
odatlar, rasm-rusumlar, fikrlar, gʻoyalar, qarashlar, ta’limotlar va shu asosda yuritiladigan faoliyat 
boʻlib, undan ta’lim-tarbiya sohasida samarali foydalanish koʻplab istiqbolli muammolarni hal 
qilishga imkoniyat yaratadi. Shuning bilan birga umuminsoniy qadriyatlardan samarali 
foydalanish boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchisining dunyoqarashini kengaytirishga va hattoki 
jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir qiladi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin