O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti


GERMANIYADA MAKTAB VA OLIY TA’LIM



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

GERMANIYADA MAKTAB VA OLIY TA’LIM 
Ta’kidlab o`tish lozimki, Germaniyaning bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`li bizning 
Respublikamizdagiga o`xshab ketadi. Jahonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy rivojlanishiga katta 
hissa qo`shib kelayotgan dunyoning iqtisodiy rivojlangan davlatlari ichida kuchli davlatlar 
qatoriga kirgan Germaniyada ham ta’lim tizimi o`z rivojlanish bosqichiga ega. Maktabgacha 
ta’lim tizimi Germaniya ta’lim tizimida muhim bosqich hisoblanadi. Uning yuz yildan ortiq 
tarixi mavjud. Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun. O`qitish davlat 
maktablarida tekin, o`quvchilar darslik va o`quv qo`llanmalari bilan tekin ta’minlanadi. 
Germaniyada maktab ta’limi qanday qurilgan va o`qitish faoliyati qanday tartibda tashkil etiladi? 
Boshlang‘ich maktabda to`la to`rt yillik o`qishdan keyin o`quvchilar yo`nalish asosidagi 
maktablarda ta’limni davom ettiradilar. Asosiy maktab dasturi yilma –yil tahlil etib boriladi. 
Germaniyada o`z vaqtida ta’lim ola olmagan katta yoshdagilar uchun bilim olishga imkoniyat 
yaratib qo`yilgan. Kechki gimnaziyada sanoat, qishloq xo`jaligi kabi sohalarda ishlovchilar 3-6 
yil davomida o`quv ko`rsini o`taganidan keyin etuklik attestatini olish uchun imtixon 
topshiradilar. Germaniyada hunar ta’lim tizimi katta ahamiyatga ega chunki, Germaniyada 
yuqori malakali ishchilarga bo`lgan talab yuqori hisoblanadi. Germaniya ta’lim tizimining o`ziga 
xos tomonlaridan yana biri hunar diplomlari oliy o`quv yurtlariga kirib o`qish huquqini 
bermaydi. O`qishga qabul qilish imtixonsiz maktab ta’limi to`g‘risidagi hujjatga asoslangan 
holda amalga oshiriladi. Oliy o`quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan 
prezident boshqaradi. Oliy o`quv yurtlarida tatqiqotning asosiy yo`nalishi fundamental amaliy 
tadqiqot bo`lib, ularga boshqa ilmiy tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan 
yordam beradi. 
Oliy ta’lim muassasalarining xususiylari, cherkov va bundesverga tegishlilaridan tashqari 
bo`lgan oliy o`quv yurtlari viloyatlar boshqaruvida bo`ladilar. Ularni yerlar bosh rahbari 


41 
nomidan oliy ta’lim federatsiyasi boshqaradi. Federatsiya oliy ta’lim tizimiga taalluqli umumiy 
prinsplarni tartibga solib turadi. Jumladan, federasiya oliy o`quv yurti qurilishi va oliy o`quv 
yurtidagi tadqiqotlarning bir qismini mablag‘ bilan ta’minlashni o`z ustiga oladi. Oliy maktab 
o`z-o`zini boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o`z ustavlarini qabul qiladilar. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin